
32-. TURKISTONDA 1916-YILGI VOQEALARNING
OQIBATLARI VA AHAMIYATIQo'zg'olonning


yengilish sabablari
va oqibatlari

Qozgolon xarakteriga kora milliy-ozodlik korinishida
yuz berdi, chunki bu qozgolonning asosiy harakatlantiruvchi
kuchi xalq ommasi edi. Ular mustamlakachilik
tartiblariga qarshi qolga qurol olib toptalgan haq-huquqlari,
din-u diyonatlari uchun tengsiz kurash olib bordilar. Qozgolonchilar Vatanning
haqiqiy fidoyi farzandlari ekanliklarini amalda isbotladilar. Mislsiz jasoratlari bilan
Vatan tarixi sahifalaridan munosib orin egalladilar. Mazkur qozgolonlarga Rossiya
imperiyasi mamurlaridan biri A.F.Kerenskiy Urush frontlariga yangi bir
Turkiston fronti qoshildi deb, olkadagi vaziyatga baho bergan edi.
Qozgolonchilar mustamlakachi hukumatga qarshi oddiy ish qurollari bilan
jang olib bordi. Bundan tashqari, ulaming aksariyati dehqonlar, hunarmandlar bolganligi
va harbiy sohadan mutlaqo bexabar ekanligi qozgolonning maglubiyatga
uchrashiga sabab boldi. Ular Turkistonning turli mintaqalarida mustamlakachilarga
qarshilik korsatdilar. Shunday bolsa-da, qozgolonchilaming taktik va strategik
uquvsizligi, ahillikda va birdamlikda harakat qilmasligi pand berdi.
Qozgolon xalq ommasi uchun juda katta yoqotishlami olib keldi. Birinchidan,
Jizzax atrofidagi aholisi qozgolonda qatnashgan qishloqlar yondirib yuborildi,
natijada aholining kopchiligi uy-joysiz qoldi. Ikkinchidan, qozgolon yoz faslida
bolib otganligi bois, ekinzorlar, qishloq xojaligi mahsulotlari nobud boldi.
Buning natijasida Turkiston aholisi 1916-1917-yil qish oylari uchun gamlaydigan
oziq-ovqat zaxirasining katta qismidan ayrildi. Uchinchidan, qozgolon natijasida
aholi orasida koplab qurbonlar boldi.
Rossiyaning birinchi jahon urushida ishtirok etishi, Turkiston olkasidagi
qozgolonlar xalq turmushiga ham ozining salbiy tasirini korsatdi. Podsho
hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi mahalliy
aholining katta qismini boquvchisiz qoldirdi. Natijada bu davrda oziq-ovqat taqchilligi,
narx-navoning kotarilishi tirikchilik qilishni qiyinlashishiga olib keldi.
Shuning uchun ham mardikorlikka qarshi olib borilgan 1916-yildagi qozgolonlar
mahalliy aholining mustamlakachilaming jabr-zulmlarga asoslangan siyosati va
urush oqibatlarining salbiy tasiri natijasida sodir boldi.

Qo'zg'olonning
ahamiyati


1916-yildagi qozgolonlar podsho hukumati tomonidan
ayovsiz ravishda bostirildi. Qozgolonchilar mustamlakachi
hukumatning politsiya va harbiy kuchlariga qarshi
mardonavor kurashdilar. Garchi qozgolon ishtirokchilari
va rahbarlari podsho hukumati tomonidan qattiq jazolanib, koplab qozgolonchilar
qurbon bolishi va yarador bolishiga qaramay, bu mardikorlikka qarshi qaratilgan
qozgolonlar Turkiston aholisining bosqinchilarga qarshi milliy-ozodlik xarakteridagi
harakati hisoblanadi. Qolaversa, bu qozgolonda olka keng xalq ommasining
barcha tabaqalari, jumladan, qariyalar va ayollar ham ishtirok etdi.
1916-yilgi qozgolonlar mustamlaka hukumatni qattiq sarosimaga soldi. Bu
qozgolon Turkiston xalqlarining oz huquqlarini poymol qilishlariga yol qoymasligini
korsatdi. Bu qozgolon mustamlakachi hukumatga yana bir bor mahalliy
aholining ozodlik va mustaqillik uchun kurash tuygulari hali sonmaganligini korsatdi.
Podsho hukumati bazi choralar korishga, yengilliklar yaratishga va aholi bilan
murosa qilishga majbur boldi.
