VIII  0'LI

XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA
BUXORO AMIRLIGI VA XIVA XONLIGI

BoMimni organish natijasida:
> XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligi boshqarish tizimi haqida;
> hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlanishi haqida;
> Yosh buxoroliklar harakati rejalari va faoliyati togrisida;
> 1920-yilda Buxoro amirligining agdarilishi haqida;
> Xiva xonligining siyosiy tizimi haqida;
> Yosh xivaliklaming mamlakatda islohotlar otkazish harakatlari togrisida;
> Xiva xonligi agdarilishi sabablari haqida bilib olasiz.

33-. BUXORO AMIRLIGINING DAVLAT TUZUMI
VA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTI

Buxoro amirligining
ijtimoiy-siyosiy
ahvoli

Rossiya bilan 1868-yilgi shartnoma Buxoro amirligi taqdirini
tubdan ozgartirib yubordi. U siyosiy mustaqillikdan
mahrum bolib, Rossiya protektoratiga aylanib qoldi.
Garchi siyosiy mustaqilligidan mahrum bolsa-da, Buxoro
amiri oz fuqarolari ustidan cheklanmagan hokimiyatini qolida saqlab qolgan
edi. Buxoro amirining siyosiy faoliyatini bevosita nazorat qilish uchun Rossiya
imperatorining siyosiy agentligi (1885-1917) tashkil etilgan bolib, u 1868-yilgi
shartnoma shartlari bajarilishini va amiming siyosiy faoliyatini nazorat qilib borgan.
XIX asr oxirida Buxoro amirligi hududi Rossiya imperiyasi tasarrufiga otgan
hududlar hisobiga qisqargan edi. Aholisining soni 2 million kishi atrofida bolib,
asosiy mashguloti hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik edi. Poytaxt Buxorodan
tashqari, Chorjoy, Kitob, Shahrisabz, Denov kabi shaharlar amirlikning
yirik savdo va hunarmandchilik markazlari hisoblangan.
Davlat ishlarini boshqaruvchi oliy amaldor qoshbegi bolib, u soliqlar yigimi
nazoratini boshqarar, mamuriy amaldorlar tarkibiga rahbarlik qilar, mahalliy beklar
bilan yozishmalar olib borardi. Qoshbegi har kuni shaxsan hukmdorga amirlikdagi
ahvol togrisida malumot berib turardi. Barcha amaldorlar qoshbegi tomonidan,
faqat oliy amaldorlargina amiming ozi tomonidan tayinlanar edi.
Xazina va zakot yigimini boshqargan
devonbegi lavozimi ahamiyati va mavqeyi jihatidan
qoshbegidan keyin turardi. Sudlov, notarial
ishlari, talim muassasalarini ruhoniylar
boshqargan, bosh qozi esa diniy-sudlov ishlariga
rahbarlik qilardi.
Joylarda qonunlaming ijro etilishi, diniy
amallaming bajarilishi, axloqiy mezonlar, bozordagi
tarozilar va olchovlar ustidan nazorat
ishlarini rais boshqarardi. Rais oz navbatida
bosh qoziga boysunardi. Bosh raisning ozi
amir va bosh qozi oldida malumot berish uchun
shaxsan masul bolgan. Uchala oliy amaldor
- qoshbegi, devonbegi va bosh qozi har doim
Buxoroda bolishi shart edi. Amirlikdagi beklar
va ulaming mol-mulkini askarlar qoriqlashgan.
Mahalliy mamuriyat - aminlar, oqsoqollar hamda bekliklar vakillari va
ruhoniylardan iborat bolib, ular amir farmonlarini sozsiz ijro etishlari shart bolgan.
Butun Buxoro amirligi bekliklarga bolingan edi. Beklar shaxsan amir tomonidan
tayinlanar va lavozimidan boshatilardi. Beklar atrofida ulaming qarindoshlari yoki
yaqin kishilaridan tayinlangan ulkan amaldorlar guruhi jamlangan.
Davlatni himoya qilish uchun amiming xalq kongillilari va qoshinlardan
saralab olingan xos lashkari bolgan. Lashkarga topchiboshi (topchilashkar) rahbarlik
qilgan. Biroq, XIX asr oxiriga kelib amir lashkari shoshilinch tarzda yigiladigan,
yomon harbiy talim korgan va sodda qurollar bilan taminlangan dehqonlardan
iborat bolgan. Bunday lashkaming bosh maqsadi - zarur bolganda Ark
qarshisida safga yigilish edi. Lashkar tartiboti amalda XIX asr boshlaridan beri isloh
qilinmagan, harbiy ish sifatsiz va qoshin qurol-yaroglari ota qoloq darajada edi.
Mamlakat daromadlarining katta qismini shaxsiy manfaatlariga sarf qiluvchi
amaldor va xizmatchilar davlat ravnaqi va taraqqiyoti uchun kamdan kam qayg
urardilar. Shu bois amirlikning zaruriy sarf-xarajatlari bir-biriga qon-qarindosh
amaldorlar zimmasiga emas, balki oddiy xalq gardaniga tushardi.

Soliq va
majburiyatlar.
Xalq qo'zg'olonlari

Amirlikdagi dehqonlaming aksariyati nochorlikda kun
kechirardi. Chunki yer va yerga ishlov berish vositalari
amir va uning amaldorlari qolida edi. Davlat amaldorlari
moddiy taminoti uchun zarur moliyaviy mablaglami
bekorga sarf qilardilar. Amir Abdulahad Peterburgga, imperator huzuriga katta sovg
a-salom bilan har yili qatnardi. Shuningdek, u Qrim va Kavkazga borganida
qimmatbaho sovgalami va saroylami xarid qilardi. Bu odat ulkan sarf-xarajatlami
talab qilardi va ushbu xarajatlar oddiy aholi yelkasiga ogir yuk bolib tushardi.
Buxoro amirligida asosiy soliqlami aholining 90% ga yaqinini tashkil etuvchi
dehqonlar tolardi. Bu soliqlami tolash uchun ular savdogarlar, sudxorlar va yirik
zamindorlarga tegishli yerlarida arzimagan haq evaziga mehnat qilishga majbur
edilar. Natijada ogir jabr-zulm bilan murosa qila olmagan xalq oshkora noroziliklarga
jazm qilardilar. Garchi bu norozilik chiqishlarining aksariyati stixiyali, uyushmagan
bolsa-da, ular amirlikning eski boshqaruv uslubi oz ahamiyatini yoqotib
borayotganligini korsatardi. Qolaversa, dehqonlaming aksariyati soliqlaming kopligidan
kasodga uchrab, qishloqlardan shaharlarga kelib yollanib ishlashga majbur
bolganlar.
Amir Muzaffar hukmronligi davrida nohaqlik haddan tashqari oshib ketdi. Bu
davrda soliqqa tortishning natura shakli (mahsulot korinishida) omiga naqd pul
korinishidagi yigimlar asosiy orinni egallagan edi.
Amirlikda azaldan xiroj va zakot asosiy soliqlar bolsa-da, yerdan olinadigan
xiroj soligi miqdori ayrim viloyatlarda hosilning 40-50% iga yetardi. Bu miqdor
amirlikning yillik daromadlarining yarmidan kopini tashkil etardi. Bundan tashqari,
xiroj bilan bir qatorda kafsan, dorugayi muzd, yani xirmonlami xatga olgani
uchun amaldorga qoshimcha maosh ham undirilardi. Boglar va polizlardan olingan
daromadlar uchun alohida yigim - tanobona tolangan.
Dehqonlar mamuriyat vakillari ulaming yerlami egallab olishidan, mahalliy
hokimiyat va sud hokimiyati xodimlarining poraxorligi hamda tovlamachiligidan
aziyat chekishardi. Odatda, dehqonning soliq tolashga puli bolmasa, uning molmulki
tortib olinar edi. Kasodga uchrash, qashshoqlashish, amaldorlaming oz
vakolatlarini suiistemol qilishlari dehqonlami qozgolon kotarishga majbur
qilardi. Natijada, amirlikdagi eng yirik qozgolonlardan biri 1885-yilda Baljuvon
bekligida shijoatli va xalqparvar Vose ismli kishi rahnamoligida kotarildi.
Ketma-ket ocharchilik yillaridan keyin baljuvonlik dehqonlar ilk bora 1885-yilda
mol hosil yigib olishgandi. Soliq yiguvchilar esa nafaqat osha yil uchun, balki
otgan kamhosil yillar uchun ham xiroj tolashni talab qilishdi. Bunday soliq
undirishni adolatsizlik deb bilgan dehqonlar uni tolashdan bosh tortadilar.
Amaldorlar zoravonligi va ijtimoiy zulm qurolli qozgolonga undagan minglab
dehqonlar Vose atrofida uyushdilar.
1885-yil iyul oyining oxirgi kunlarida qozgolon kotargan dehqonlar va
amir Muzaffar lashkari ortasida jang boladi. Tayyorgarlik kormagan va mehnat
qurollari bilan kochaga chiqqan dehqonlar maglubiyatga uchradi. Qozgolon
yolboshchilari jumladan, Vose ham qolga olinib qatl etildi. 1888-yili Kolob
bekligida boshlangan yirik dehqonlar qozgolonlari Pomir chegara qoshinlarining
yordami bilan bostirildi. 1889-yil may oyida Kalif bekligida ham qozgolon bolib
otdi.

Hunarmandchilik

Bu paytda hunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy
tarmoqlaridan biri gilam va namat tayyorlash bolgan.
Buxoro gilamlariga chet ellarda ham talab katta bolib,
amirlik savdogarlari ulami kop miqdorda xorijga, jumladan, Rossiyaga olib borib
sotar edilar. Bundan tashqari, 0 rta Sharq mamlakatlari, Turkiston bozorlarida ham
Buxoro gilamlari xaridorgir edi. Ichki va tashqi bozorlarda Buxoro ip-gazlama
matolari, konchilik, zardozlik, kumush va oltin kandakorlik buyumlari, boyoq va
sovun mahsulotlari ham mashhur bolgan. Buxoro ustalarining oltin va kumushdan
yasagan buyumlari, ayniqsa, dong taratgan edi.
Amirlikning deyarli barcha shaharlarida mohir zargarlar mehnat qiladigan
ustaxonalar mavjud edi. Ular yasagan mahsulotning barchasi oziga xos nozik naqshlar
bilan bezatilardi. Buxoro kulolchilik buyumlari bozori ham chaqqon bolib,
kulollar butun amirlik shaharlarida keng tarqalgan edi.
Buxoro amirligida azaldan rivojlanib kelgan oziga xos korinishdagi hunarmandchilik
mavjud bolgan. Hunarmandlaming asosiy daromadlari behisob soliqlami
tolashga ketardi. Shu bois ular oz ustaxona va korxonalarini yanada rivojlantirish
va takomillashtirish uchun qoshimcha mablaglarga ega emasdi.

Savdo-sotiq
munosabatlari

XIX asming oxirida Buxoro amirligi Rossiya, Hindiston, Eron va Kavkaz bilan savdo aloqalariga ega
bolgan. Buxoro, Chorjoy, Karki, Termiz va Kogon (Yangi
Buxoro)da Rossiya firmalarining idora va omborxonalari mavjud edi. Rossiya va
Buxoro amirligi ortasida tovar aylanishi yil sayin osib bordi.
Buxoro amirligi hududi katta foyda keltiruvchi tranzit savdo uchun ham qulay
edi. Rossiya va Afgoniston ortasidagi barcha savdo yollari Buxoro amirligi orqali
otardi. Rossiya Buxoro orqali Afgonistonga katta miqdorda movut, chinni buyumlar,
baxmal, chit, gugurt va kerosin chiqarar edi.
1887-yilda amirlik hududi orqali dastlabki temiryol otkazildi. Buxorodan 15 kilometr
masofada Yangi Buxoro stansiyasi qurilishi boshlab yuborildi. Bu yerda amir
saroyi va Rossiya siyosiy agentining qarorgohi ham barpo etildi. Endilikda Buxoro
amirligi temiryol orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan boglangandi. 1888-
yilga kelib Buxoro amirligi hududida ms qishloqlari vujudga kela boshladi. Buxoroda
Rossiya davlat banki bolimi ochildi. Bundan tashqari, ikkita paxta tozalash zavodi,
Yevropa namunasida ikkita mehmonxona barpo etildi. Eski Buxorodagi qoshbegi
uyi va Rossiya imperatorining siyosiy agentligi qarorgohi ilk paydo bolgan telefon
aloqasi bilan boglangan edi.

