34-. YOSH BUXOROLIKLAR FAOLIYATI
VA BUXORO AMIRLIGINING TUGATILISHI

Yosh
buxoroliklar

XX asr boshlarida Buxoro ijtimoiy hayotida qarama-qarshi ikki kuch paydo boldi. Birinchisi - Buxoroning
siyosiy hayotini demokratik asosda qayta qurish,
uning iqtisodini rivojlantirish, ilgor mamlakatlar qatoriga kotarilishi uchun astoydil
kurashuvchilar yosh buxoroliklar nomini oldi. Ikkinchisi - diniy mutaassiblar, har
qanday yangilik va islohotlaming dushmani bolgan toifa vakillari edi.
Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida 1910-yildan faoliyat korsatdilar. Ular
Buxoro taraqqiyparvarlarining yetuk namoyandalari (Abdulvohid Burhonov, Abdurauf
Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xojayev, Usmon Xoja, Abduqodir Muhitdinov,
Musojon Sayidjonov va boshqalar) bolib, Buxoroni mustabid amir hukmronligidan
qutqarib, respublika tuzumini omatishga harakat qildilar. Yosh buxoroliklar
Buxoroda yangi usul maktablarini tashkil qildilar. Bu maktablar uchun turli
darsliklar va oquv qollanmalari yozildi. Buxoroyi sharif va Turon gazetalari
nashr qilindi. Ushbu nashrlar xalqni jaholatdan uygotish va marifatga davat etish
bilan birgalikda milliy-ozodlik va mustaqillik goyalarini ham kotarib chiqishdi.


Amir Olimxon
islohotlari

Amir Abdulahaddan song Buxoro taxtini uning ogli
Sayid Olimxon (1910-1920) egalladi. Sayid Olimxon uzoq
yillar davomida Buxoro madrasasida islom ilohiyotshunosligini
organdi. Songra, 1893-yilda otasi uni Peterburgga
oqishga jo natdi, bu yerda u 3 yil davomida harbiy ishlar va davlat boshqarish
asoslarini organdi. Amirlik taxtiga otirgan Sayid Olimxon Buxoroda davlat asoslari
va diniy tizimni ozgartirish taraddudida bolmadi. Ammo Rossiyadagi voqealar va
amirlikning ozidagi muxolifotchi harakatlar uni chora-tadbirlar korishga va yosh
buxoroliklaming (jadidlar) mamlakatni demokratlashtirish va islohotlar otkazish
togrisidagi talablariga yon berishga majbur qildi.
1917-yil Rossiyadagi fevral voqealari va u tufayli Buxoro siyosiy hayotidagi
jonlanish, siyosiy ozgarishlaming Buxoro amirligida ham takrorlanishidan saqlanish
amimi ayrim islohotlami amalga oshirishga undadi. 1917-yil martda bosh qozi amir
qabulxonasida mamlakatda islohotlar otkazish haqida vada berdi. U amiming mavjud
tuzum asoslariga daxl qilmaydigan va xalqning ahvolini kop ham onglamaydigan
farmonini oqib eshittirdi.
Farmonda odil sudlov, xiroj, zakot va boshqa soliqlami undirishning barqaror
asoslarini yaratish haqida soz borardi. Sanoat va savdoni rivojlantirishga ham
etibor qaratilgandi. Amaldorlarga xizmat yuzasidan vazifalami ijro etish chogida
qoshimcha ustama haq olish taqiqlandi. Buning omiga davlat tomonidan qatiy

da, - xususan, shariat amri bilan mamlakatda foydali
bilimlami rivojlantirish va ragbatlantirishga
qaratilgan chora-tadbirlar koriladi.
Shuningdek, amir oz xazinasidan tashqari alohida
davlat xazinasini tasis etishga, davlat ehtiyojlaridagi
kirimlar va chiqimlami aniq hisoblab
boruvchi budjet belgilashga ham vada bergandi.
Farmonda bosmaxona ochish, mahbuslami zindonlardan
ozod qilish haqida ham vadalar berildi.
Ana shu maqsadda poytaxtda istiqomat qiluvchi
tiniq fikrli va oqil odamlardan assambleya
(majlis) tuzuvchi millatni saylash ham
moljallangan edi.
Farmon katta vadalar asosida jumlalar
bilan tuzilgan bolsa-da, jadidlarda u shubha
uygotdi. Yosh buxoroliklar rahnamolari (farmonni
amalga oshirish maqsadida tuzilgan qomita yosh buxoroliklar qomitasi
deb atalgan) ozlarining islohotlar borasidagi fikr-mulohazalarda yakdillikka erisha
olmadilar. Mahmudxoja Behbudiy, Mullaxon ogli, Mirzo Gulom vazmin, bosiq
harakatlar bilan farmonni qollab-quvvatlagan boIsa, radikal harakat tarafdorlari
Fayzulla Xojayev, Abdurauf Fitrat va Usmon Xoja kabilar yanada chuqur
islohotlar otkazishni talab qilib, oz tarafdorlarini zudlik bilan namoyish otkazishga
davat etdilar.
1917-yil 8-aprelda jadidlar Karki va Buxoroda namoyishlar otkazishdi. Buxoroda
namoyishga toplangan 150 kishiga Fayzulla Xojayev va Abdurauf Fitrat
rahnamolik qilishgan. Shiorlarda Yashasin, Amir! qatorida Hurriyat, Adolat,
Musavvat! kabi boshqa mazmundagi davatlar ham bor edi. Namoyishga chiqqanlar
Arkgacha yetib kelishganida amir sarbozlari ulami toxtatishga buyruq oldi.
200 piyoda va 300 otliq sarbozdan iborat amir qoshini namoyishga chiqqanlami
tarqatib, hibsga ola boshladi. Bundan tashqari, Ark ostonasini islohotlarga qarshi
chiqqan 7 mingdan ziyod ancha uyushgan mullalar guruhi egallab oldi. Mullalar
Arkka yaqin kelishga botingan har qanday kishini oldirish bilan tahdid qildilar.
Namoyishchilarga toshlar yogdirilib, ulami dopposlay va haqoratlay boshlashdi.
30 dan ziyod namoyishchi hibsga olindi, koplariga tan jarohati yetkazildi. Qutulib
qolgan namoyishchilar boshqa shaharlarga qochib jon saqlashdi.
Buxorodagi voqealar jadidlami sergaklantirdi. Marifatli hukmdor tariqasida
namoyon bolgan Sayid Olimxonning xalq orasida hurmati qolmadi.

Buxoro amirligining
qulashi

Omon qolgan jadidlar 1917-yili bolsheviklar tomonidan
egallangan Turkistonga qochishdi. 1920-yil yanvarda
Toshkentda omashib olgan yosh buxoroliklaming sol
qismi Fayzulla Xojayev rahbarligida Inqilobchi yosh
buxoroliklaming Turkistondagi markaziy byurosini tuzishdi. Ammo bu tashkilot
nufuzli siyosiy kuchlami ozida mujassam etmagan. Bu tashkilot 0 rta Osiyoni
butunlay zabt etib, uni bolsheviklar qol ostida bolgan yangi davlat tarkibiga qoshib
olishga harakat qilgan mustamlakachilaming kurash vositasiga
aylandi.
Fayzulla Xojayev rahbarlik qilgan yosh buxoroliklar
va bolsheviklaming birgalikdagi harakatlari bilan
Buxoroda davlat tontarishi tayyorlandi. Amir qoshinini
parokanda qilish boyicha ishlar olib borildi. Mahalliy
aholi orasida kuchli tashviqot yurita boshlandi. Shu
maqsadda Tong jumali va Uchqun gazetasi nashr
etildi.
Yosh buxoroliklar amimi taxtdan agdarishning siyosiy
va tashviqiy asoslarini hozirlashga kirishdi. Ularning
tashabbusi bilan 1920-yil 29-avgustda Chorjoyda
qozgolon uyushtirildi. Bu yerda Muvaqqat inqilobiy
qomita tuzilib, u Rossiya hukumatidan yordam sorab iltimosnoma
bilan murojaat qildi. Sovet davlati esa yaxshi
qurollangan qoshin va mahalliy aholini dahshatga soluvchi harbiy aviatsiya bilan
taminlangan yirik harbiy qismlami Buxoroga tashladi. Amir va uning qoshinlari
deyarli hech qanday qarshilik korsata olmadi. Bunday vaziyatdan chiqa olmagan amir
Sayid Olimxon oz oilasi va devonidagi amaldor-u ayonlar bilan Afgoniston tomonga
qochib otdi.
1920-yil 2-sentabrda bolsheviklar armiyasi qoshinlari Buxoroga kirdi. 6-oktabrda
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Fayzulla Xojayev

