35-. XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA
XIVA XONLIGINING DAVLAT TUZUMI
VA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOLI

Xonlikning
ijtimoiy-siyosiy
tuzumi


Xiva xonligi ustidan podsho hukumati ozining protektorat
hududi sifatida qattiq nazorat omatdi. Ichki va tashqi
siyosatdagi arzimas ozgarishlami ham Xiva xoni Turkiston
general-gubematori bilan kelishib olishi lozim edi.
Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat
Kengash (devon) tasis etilib, ulaming tort nafari podsho hukumati vakillari edi.
Amudaryoning avval Xiva xonligi tasarmfida bolgan va Gandimiyon shartnomasiga
kora Rossiya imperiyasi ixtiyoriga otgan ong qirgogi hududida Turkiston
general-gubematorligining Amudaryo bolimi tashkil qilingan edi. Uning
boshligi ayni mahalda Rossiya imperiyasining Xiva xonligidagi vakili sifatida
mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga
oshirar edi. Xonlik ming yillik tarixga ega va ozbek xalqining madaniy rivojlanishida
muhim rol oynagan turkiy urug qongirotlarga mansub sulola vakillari tomonidan
boshqarilayotgan monarxiya edi. Qongirot urugi siyosiy va ijtimoiy hayotda
hamda harbiy sohada xonning suyanchigi edi.
Xon cheklanmagan mamuriy-sudlov va harbiy hokimiyatga ega edi. U mamlakatni
qongirot urugi zodagonlari, saroy ayonlari va oliy ruhoniylar guruhi
madadiga tayanib boshqarardi. Xon hokimiyati oz xalqi manfaatlaridan kora,
koproq tor doiradagi amaldorlar manfaatidan kelib
chiqib ish olib borar edi.
Xiva xonligida qoshin xalq qarshilik harakatini
bostirish va davlat yaxlitligini saqlash uchun kurash
vositasi edi. Bu qoshin yaxshi uyushmagan, harbiy
tartib-intizom bosh, nihoyatda sodda qurollangandi.
Xonning muntazam qoshini yasovulboshi boshqaradigan
1,5 ming kishidan iborat edi. Harbiy harakatlar
davrida shahar, qishloq va ovullardan xalq
lashkari hamda harbiy harakatlarda turkman otliq
sipohiylari j amlanardi.
Xonlik mamuriy jihatdan 20 ta beklik yoki
viloyatlarga bolingan edi. Ulardan eng yiriklari
Hazorasp, Urganch, Qiyot, Kohna Urganch, Xojayli,
Qongirot hisoblangan. Ulaming har biriga xon tomonidan
tayinlangan bek yoki hokim rahbarlik qilar

edi. Xonlikda ikkita kichik viloyatlar ham bolib, ulami xon noiblari boshqarardi.
Xiva shahri va uning tevaragi bevosita xonning tasarmfida bolgan. Mavjud boshqaruv
apparatidagi mansabdor shaxslar dehqon va hunarmandlardan yigiladigan
soliqlar hisobidan kun kechirar edi.
Mehtar (bosh vazir) va devonbegi (devonxona mutasaddisi) xonning oliy amaldorlari
va yaqin maslahatchisi bolishgan. Xonlikdagi sudlov tizimida hokimiyatga
qarshi arzimagan qilmish uchun ham olim jazosi qollanilar edi.
Islom dini ruhoniylari mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy hayotda katta tasirga ega
edi. Xiva Buxorodan keyingi islom dini markazlaridan biri sanalardi. Shaharda 160
dan ortiq masjid va dindorlaming qadamjosiga aylangan 60 dan ziyod avliyoning
dahmasi mavjud bolgan. Mamlakatda 1,5 mingga yaqin maktablar faoliyat yuritdi.
Bu maktabni bitirgan talabalaming ayrimlari oliy (madrasa) oquv yurtida oqishni
davom ettirib, 10 yilgacha talim olishardi. Bunda asosiy fanlar sifatida arab grammatikasi,
islom huquqi va falsafasi, shuningdek, qoshimcha ravishda elementar
arifmetika va geometriya oqitilardi. Madrasa talabalari imtihon sinovlari topshirganlaridan
song boshab qolgan qozilik, imomlik yoki boshqa bir nufuzli lavozimlami
egallashlari mumkin edi.

Yer egaligi

Yer davlat boyligining birlamchi omilidir. Bu boylik deh-
qonlar mehnati evaziga qolga kiritiladi. Dehqonlar mehnati
yer unumdorligini oshirish va ishlab chiqarishni

rivojlantirishga qaratilgan. Bu borada Xiva xonligi dehqonlari ham mirishkor
edilar. Xonlikda galla yetishtirish qishloq xojaligining asosiy tarmogi bolib,
asosan sholi, jo xori hamda suli koplab yetishtirilar edi. XIX asming 90-yillaridan
boshlab Rossiya bilan savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida paxta yetishtirishga
ixtisoslashuv ham jadal kechdi.
Xonlikdagi yerlaming asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi.
Amaldor va ayonlarga haq sifatida Xiva xonlari ularga davlat yerlari hisobidan
ehsonlar qilishardi. Bundan tashqari, xon va uning amaldorlari, qarindoshlari soliqlardan
ozod etilgandi.
Yer maydonlarining katta qismi diniy muassasalar tasarrufida bolib, xonlikdagi
jami sugoriladigan yerlaming 40% i masjidlar mulki hisoblangan. Xususan, 64 ta
masjid va madrasa XIX asming oxirgi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga
egalik qilgan. Bu xonlaming dindorlarga nisbatan hurmat va izzatining ifodasi ham
edi. Xususan, vaqf yerlari va XIX asming oxirida qariyb 4 ming ruhoniylar oilasi
barcha soliqlardan ozod etilgandi.

Soliq va
majburiyatlar

1873-yildan song hosildor yerlaming katta qismi Rossiya
tasarmfiga otishi oqibatida xonlik mamuriyati sarfxarajatlarga
bolgan ehtiyojni yangi soliqlami joriy etish
yoki ilgari mavjud bolganlarini oshirish yoli bilan
qoplay boshladi. Xiva xonligida turli majburiyatlar, doimiy yoki favqulodda soliqlaming
qariyb 25 turi mavjud bolgan. Dehqonlar solgut - yer soligi, zakot,
choppuli - otloqlardan foydalanganlik uchun soliq, turar joylardan otov soligi
kabilami tolashgan.
Bunday soliqlardan tashqari, dehqonlar turli-tuman majburiyatlami ham bajarishgan.
Bu majburiyatlar orasida sugorish tizimini taminlash, yangilarini barpo

etish eng ogiri edi. Xiva dehqonlari har yili kanallami tozalashga, kotarmalami
qurish va qayta tiklashga, togonlar va kopriklami tamirlashga chiqardi. Bu ishlarga
dehqonlar oz ish qurollari va oziq-ovqati bilan kelardi. Majburiy ishga chiqmaganlar
esa muayyan miqdordagi mablagni xazinaga tolashlari shart bolgan. Xon farmonlarini
elon qiluvchi jarchi oz foydasiga afanakpuli yiggan bolsa, ishlar nazoratchisi
va mutasaddisi ham oz ulushini olishga harakat qilgan.
Dehqonlar aholining 90% ga yaqinini tashkil etsalar-da, sugoriladigan yerlaming
atigi 5% iga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlaming
va vaqf yerlarida ijarachi sifatida ishlab berishardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning
teng yarmi hisobiga mehnat qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin odatda yer
egasiga hosilning 40-50% i berilgan. Teng yarmiga ishlovchilar esa yarimchilar deb
atalgan. Yeri ham, asbob-uskunalari ham, ish hayvoni ham bolmagan dehqonlar esa
zamindorlar qolida turli shartlarga konib ishlashga majbur edilar. Qarzdor dehqonlar
oz qarzlarini uzish uchun malum vaqt davomida tekin ishlab berishlari lozim edi.
Shu zayilda xonlikda yersiz dehqonlar soni yildan yilga osib borardi. Ular xonlar,
beklar va ulaming amaldorlariga tobora qaram bolib borishardi. Bu jarayonlaming
barchasi Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga oz salbiy tasirini
otkazdi.

