36-. TOVAR-PUL MUNOSABATLARINING
RIVOJLANISHI

Sanoatning
rivojlanishi

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida uy hunarmandchilik ishlab chiqarishi hanuz saqlanib kelayotgan edi. Unda ip
yigirish va toquvchilik, oyoq kiyimlari, gilamlar, kigizlar
va hokazolar tayyorlanardi. Har bir dehqon xojaligi
yordamchi daromad manbayi bolgan uy hunarmandchiligi bilan shugullanar edi.
Deyarli har bir qishloqda konchi, etikchi, bozchi, boyoqchi, juvozchi va boshqalar
faoliyat korsatishgan. Hunarmandlar oz hamqishloqlaridan buyurtmalar olib
ishlashar va tayyorlangan buyumlari uchun natura tarzida, mahsulot yoki pul bilan
haq olishardi. Ulardan bazilari bevosita mahalliy bozorlardagi ustaxonalarda mehnat
qilishardi.
0 rta Osiyoning Rossiya, qozoq juzlari, Kavkaz, Eron bilan savdo munosabatlari
rivojlanishi ichki savdo-sotiqni jonlantirdi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi
tovar-pul munosabatlarining shitob bilan osishiga imkoniyat yaratdi. Shaharlaming
qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanishi yangi shaharlami vujudga keltirdi va
eskilarining rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Bu mamlakat iqtisodiy hayotida
shaharlaming ahamiyati ortishiga olib keldi. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi
Urganch, Qongirot, Toshhovuz, Gurlan, Buxoro, Termiz, Chorjoy, Kogon singari
shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga aylandi. Bogot, Moynoq, Taxta
singari yangi shaharlar vujudga keldi.

Ushbu shaharlarda mahalliy va Rossiya qoshma korxonalarining idoralari,
omborlari, sanoat korxonalari joylashgan edi. Masalan, Yangi Urganch shahrida
on bitta paxta tozalash zavodi (ulardan oltitasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli
edi), ikkita yog zavodi, sovun va kon zavodi, bitta tegirmon bolgan. Bundan
tashqari, Yangi Urganchda Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bolimlari,
pochta-telegraf idorasi, komission va sugurta jamiyatlarining vakolatxonalari
ochilgan edi. Gurlanda ham rossiyaliklarga, ham mahalliy sarmoyadorlarga
tegishli kapital jamlangan edi. Bu shaharda asosan paxtani tashib ketish bilan
shugullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar -
aka-uka Rizayevlar, P.A. Manuilov, S. Maksum, S. Tojiniyozov, T. Solijonov
va boshqalaming jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgandi. 1909-yilga
kelib Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi ishlayotgan edi. Sanoat shakllanishi
1910-1915-yillarda yanada jadallashib, kerosin va neft bilan ishlaydigan 40 ta
sanoat korxonasi barpo etildi. 1917-yilda Buxoro amirligida 92 ta sanoat korxonasi
bolgan.

Rossiya bilan
savdo aloqalari

Turkiston olkasining mustamlakaga aylanishi jarayonida
Rossiya imperiyasi va mahalliy kapital hamkorligi
vujudga keldi. Mahalliy tadbirkorlar faoliyati, milliy
kapital namoyandalarining sarmoyalari daromadi Rossiya bozori mahsulotlariga
bevosita boglangan edi. Ular ikki davlat ortasida bozor munosabatlarini
rivojlantirish uchun qoshma bank uyushmalari tuzishga harakat qilishdi. 1909-
yilda Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan
-Meta sindikati tashkil qilindi. Sindikat har yili Rossiyaga qariyb 3 ming
tonna paxta xomashyosi eksport qilardi va beda urugi sotib olish boyicha
yakkahukmronlikni omatgandi. Rossiya kapitali oz protektorati bolgan Xiva
xonligida ozi uchun zaruriy xomashyo bazasini yaratdi. Bu yerdagi ishchi kuchining
arzonligi va 1873-yildagi Gandimiyon shartnomasi bandlariga kora, mahalliy
bozorda monopol mavqeyi hisobidan ulkan daromad olish faollashdi.
Rossiya kapitali amaliyotlari tufayli 0 rta Osiyoda ichki bozor imkoniyatlari
ancha kengaydi. Tovar-pul munosabatlari rivojlanib, uning asosida yangi savdo-sanoat
markazlari shakllandi. Mayda savdogarlar choy, manufaktura mahsulotlari, shakar,
samovar kabi taqchil tovarlami hatto eng olis qishloqlarga ham olib borib sotardilar.
Sanoatning bir yoqlama va sust rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yetakchi
hunarmand-kasanachilik ishlab chiqarishining salmogi nisbatining saqlanib qolishiga
olib keldi. Mahalliy hunarmandlaming mahsulotlari mamlakat hududidan tashqarida
yuqori baholangan. Chunki bu mahsulotlar qadimiy boy hunarmandchilik ishlab
chiqarishi ananalari asosida tayyorlanardi.

Hunarmandchilik
va ichki savdo

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida hunarmandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga
ixtisoslashuvi jarayoni kuzatildi. Metallni qayta
ishlovchi asosiy ustaxonalar Buxoro, Xiva, Yangi Urganch, Chimboy, Hazorasp
shaharlarida joylashgan edi. Bu yerda ketmonlar, omoch tishi, belkuraklar, boltalar,
taqalar, idish-tovoqlar va hokazolar yasalardi. Konchilik ishlab chiqarishi esa Buxoro,
Xiva, Xonqa, Yangi Urganch, Xojayli va boshqa markazlarda rivojlangan edi. Qoplar
va arqonlar asosan Yangi Urganchda tayyorlangan. Gilam va kigizlar Porsu, Alieli,
Kohna Urganch, Gazovot kabi hunarmandchilik maskanlarida ishlab chiqarilardi.
Ayni mahalda 0 rta Osiyoning deyarli barcha shaharlarida toqimachilik, sopol idishlar
va zargarlik buyumlari yasash rivojlangan edi.
1885-yilda Kaspiyorti temiryo4lining qurilishi va 1887-yil oxirlarida Amudaryo
flotiliyasining tasis etilishi Rossiyaga qaramlikni yanada kuchaytirdi. Avval
savdo-sotiq asosan quruqlikdagi karvon yollari orqali olib borilgan boIsa,
endilikda yuklaming katta qismi temiryol orqali va paroxodlar bilan Amudaryoning
yuqori oqimi boylab tashiladigan boldi. Bu kabi yangiliklar Rossiya imperiyasi
foydasiga xizmat qilib, unga mustamlaka bolgan davlatning qoloqligiga,
qolaversa, hunarmandchilik ishlab chiqarishi bir qator tarmoqlarining inqiroziga olib
kelardi.
Iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati ham hunarmandchilik ishlab chiqarishi
rivojiga salbiy tasir yetkazdi. Xonlik va mahalliy hokimiyat hunarmandlami har
xil soliqlarga komib tashladi. Har bir hunarmandchilik ustaxonalarining egalari
amaldorlarga sovgalar taqdim etishi, daromadlariga mos kelmaydigan soliqlami
tolashlari lozim edi. Natijada hunarmandlar oz ishlab chiqarishini kopaytirishga
va yangi texnologiyalami joriy qilishga qodir bolmay qolar edi.
Kasanachilikda sex birlashmalari orta asrlardagi korinishda saqlanib qoldi. Sex
birlashmalariga hunarmandlar kasblariga kora uyushgan edilar. Unga usta, xalfa va
shogird kirar edi. Kredit berib turgan boy sexga rahbarlik qilar edi. Hunarmandlar
ishlab topgan pullarining anchagina qismini avliyolar va manaviy ustozlar sharafiga
xayr-ehsonga berishar, xazinaga kopdan kop soliqlar tolashardi. Xalfa
va shogirdlar ahvoli ogir bolib, ulaming ish kuni cheklanmagan edi. Xalfa olgan
bonagi (avans) evaziga ishlab berishga majbur edi. Olgan avansning hammasini
tolamaguncha ustaxonadan keta olmas edi.
Rossiya imperiyasidan arzon narxlardagi sanoat tovarlarining kirib kelishining
kopayishi mahalliy korxonalaming buyumlariga talabni pasaytirdi. Mahalliy matolar,

iplar, kulolchilik, choyan va misdan yasalgan buyumlar bazi turlarining ishlab
chiqarilishi keskin kamayishiga olib keldi.
