37-. XIVA XONLIGINING TUGATILISHI

Xalq
harakatlarining
yetilib borishi

Turli xildagi jabr-zulmlar natijasida dehqonlaming kuchayib
borayotgan noroziligi soliqlami tolashdan, majburiyatlami
bajarishdan ommaviy bosh tortishga, yirik zamindorlar
yerlarini egallab olishga, soliq yiguvchilarga va xonlik
mamuriyatining boshqa namoyandalariga hujum qilish holatlarini kopaytirdi.
Dehqonlaming chiqishlari yer egalari amaldorlarining uylarini vayron qilish, qarz
tilxatlarini yirtib tashlash va soliq yiguvchilami quvib yuborish bilan birga kechgan
stixiyali isyonlar tarzida yuz berardi. Vaqt otgan sayin, xon hokimiyati va mahalliy

mamurlar suiistemollari zorayishi barobarida dehqonlar chiqishlarining uyushganligi
va ommaviyligi ham osib bordi. XIX asming 80-yillarida Pitnak, Hazorasp,
Yangi Urganch, Kohna Urganch tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib,
kurash keskin tus ola boshladi. Xon ixtiyorida ularga qarshi kurash uchun kuchlar
yetarli emasdi. Shu bois u Rossiya podshosi qoshinlarini yordamga chaqirdi. Isyonlar
bostirilib, dehqonlar harakati rahbarlari qatl etildi.
Shunday bolsa-da, dehqonlaming galayonlari toxtamadi. 1902-yilda Matyoqub
pishiq rahnamoligida Xonqa, Hazorasp, Bogot tumanlari dehqonlari qozgolon
kotarishdi. Xon yana Rossiya podshosi hukumati qoshinlariga murojaat qildi. Qattiq
jazo choralari korilib, qozgolon tor-mor etildi. Uning rahbarlari qatl qilindi.
Mustamlakachi hokimiyat va mahalliy amaldorlaming jabr-zulmi, turmush sharoitlarining
yomonligi koplab xalq galayonlarini keltirib chiqardi. Xalq noroziligi
ommaviy tus oldi va chuqur tomir otdi. XX asr boshlarida arzimas sabablar bilan
qozgolonlar yuz berib turardi. Bazi tumanlarda sabr kosasi tolgan dehqonlar oz
oilalari bilan xonlikdan ommaviy tarzda yoppasiga qocha boshladilar. 1906-yilda
Yangi Urganch, Xonqa, Hazoraspda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini
egallab ola boshlashdi.
Xiva xonligida 1910-1911-yillar qurgoqchilik va hosilsizlik yili boldi. Xonlik
aholisi ocharchilik girdobida qolgandi. Yetkazilgan zararlami qoplash uchun xon
mamurlari aholidan imkoni bolgan hamma narsani tortib ola boshlashdi. Soliqlar
esa oshib bordi. Aholining ommaviy qashshoqlashuvi dehqonlarda norozilik

tugdirdi. 1910-1917-yillarda dehqonlar galayonlari keng tus oldi: insofsiz katta yer
egalari va boylami kaltaklash, ulaming imoratlari, xojalik inshootlari, omborlarini
buzib tashlash kabilar avj oldi. 1912-yildagi Hazorasp, Xonqadagi qozgolonlar
keskin tus oldi. Doimiy qozgolonlar natijasida xalq oqotar aslahalar bilan qurollanib,
urush olib borish taktikasini organib olgan edi. Dehqonlar yirik zamindorlar
va xonlik amaldorlarining yerlarini egallab ola boshladilar. Asfandiyorxon 1000
kishilik ozining eng sara qoshinini qozgolonchilami bostirishga tashladi. Ammo
kutilmaganda Alieli va Toshhovuz ortasida ular qozgolonchilar tomonidan tormor
etildi. Xonga madadga yetib kelgan podsho hukumati qoshinlari qozgolonni
qiyinchilik bilan bostirdi.

Islohotlar uchun
kurash

Xalq qozgolonlari xonlikda ijtimoiy-siyosiy harakatlar
rivojlanishiga kuchli tasir otkazdi. Mamlakatdagi yalpi
noroziliklar tasiri ostida jadidchilikning Xiva xonligidagi
korinishi, Yosh xivaliklar harakati vujudga keldi. Uning Yosh buxoroliklardan farqli
jihati harakatda aholining turli qatlamlari - dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar,
ziyolilar va mayda mulkdorlaming ishtirok etishi edi.
Yosh xivaliklar harakati rahbarlari Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov,
Bekjon Rahmonov, Nazir Sholikorov, Jumaniyoz Sultonmurodov kabi taraqqiyparvarlar
bolib, ular Xorazmda katta nufuzga ega bolishgan. Yosh xivaliklar oz
davrining bilimdon va fozil kishilari bolib, Xiva xonligida marifat tarqatish va
islohotlar otkazish uchun jiddiy harakat qildilar. 1910-yilda xon Islohotlar loyihasi
ni qabul qildi. Loyiha boshqaruv tizimini tartibga solishni nazarda tutar edi.
Xon devoni saqlab qolinib, faqat amaldorlar davlat taminotiga otkazilishi
moljallangan edi. Loyihada, shuningdek, yangicha milliy maktablami tashkil qilish
goyasi ham ilgari surilgandi. Takliflar umumiy jihatlari bilan cheklanganligiga
qaramasdan, ular chuqur islohotlar orqali Xiva davlatchiligi mustaqilligini tiklashga
qaratilgan edi. Yangicha milliy maktablar talim va madaniyat saviyasini kotarish
hamda xivalik ziyolilaming yangi avlodini shakllantirish uchun kerak edi. Bu ularda
xon hokimiyatining mustabidligiga nisbatan murosasizlik hissini tarbiyalashga xizmat
qilardi.

Xiva xonligining
tugatilishi

Muhammad Rahimxon II vafot etgach, podsho hukumati
yordamida taxtni uning ogli Asfandiyorxon (1910-1918)
egallaydi. Petro-Aleksandrovskda turgan Rossiya harbiy
kuchlari madadiga ishonib, yangi xon islohotlar otkazdi, ishni zulmni kuchaytirish
va muxolifotni toliq mahv etishdan boshladi. 1913-yilda u islohotchilar rahnamolaridan
biri, mamlakat bosh vaziri Islomxojani davlat mablaglarini ozlashtirishda
ayblab oldirtiradi. Xon buyrugiga kora yerlami yangidan olchash boshlandi.
Aslida, bu tadbir yangi soliqlami joriy qilishdan iborat edi. Dehqonlar esa bunga
Mangit va Xojaylida qozgolonlar kotarish bilan javob berishdi.

Xonning tayanchi bolgan podsho hukumati uni
uzoq qollay olmadi. Rossiyadagi 1917-yilgi fevral
voqealaridan keyin Asfandiyorxon asosiy tayanchi
- podsho hukumatidan mahrum bolib, bir necha
muddat yakkalanib qoldi. Yosh xivaliklar qulay
vaziyatdan foydalanib qolishga qaror qilishdi va
islohotlar uchun ochiqdan ochiq harakatni boshlab
yubordilar. 1917-yil 5-aprelda ular Asfandiyorxondan
islohotlar otkazish togrisidagi manifestni
imzolashni talab qilishdi. Islohotlar xon hokimiyati
saqlangan, ammo Majlis (deputatlar palatasi) va
Nozirlar kengashi (Vazirlar kengashi) bilan cheklangan
konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni oz
ichiga olgandi. Yosh xivaliklar shuningdek, davlat
mablaglari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun
moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlikning
butun hududida yangi usul maktablarini tashkil
qilish uchun qomita tuzishni, temiryollar va pochtatelegraf
tizimi qurilishini ham talab qilishgandi. Podsho hukumati qoshinlari madadidan
mahrum bolgan Asfandiyorxon har qanday yol bilan hokimiyatni saqlab
qolish va vaqtdan yutish maqsadida islohotlami amalga oshirish togrisidagi manifestga
imzo chekdi.
1917-yil 26-apreldagi Majlisning birinchi sessiyasida 30 nafar xivalik deputat
va turkmanlardan 7 nafar vakil ishtirok etdi. Majlis Vazirlar kengashini sayladi.
Ammo ikki oy otmasdan xon boshchiligidagi konservativ kuchlar harbiy
tontarishni amalga oshirishdi va Majlisni tarqatib yubordi. Yosh xivaliklar
rahnamolari hibsga olinib, ulardan bir qismi otib tashlandi.
Lekin bu voqealarga yangi bir kuch - turkman uruglaridan birining sardori
Junaidxon aralashdi. 1918-yil yanvarda 1,5 ming kishilik otliq otryad bilan u Xivani,
keyin esa xonlikning boshqa tumanlarini egallab oldi. Asfandiyorxonni nomigagina
taxtda qoldirgan Junaidxon xonlikda ozining yakkahokimligini omatdi. Keyinchalik
uning buyrugiga kora, Asfandiyorxon oldirilib, omiga Said Abdulla
taxtga otqazildi.
Rossiya hukumati Xivada inqilob tayyorlay boshladi. Bolsheviklar tomonidan
egallab olingan Petro-Aleksandrovskda Kommunistik partiya tuzilib, tontarishga
tayyorgarlik korilgan. Tontarish 1920-yil 2-fevralda roy berdi va tarixda u xalq
inqilobi nomini oldi. 27-aprelda Sovetlaming birinchi Butun Xiva qurultoyi ropparosa
410 yil mavjud bolgan Xiva xonligi omida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi
(XXSR) tashkil topganini elon qildi.
