39-. TURKISTONDA ILM-FAN TARAQQIYOTI

Tarix fanidagi
yutuqlar

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ilm-fan muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlarga erishishda
jadidlaming omi katta boldi. Ular tarbiyaviy maqsadlarda
tarix sohasidagi tadqiqotlami rivojlantira boshladilar
Jadidlar tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvirlash orniga,
xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini oquvchilarga tanishtira boshlashdi.
Tarixchi va jumalist Mulla Olim Maxdum Hoji Turkiston tarixining toliq
sharhi Tarixi Turkiston (Turkiston tarixi) asarini yozdi. Bu asar ozbek tilida
bosmadan chiqdi. Unda qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha
bolgan voqealarining yilnomasi bay on etilgan edi. Bu kitob ozbek tilidagi ilk
tarixiy asar sifatida shuhrat qozondi
Jadidlar Turkistonda savodxon va bilimdon
kishilami tarbiyalashda tarix fanining ahamiyatini
yuqori baholar edilar. Mahmudxoja Behbudiy
Turkistonning barcha aholisiga hozirgi dunyoda
yashash, ziyoli, komil va odil bolish uchun oz
vatani tarixini organish davati bilan murojaat
qildi. Bu davming yana bir yirik tarixchi olimi
Muhammad Solih edi. U 25 yillik izlanishlaridan
keyin Tarixi jadidai Toshkent (Toshkentning
yangi tarixi) asarini yozgan. Asar Toshkent shahrining
XIX asrdagi qiyofasining batafsil yoritilganligi
bilan qimmatlidir.
Xorazmlik mashhur olim Muhammad Yusuf
Bayoniy ham avlodlarga ikki yirik tarixiy asarini
meros qoldirgan. Bular Xorazm tarixi va Shajarayi
Xorazmshohiy asarlaridir.

Rus tadqiqotchilari ham olkadagi tarix fani rivojiga sezilarli hissa qoshgan.
Ulardan biri sharqshunos va arxeolog V.Vyatkin (1869-1932) bolib, u Samarqandda
faoliyat yuritdi. V.Vyatkin mahalliy tarixchilar bilan birgalikda ancha vaqt Ulugbek
rasadxonasi omini izladi. 1908-yilda rasadxona binosi qoldiqlarini va rasadxonaga
tegishli asbob-uskunalaming bir qismini topishga muvaffaq boldi. U Shohizinda,
Choponota, Afrosiyob qorgoni asarlarini yozdi. Rus va ozbek tillarini organish
boyicha qator darsliklar muallifi boldi.
1895-yilda tashkil etilgan Arxeologiya havaskorlari togaragining qatnashchilari
olkadagi tarixiy yodgorliklami organishga kirishdi. Garchi qidiruv va qazish
ishlari kamdan kam otkazilgan bolsa-da, ular ayrim arxeologik obyektlami izlab
topish va yodgorliklami tavsiflash bilan shugullanib, sohaga muayyan hissa qoshdilar

Tabiiy fanlarning
rivojlanishi

0 rta Osiyoni umrbod imperiyaning bir qismiga aylandi
deb hisoblagan mustamlakachi hukumat olkani faol ozlashtirish
maqsadida ilm-fanni rivojlantirishga ham harakat
qildi. Eng avvalo, 1867-yilda mintaqaning bosh xaritasi
tuzib chiqildi. Hududni xaritalashtirish va iqlimini organish uchun Toshkentda
meteorologiya stansiyasi tashkil etildi. Mutaxassislar yetishmasligi sababli uzoq vaqt
davomida keng kolamli ilmiy tadqiqotlami shakllantirish deyarli amalga oshirilmadi.
Faqat XIX asming 90-yillarida va XX asr boshlarida 0 rta Osiyoning tabiiy
boyliklarini ozlashtirish bilan bogliq bolgan tadqiqot ishlari avj oldi. Mashhur ms
zoologi va sayyohi N.A.Seversev Pomir tog tizimini organib chiqdi. U sayohati
davomida botanika, minerallarga oid namunalar topladi. P.P.Semyonov-Tyanshanskiy
Tyanshan tog tizimini organib, muzlik, vulqonlar haqida qiziqarli malumotlar
topladi. A.P.Fedchenko Fargona vodiysi va Oloyni, shuningdek, Zarafshon vodiysi
bilan Qizilqumni ham tekshirib chiqdi.
0 lkadagi ilmiy tadqiqotlar imperiya uchun foydali boIsa ham, baribir podsho
hukumati bu davrda noharbiy maqsadlarga yetarli darajada mablag sarflashni istamadi.
Ular uchun olkaning harbiy-siyosiy nuqtayi nazardagi ahamiyati birinchi
orinda turardi. 1871-yili tashkil etilgan 0 rta Osiyo Olimlar jamiyati mablag
yoqligi tufayli 1893-yilda oz faoliyatini toxtatishga majbur bolgan edi.

Turkiston qishloq xojaligi jamiyati ancha faol ish boshladi. Jamiyat nashr
ettirgan Turkistonning qishloq xojaligi jumali sohadagi ishlab chiqarish, yerlami
sugorish, dehqonchilik va yerdan foydalanish borasidagi ilgor usullami targib
qildi. Qishloq xojaligi jamiyati mustamlakachilar manfaatidan kelib chiqib, paxtachilikni
rivojlantirish boyicha ilmiy tadqiqotlar bilan shugullandi. Mahalliy
iqlim sharoitiga moslashgan oziga xos 0 rta Osiyo paxta navidagi dastlabki hosil
yetishtirildi.
1876-yil Toshkentda Turkiston muzeyi (hozirgi 0 zbekiston tarixi davlat
muzeyi) tashkil etildi. 1870-yili Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil
etilishi ham 0 rta Osiyoda fan va madaniyatning rivojlanishida katta ahamiyatga
ega boldi. Undagi kitoblaming aksariyat qismi Turkiston tarixi va tabiatiga oid
nodir asarlar bolgan.

Adabiyot

Bu davrda bir qator adabiyot namoyandalari yetishib chiqdi.
Shulardan biri ozbek demokratik shoiri Ubaydulla Solih
ogli Zavqiy (1853-1921) bolib, u bitgan satirik sherlarida
mustamlakachi mamurlar, hukmdorlar va ruhoniylar xatti-harakatlari tanqid
qilinadi. Zavqiy erk va ozodlikni tarannum etgan sherlari uchun zindonga tashlandi.
Sharq adabiyoti uchun ananaviy bolgan janr - sheriyat edi. Turkistonda
sheriyatning shakl va mazmuni bir-biridan farqlanuvchi va bazan bir-biriga zid
bolgan sofiylik va tanqidiy-realistik oqim mavjud edi.
Shoirlar va yozuvchilar oz ijodlarida xalq dardini,
davming dolzarb muammolarini aks ettirishga harakat
qilganlar. Ular orasida Muqimiy, Furqat, Zavqiy, shoira
Anbar otin, Avaz 0 tar ogli, Ahmad Donish va boshqalarning
ijodini alohida ajratib korsatish mumkin. Sherlaridagi
haqqoniylik va samimiylik ulami mashhur xalq
shoirlariga aylantirdi.
Muhammad Aminxoja Muqimiy Qoqon shahrida tug
ilgan. U Saylov, Tanobchilar, Hapalak qishlogi
ahlining xonga arzi va boshqa satirik asarlar, Qoqondan
Fargonagacha, Qoqondan Isfaragacha kabi ilk sayohat-
Muqimiy. nomalaming muallifidir.

Anbar otin ham Zavqiy kabi erksevar va hurfikr sherlari bilan shuhrat topdi.
Shoira Qoqon shahrida yashab, ayollaming jamiyat va oiladagi haq-huquqsiz ahvoli
togrisida achchiq haqiqatlami qalamga oldi. Ayollaming erkinligi va tenghuquqli
bolishi uchun kurashga davat etgani uchun shahardagi mutaassib kayfiyatdagi
kuchlar tomonidan kaltaklandi va kop otmay hayotdan koz yumdi. 0 zbek
shoirlarining sherlari keng xalq ommasi yuragiga yol topdi. Ulaming sherlari
asosida koplab qoshiqlar yaratildi.
XX asr boshlarida ozbek adabiyotida yangi janrlar paydo boldi. Nasrda yaratilgan
asarlar ham dunyo yuzini kordi. Ayniqsa, jadid adabiyoti rivojlandi. Bu adabiyot
mazmunida mamlakatdagi ogir sharoit va mustamlakachilik tizimi illatlari
qoralandi.

Jadid adabiyotida 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini elon qildi.
Adib ozining hikoyalari, felyetonlari va pyesalari bilan Turkiston ziyolilari hamda
xalq ommasi orasida keng tanildi. Uning Juvonboz hikoyasi, Baxtsiz kuyov
pyesasi va qator romanlarini xalq sevib oqiy boshladi.
Nasrda ijod qilish xalq uchun eng ommabop va tushunarli adabiyot shakli edi.
Shuning uchun ham jadidlar oz goyalarini keng xalq ommasiga singdirish maqsadida
nasr janridan keng foydalanganliklari ham bejiz emas edi. Jadidlar xalqqa
yaqinlashishning eng samarali yoli sifatida xalq milliy teatrini yaratishdi. 1911-1913-
yillarda Turkistonning turli shaharlarida teatrlar tashkil
etildi. Adiblar ular uchun pyesalar yozishdi. Sahnada yangragan
ona tilidagi nutq va teatr aktyorining harakatlari
xalq ommasiga nisbatan qudratli tasir vositasiga aylandi.
Jadid teatrlarida 1911-1917-yillarda 25 ta pyesa namoyish
etildi, ular xalq ommasi orasida eng mashhur asarlarga
aylandi. Bu paytda spektakllaming aksariyati ochiq
sahnalarda qoyilib, ularga koplab tomoshabinlar tushgan.
Ilk ozbek tomoshabinlari uchun jadidlar qoygan pyesalar
axloqiy tarbiya maktablariga aylandi.
Jadidlar rahnamosi Mahmudxoja Behbudiy tomonidan
yozilgan mashhur pyesa - Padarkushda otalar va bolalami
bir-biriga nisbatan shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan

manaviy qashshoqlik mol-mulkka ruju qoyish qattiq qoralangan edi. Unda yot
odatlaming kirib kelishi jamiyat uchun muqaddas bolgan oilani yemirishi korsatib
berildi. Nusratilla Qudratilla qalamiga mansub  asarida oilaviy va shaxsiy
fojialar sababchisiga aylangan serchiqim bazi urf-odatlar va ananalar tanqid ostiga
olindi. Pyesada oila boshligining serhasham sunnat toyi uchun puli yetmay qolganida,
qarz olishga majbur bolganligi va kop otmay tolovga layoqatsizligi oqibatida
qarzdoming qamoqqa olinishi korsatilgan.
Shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega, manaviy boy adabiyot xalq ongini uygotuvchi
eng muhim vosita boldi. Uning atoqli namoyandalari esa soha rivojiga ulkan
hissa qoshdilar.

