40-. TEATR VA MUSIQA SAN'ATI

Turkistonda xalq
teatri

Qadimiy sanat turlaridan eng sevimlisi hisoblangan xalq
teatrining Buxoro amirligi, Xiva va Qoqon xonliklarida
oziga xos korinishlari mavjud edi. Jumladan, Buxoro
amirligida masxaraboz, qogirchoqboz, raqqos kabi sanat
yonalishlarining uyushmalari vujudga kelgan edi. Xorazm ananaviy teatrida esa
ikki turkum tomoshalar - kulgili va xatarli oyin turlari yaxshi shakllandi.
Xalq teatri shakl jihatidan rang-barang va boy bolib, ular xalq orasidan chiqqan
komik aktyorlar - qiziqchilar, qogirchoqbozlar, masxarabozlar va boshqalar oz
mahoratlarini namoyish qilishgan. Ana shu teatrlar va masxarabozlaming tomoshalarida
asosan xasis va ochkoz boylar, chalasavod mullalar, amalparast beklaming
kirdikorlari fosh etilgan. Koproq bu tomoshalar dolzarb voqealar tasvirlangan satirik
korinishlardan iborat bolgan. Garchi ularda yozma pyesalar bolmasa-da, xalq
ogzaki ijodi mahsuli sifatida yod olingan mavzular sahnalashtirilgan. Sahna asarlarini
odatda sanatkorlaming ozlari ijod qilishgan.
XIX asming ikkinchi yarmida bir necha shaharlarda ananaviy teatr uyushmalari
vujudga keldi. Eng mashhurlari Qoqonda Zokir eshon, Buxoroda Tola masxara
uyushmalari edi. Ayniqsa, qogirchoq teatrlari ommabop bolib, ular mavzusi markazida
Kachal Polvon obrazi turgan.

Turkistonga
Yevropa va rus
teatrlarining kirib
kelishi

0 rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan zabt etilgach,
mustamlaka hukumati siyosiy maqsadlami nazarda tutib,
olkaga ms madaniyatini jadal yoyishga kirisha boshladi.
Bunda nafaqat talim tizimi, balki teatr sohasi ham muhim
orin tutgan.
1870-yil Turkiston general-gubematori tomonidan taklif qilingan Samara teatri
olkada bir necha kunlik dasturlarini namoyish etgan edi. 1910-yilda Samarqand va
Toshkentga ms aktrisasi V.F.Komissarjevskaya truppasining gastrollari uyushtirildi.
Turkistonda namoyish etilgan bunday tomoshalar olka mahalliy sanatkorlari
ijodiga ijobiy tasir korsatdi. Ilgor marifatparvarlar va jadidlar yangicha goyalarini
targib etish uchun dramatik teatming ulkan imkoniyatlarini tushunib yetdilar.
Tatar va ozarbayjon truppalarining 1910-1912-yillarda Turkistonda bolib otgan
gastrollari ham katta madaniy voqeaga aylandi. U.Gajibekovning Gorogli,
Layli va Majnun va Arshin mololon musiqali pyesalari ozbek jamoatchiligi
orasida iliq kutib olindi. Bu oz navbatida mahalliy teatr rivojlanishiga ham katta
tasir korsatdi.

Jadid teatrining
vujudga kelishi

0 zbek milliy teatrining shakllanishida jadidlaming omi
katta edi. Prezident Islom Karimov Yuksak manaviyat -
yengilmas kuch asarida Qachonki milliy madaniyatimizning
uzviy qismi bolgan teatr sanati xususida soz borar ekan, buyuk ma-
rifatparvar Mahmudxoja Behbudiyning Teatr - bu ibratxonadir, deb aytgan fikrini
eslash orinlidir, deb yozadi.
Turkistonda 1911-yil dastlabki yozma milliy sahna
asarlari yaratildi. Mahmudxoja Behbudiyning Padarkush
, A.Samadovning Mahramlar, Fitratning Bir
farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari
 nomli asarlari shular jumlasidandir. Ular ichida,
ayniqsa, ozbek milliy teatri durdonasiga aylangan Behbudiyning
Padarkush dramasi goyatda muhim voqelik
boldi.
Turkistonda birinchi ozbek milliy teatri Samarqand
shahrida Mahmudxoja Behbudiy rahbarligida tashkil
etildi. Bu truppada namoyish etilgan ilk asar ham uning
Padarkush pyesasi edi. 0 zbek milliy teatri shakllanishi
va rivojlanishida ulug marifatparvar Abdulla Avloniy va
jadidlar harakatining atoqli namoyandasi Hamza Hakimzoda
Niyoziy katta xizmat qildilar. 1914-yil boshlarida
Abdulla Avloniy Toshkent shahrida Turon nomidagi
teatr truppasini tashkil etdi va u sahnalashtirgan birinchi
asar ham Padarkush pyesasi boldi. 1915-yili teatrning
Turkiston shaharlari boylab gastrollari zor
muvaffaqiyat bilan otdi.
1916-yili Qoqon shahrida Hamza rahbarligida havaskorlar
teatri tashkil etildi. Unda namoyish etilgan birinchi
spektakl Hamzaning Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari
 pyesasi boldi. Bu pyesa ozbek teatri shakllanishida
ham, ozbek dramaturgiyasi vujudga kelishida ham
muhim ahamiyat kasb etdi. Teatr chuqur mazmunli, ijtimoiy
ahamiyatga molik hodisaga aylandi. 1916-yildan

hozirgi Milliy teatr asoschisi Mannon Uygur va ozbek teatrining birinchi aktrisasi
Masuma Qoriyeva sanatga ilk qadamini tashladi. Shu tariqa asta-sekin milliy
teatrlaming soni ortib bordi. Andijonda (1919), Xivada, Buxoroda (1922) ham dastlabki
teatrlar tashkil topdi. Buxoro shahridagi teatming tashkil etilishida Mannon
Uyguming xizmatlari beqiyos edi.
Teatrlarda katta ijtimoiy va axloqiy muammolarga daxldor mavzular sahnalashtirildi.
Ularda adolatsizlik, yovuzlik, zulmni qoralovchi goyalar, tomoshabinlarda
etiroz va norozilik hissini qozgatuvchi spektakllar namoyish etildi. 0 zbek teatri
- ozbek milliy madaniyatining ajralmas qismiga aylandi. Teatr spektakllari, oziga
xos va istedodli aktyorlar ijrosi ozbek xalqining bitmas-tuganmas ijodiy imkoniyatlarini
namoyish etdi.

Musiqa san'ati

Ananaviy xalq ogzaki musiqali asarlari asrlar davomida
saqlanib keldi. Xalq musiqa sanatida terma, qoshiq,
lapar, yalla, ashula keng tarqalgan edi. Qoshiq, yalla va
lapami hazilomuz raqslar va oyin jo rligida ijro etilardi. Termalar esa kopincha
xalq qissagoylari bolmish baxshilar va shoirlar tomonidan ijro etiluvchi ohangdor
kuylami ozida mujassam etgan edi. Ashula esa keng qamrovli turli kuy-ohangga ega
lirik qoshiq hisoblanardi.
Xalq mumtoz shoirlarining gazallari va sherlari ashulalar uchun matn bolib
xizmat qilgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ozbek xalqi musiqiy ijodiyoti
ozida lirik qahramonlik mazmunidagi epik rivoyatlami mujassamlashtirgan dostonlar
(Gorogli, Alpomish, Kuntugmish, Garib va Shohsanam, Hasan
va Dalli, Rustam va Avaz) alohida orin tutgan. Mazkur dostonlar tortlik sher
tuzilishiga ega bolib, musiqasi nisbatan sodda ohangli va bu musiqada nota yozuvi
qollanilmagan.
Xalq sozandalari mashhur usta-bastakorlar qolida talim olishgan. Kop asrlar

davomida butun Sharqda keng tarqalgan mumtoz maqomlar professional musiqaning
ogzaki ananalaridagi bebaho xazinasini tashkil etgan. Maqomlar yirik turkumli
ogzaki-cholguli (yakkaxon va cholguli) asarlardir.
Musiqa asboblari ham nihoyatda rang-barangligi bilan ajralib turar edi. Bu borada
torli-kamonchali cholgu asboblari (gijjak, qobuz, uchtor), torli-noxunli (dombira,
dutor, tanbur, ud, rubob), torli-zarbli (chang), puflama nayli (nay, sumay), mushtukpuflamali
(kamay), zarbli-membranali (doira, nogora, chindovul) kabi cholgu
asboblari keng tarqalgan edi.
Turkistonning osha kezlardagi musiqa madaniyatida yakkaxon ijrochilar ham,
ansambl ijrosi ham rivojlandi. Kamay, sumay, nogora yoki doira, yani qattiq
jaranglovchi cholgu asboblari ananaviy bayramlarda, kelin toyi tantanalarida,
ommaviy tomoshalarda jo rovoz bolgan; birmuncha past jaranglovchi cholgu
asboblari - sumay, dutor, gijjak esa kamer (xonada) yoki konsert (davrada) ijrosiga
moljallangan edi.
Xorazm maqom va musiqa maktabi Xiva xoni Muhammad Rahim II (Feruz)
namoyandalariga katta imkoniyatlar yaratib berib, ular faoliyatiga homiylik qilgan.
Bundan tashqari, bevosita musiqa sanatini rivojlantirishga oid farmonlar ham
chiqargan.

