41-. ME'MORCHILIK VA TASVIRIY SAN'AT

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistondagi yalpi iqtisodiy tanazzul, ozaro
urushlar, Xiva xonligi va Buxoro amirligining isyonchi guruhlarga qarshi kurashi,
shuningdek, Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy
balki, madaniy taraqqiyotga ham salbiy tasir korsatdi. Uning oqibatlari kelgusidagi
olka taraqqiyotida ogir asoratlar qoldirdi. Bu asorat izlari ozbek memorchiligini
ham chetlab otmadi. Shunday bolsa-da, bu davr milliy memorchiligida
betakrorlik va rang-baranglik hamda ananaviy arxitektura saqlanib qoldi.

Me'morchilik
maktablari

XIX asming oxirlarida Buxoro va Xorazm qadimiy ananalami saqlagan holda zamon ruhi bilan
boyib bordi. Saroy majmualari, madrasa, jome masjidlari,
kasalxona kabi davlat va jamoat binolari, shuningdek ulkan minoralar barpo etildi.
Ulami bunyod etganlar oz davrining yetuk memorlari bolib, qadimiy Buxoro
va Xivaning tarixiy binolarini vujudga
keltirishdek ogir, lekin sharafli ishga boshqosh
bolgan ajdodlaming binokor avlodlari
edilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
nomlari nafaqat Buxoro amirligi balki
Xiva xonligi, Turkiston va Xurosonda
ham mashhur bolgan Obloqul va Ibrohim
Hofizovlar, Mominjon Solihov, Shirin
Murodov kabi koplab ustalar yetishib
chiqdi. XX asr boshlarida barpo etilgan
Sitorai Mohi Xosa qurilishida yuqorida
nomlari zikr etilgan memorlar, ustalar faol
qatnashgan edilar. Majmuaning maxsus
Oqsaroy zaliga pardoz berish ishini Usta
Shirin Murodov boshchiligida bir guruh
usta ganchkorlar amalga oshirdilar.
Xorazm memorchilik maktabining
sarkori Odina Muhammad Murod boIsa,
pardoz hamda naqshinkor parchinlami joy- Islomxoja minorasi.
lashtirishning sir-sinoatlarini mukammal
egallagan. Usta kulollar Nurmuhammad, Abdujabbor, uning ogli Sofimuhammad
Niyoz va Abdullalar edilar. Ular oddiy loydan gozal sanat asarlari yaratish va
tabiatdagi turli giyoh va osimliklardan betakror ranglar kashf etish mumkinligini
amalda isbotlab berdilar.
XX asr boshlarida tiklangan Islomxoja minorasini (1908-1910) yaratish tashabbuskori
va homiysi Asfandiyorxonning bosh vaziri, marifatli inson Islomxoja edi.
U bunyod ettirgan minora Xivaning faxriga aylandi. Qolaversa, Islomxoja oz
davrining yirik madaniyat va davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan
davlatlari qatorida korishni istagan, vatanini tashqi dunyo bilan boglashga
intilgan, ilgor goyalar bilan tolib-toshgan inson edi.
Xorazm memorchiligi maktabining etiborli tomoni shunda ediki, peshtoqlar,
shiplar, burjlar ota nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi.
Mohir xattotlar bu yozuvlami ota mohirlik bilan bino bezagiga uygunlashtirib
yubora olardilar. Yogoch oymakorligi esa eshik, darvoza va ustunlami oymakor
naqshlar bilan bezab, osha binolaming umumiy korinishiga oziga xoslik va jilo
baxsh etardi.
Fargona vodiysida ham ozbek xalq memorchiligining oziga xos tarmogi
mavjud edi. XIX asming ikkinchi yarmida vodiy milliy memorchiligiga Yevropa

memoriy uslubidagi binolami qurish ananalari kirib keldi. Shunday bolsada,
XIX asr oxirlarida qurilgan Andijon jome masjidi oz qurilishi bilan yuksak
milliy memorchilik namunasi bolib qoldi.

Yevropa uslubidagi
binolar qurilishi

Bu davrda olkaga yevropa uslubidagi memorchilik
ananalari ham kirib keldi. Qurilish ishlarida milliy ananaviy
uslublar bilan birga Yevropa memorchiligiga xos
uslublar qollanila boshlandi. Jumladan, xalq memorchiligida ananaviy paxsa,
guvala va xom gisht qollash bilan birga zamonaviy tortburchak yuzli gisht,
faner, tunuka, oyna kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanildi.
Yevropa memorchiligiga xos bolgan ayrim uslublar osha davrda qurilgan
Buxoro amirining yozgi saroyi - Sitorai Mohi Xosa, Xiva xoni Muhammad Rahimxon
II tomonidan qurilgan Nurullaboy nomi bilan ataluvchi saroyda (1904-1912)
ham kozga tashlanadi. Bino qurilishida ham Garb, ham Sharq memorchiligi ananalaridan
foydalanilgan. Turkistonning bosib olingan yirik shaharlari va viloyatlarida
harbiy qoshinlari uchun qalalar, kazarmalar, harbiy siyosiy amaldorlar, generallar
uchun yevropacha korinishdagi qarorgohlar qurila boshlandi. Toshkentning Yangi
shahar qismida general-gubematorlikning mamuriy va boshqa binolari qad kotardi.
Ular memoriy jihatdan garb muhiti va uslubida qurilgan binolar edi.

Tasviriy san'at

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda sanat Samarqand, Qoqon, Buxoro miniaturachilari ijodida
namoyon boldi (Ahmad Donish, Abdulxoliq maxdum, S.Siddiqov). Ular tasviriy
sanatning ananaviy rivojlangan turlarini saqlab qolishdi.
XX asr boshlarida ananaviy devoriy naqshlarda ilgari ishlatilmagan manzaralar
- suzib borayotgan kema, temiryollar va hayvonlar tasvirlana boshlandi. 0 zbek
xalqi sanatida ramziylikka xos asriy ananalarga boy diniy-falsafiy mazmundagi
naqqoshlikdan bevosita real tasviriy sanatga otilish holati kuzatildi.
0 zbek rassomlarining iqtidori kulolchilik buyumlarini, kiyimlami bezashda,
materiallar uchun uygun boyoqlar jilosini yaratishda, kundalik turmush buyumlariga
jilo berishda va boshqa amaliy sanatda namoyon boldi. Buyumlardagi yuksak did,
nazokat, nafislik rasmlarda yaqqol kozga tashlanar edi.
Naqsh amaliy sanati markazi Buxoro edi. Bu shahar ustalari nafaqat asriy san-
atini saqlab qolishga, balki rivojlantirishga erishdilar. Buxorolik ustalaming har
qanday asari oz xususiyatlariga ega bolib, boshqa shaharlarda yaratilgan buyumlardan
ajralib turar edi. Bu asarlarga xos boy tasavvur va mukammal mahorat asosan
ranglar va naqshlar uygunligida oz aksini topgan. Oq rang baxt-saodat va omad
ramzi, qizil rang quvonch va salomatlikni anglatar edi. Ranglar va naqshlar ramzi
zargarlikda, liboslarda, nodir toshlardan ishlangan zeb-ziynat shodalarida ustuvorlik
qilgan.