4-5-. XIX ASR 'RTALARIDA 0'RTA OSIYO AHOLISINING
MADANIY HAYOTI

Xalq ijodiyoti

Xonliklardagi aholining aksariyati ozbek tilida sozlashgan. Bu tilda oliyhimmat qahramon va bahodirlaming
jasorati, ulaming galabalari va adolat uchun kurashlari
sharaflangan xalq dostonlari - qahramonlik eposlari keng tarqalgan. XIX asrda qirqqa
yaqin doston malum bolib, Alpomish, Gorogli, Kuntugmish, Shirin va
Shakar dostonlari ulaming eng mashhurlari edi. Xalq baxshilari tomonidan bayramlar,
xalq sayillarida sadoqatli dostlik va chin muhabbat uluglangan Tohir va
Zuhra, Boz yigit dostonlari kuylangan.
Aholi orasida xalq ogzaki ijodiyoti katta orin egallagan bolib, ularda kinoya
shaklida amaldorlaming illatlari, saroy a yonlarining nuqsonlari va ochkozligi kulgi
ostiga olinar edi. Bazi insofsiz amaldor va boylar qoralangan hamda mehnatkash
xalqning oliyjanobligi, mardligi madh etilgan. Dostonlarda kopincha ezgulikning
yovuzlik ustidan galabasi goyasi yetakchilik qilardi. Ularda xalqni zolimlardan
himoya qilish, noinsof beklar va xonlami fosh etadigan, oddiy kishilarga nisbatan
mehr namoyon boladigan ijtimoiy mazmun ham aks etgan. 0 zlari mavzular toqib,
ulami ozlari ijro etgan qiziqchilar va askiyachilar ham ozbek adabiyoti hamda
folklorini rivojlantirishda salmoqli hissa qoshganlar. Har yili bahorda shahar va
qishloqlar atroflaridagi boglar va chorboglarda, qir-u adirlarda xalq sayillari
otkazilar edi. Sayyor sirk truppalari xalq sayillarida bozor maydonlarida oz tomoshalarini
korsatib, aholini xushnud qilar edi. Polvonlar ortasida kurash musobaqalari
otkazilgan. Novvoyxonalar, choyxonalar,
oshxonalar ochilib, ularda milliy taomlar
tayyorlanar, hofizlar, mashshoqlar kuylar,
kozboyloqchilar, dorbozlar, hayvon oynatuvchilar,
qogirchoq teatrlari tomoshalar
korsatar, askiyachilar davrada ozaro musobaqalarda
bellashgan.
Yuqorida aytib otilganlaming barchasi
uchala davlat aholisi uchun yagona bolgan
xalq madaniyatining tarkibiy qismini tashkil
etardi. Xalq madaniyati siyosiy jihatdan
inqirozli davrda ham rivojlanib borgan.

Yodda tuting!

Bizning milliy teatr sanatimiz tarixan juda katta yolni bosib
otgan bolib, uning qadimiy ildizlari xalq oyin va tomoshalariga
borib taqaladi.

Ilm-fan. Adabiyot

Bu davrda Xiva va Qoqon xonliklari, Buxoro amirligida
ilm-fan malum darajada rivojlangan. Xiva xonligida Ollohqulixon
(1825-1842) farmoyishi bilan Shermuhammad
Munis Xorazmning 1812-yilga qadar bolgan tarixini yozgan. Uning asl ism-sharifi
Shermuhammad Amir Avazbiy ogli bolib, tarixchi, ayni paytda shoir, tarjimon, xattot,
marifatparvar bolgan. Munis 18 mingdan ziyod misrani oz ichiga olgan devonini
avlodlarga meros qilib qoldirgan. U 1819-yilda Mirxondning Ravzat us-safo (Soflik
bogi) tarixiy asarini ozbek tiliga tarjima qilishni boshladi va asaming 1-jildini
tarjima qilishga ulgurdi. Uning Firdavs ul-iqbol (Baxtlar bogi) asarini va Ravzat
us-safo tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy nihoyasiga yetkazdi. Ogahiyning asl
ismi Muhammad Rizo Emazarbiy ogli bolib, 1809-1874-yillarda yashagan. U
16 ta tarixiy, marifiy, tarjima asarlari muallifi. U arab, fors, turk tillarini puxta bilgan
va Xorazmning 1812-1872-yillardagi tarixiga bagishlangan asar yozgan. Xiva xonligi
tarixiga oid Riyoz ud-davla, Zubdat ut-tavorix, Gulshani davlat, Shohidi
iqbol nomli tarixiy asarlar yozgan. Ogahiyning xalqparvarligi va xalq holiga befarq
qaray olmasligi uning Qish gazalida ozining yorqin ifodasini topgan. Ogahiy
sheriyati, tarixnavislik va tarjimonlik faoliyati 0 rta Osiyo hududidagina emas, balki
XIX asr Sharq dunyosi madaniy hayotida chuqur iz qoldirdi.
Buxoro amirligida ham bir qator ilm-fan namoyandalari
yetishib chiqdi. Ulardan biri yozuvchi, faylasuf, musavvir,
marifatparvar Ahmad Donish (1827-1897) edi. 1857-yilda
Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg
va boshqa Rossiya shaharlari boylab sayohat qilgan. U
Buxorodan Peterburgga sayohat, Buxoroyi sharif mang
it amirlari muxtasar tarixi, Navodir ul-vaqoe (Nodir
voqealar) asarlarining muallifidir. Ahmad Donish 1865-yilda
amir Muzaffar taklifi bilan Manozir ul-kavokib (Sayyoralaming
joylanishlari) nomli astronomiyaga oid kitob yozgan.
U faqat Buxoro amirligi emas, balki 0 rta Osiyoning
boshqa xonliklarida ham eng kozga koringan madaniyat
Ahmad Donish. arbobi sifatida tanilgan edi

XIX asr boshlarida amir Umarxon hukmronlik qilgan davrda, Qoqon xonligida
markazlashgan hokimiyat omatilishi, savdo-sotiq munosabatlari tartibga solinishi
xonlikda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ilm-fan rivojlanishida muhim orin
tutdi. Xon saroyida ozbek milliy madaniyati rivojiga salmoqli hissa qoshgan
namoyandalar kopaydi.
Saroy shoirlari orasida Fazliy alohida ajralib turar edi. Sheriy istedodi tufayli
xonning marhamatiga sazovor bolib, tez orada saroy shoirlarining boshligi - Malik
ush-shuaro nomini olgan. U 200 nafarga yaqin qoqonlik shoirlar va olimlar ijodini
oz ichiga olgan Majmuat ush-shuaro tazkirasini yozdi. Fazliyning ajoyib gazallarini
xonandalar sevib qoshiq qilib kuylashgan. Uning sherlari tili sodda va nihoyatda
ravon, xalq tiliga yaqin edi.

Me'morchilik

XIX asrda ham 0 rta Osiyo davlatlari shaharlarida qurilish
ishlari rivojlangan. Ayniqsa, Xiva xonligida XIX
asr ortalariga borib qurilish ishlari avj oldi. Bu davrda
Xiva va boshqa shaharlarda koplab imoratlar - saroy, bozor, madrasa, masjid, xonaqoh
kabi inshootlar qurildi. Ollohqulixon madrasasi, Rahmonqul Inoq saroyi, Ichan
qaladagi Muhammad Aminxon madrasasi (1851-1855), Ark darvozasi qarshisida
esa Muhammad Rahimxon madrasasi (1871) bugungi kunda ham Xiva shahrining
korki hisoblanadi. Ularning devorlari osha davr Xorazm memorchiligiga xos
bolgan usulda, tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan koshinlar
bilan bezatilgan.
Qoqon xonligida bu davrda Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi (1862), Hokim
Oyim madrasasi (1870), Sulton Murodbek madrasasi (1872) qurib bitkazilgan. Ularning
ichida XIX asr ikkinchi yarmi noyob arxitektura yodgorligi hisoblangan yuzdan
ortiq xonadan iborat Xudoyorxon saroyi (1863-1870) alohida orin tutadi. U ozining
bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi.
Xonlikning yirik markazi Toshkentda XIX asming ortalarida qadimiy inshootlardan
Hazrati Imom majmuasi, 1859-yili esa Baroqxon madrasalarini tamirlash ishlari
boshlanadi. Shu davrda Baroqxon madrasasi qarshisida Moyi muborak madrasasi,
Tillashayx jome masjidi singari inshootlar bunyod etildi.
Bu vaqtga kelib, Buxoro amirligi memoriy qiyofasida ham ozgarishlar sod

boldi. Shahar va qishloq aholisi yashaydigan turar joylar va mahalla guzarlaridagi
qurilishlar joylami yanada obod va korkam qildi. Kufiy, rayhoniy, nastaliq yozuv
uslublaridan binolami bezashda foydalanish davom ettirildi.

0'rta Osiyo xalqlari
madaniyatining
o'ziga xosligi

Bu davrda ikki tilda (zullisonayn), yani ozbek va fors
tillarida ijod qilingan. Ayni mahalda bu madaniyatda
ozbek adabiyotining ulug namoyandalari, ayniqsa, Alisher
Navoiy asos solgan insonparvarlik va demokratik
ananalar muhim orin tutgan.
0 rta Osiyo xalqlarining mushtarak tarixi mustahkam dostlik zaminiga qurilgan
edi. Minglab sherlar, gazallar, hikoyalar, qissalar va ogzaki rivoyatlar ovuldan
ovulga, qishloqdan qishloqqa yoyilib, bahodir yigitlar jasoratini madh etar, botirlar va
pahlavonlar haqida kuylar, Gorogli, Alpomish, Manas, Tohir va Zuhra, Farhod va
Shirin, Layli va Majnun sadoqati, mardligi, dostligi va muhabbati odamlarda ishonch,
ozaro hurmat tuygularini uygotib, ezgulikka davat etardi.

