8-. BUXORO AMIRLIGIGA QARSHI HARBIY
HARAKATLARNING BOSHLANISHI

Buxoro amirligini
bosib olishning
boshlanishi

Toshkent shahri bosib olingandan song, podsho hukumatining
kelgusidagi rejasi xonliklami navbat bilan bosib olish
edi. Barcha harbiy harakatlar Toshkent shahridan turib
tashkil qilindi va boshqarildi. Shu maqsadda eng avvalo,
xonliklami birlashmasligiga qaratilgan siyosat olib borildi. Yani, mustamlakachilar
ozlarining asosiy qoidasi hisoblangan Bolib tashla, hukmronlik qil shioriga amal
qilishga kirishdi.
Podsho hukumati 0 rta Osiyodan M.Chemyayevni Sankt-Peterburgga chaqirib
oldi va uning omiga Turkiston viloyatining gubematori qilib F.Romanovskiyni
tayinladi. F.Romanovskiy 1866-yilda Buxoro amirligi Rossiyaga qarshi urushga
tayyorlanayotganligini bahona qilib, unga qarshi harbiy yurish boshlashga imperatordan
ruxsat soradi. Hukumat tomonidan bu taklif qabul qilingach, u Sirdaryoning
orta oqimidagi hududlami egallashga kirishdi. Birinchi jang 1866-yil 8-mayda Erjar
qishlogi yaqinida bolib, kuchlar harbiy jihatdan teng bolmaganligi uchun amir
qoshinlari maglubiyatga uchradi. F.Romanovskiy Buxoro qoshinini taqib qilishni
toxtatib, avval Qoqon xonligi bilan Buxoro amirligi ortasida joylashgan - Toshkent,
Qoqon, Balx va Buxoro bilan boglovchi Xojandga qarab harakat boshladi.

Turkiston general-gubematorligi qoshinlari tomonidan Xojand qalasi 17-mayda
qamal qilinib, 20 ta topdan oqqa tutildi. Ertasi tonggacha qamal davom etib,
keyin hujum boshlandi. Birinchi hujum qaytarilgandan song, shahar yana qayta
oqqa tutildi. Shahar qamali va oqqa tutish ikki kun davom etdi. Istilochilarga qarshi
shahar mudofaachilari har bir qarich joy uchun mardonavor jang qildilar. Lekin harbiy
texnika va son jihatdan ustun bolgan mustamlakachilar qoshinlari 24-mayda tunga
borib himoyachilaming mudofaasini yorib otdilar. Shahar kochalarida koplab
mudofaachilar va tinch aholining jasadlari, vayron bolgan xonadonlar qoldi.

0'
ratepa va Jizzax
uchun janglar


Turkiston viloyati gubematori F. Romanovskiyga Orenburg
general-gubematori N. Krijanovskiy tomonidan harbiy
harakatlami Qoqon xonligiga qarshi qaratish togrisida
korsatma berildi. Rossiya imperiyasining 0 rta Osiyodagi
harbiy harakatlari rejasiga kora, Qoqon xonligining taqdiri 1866-yildayoq hal qilinib,
Xojandda Qoqonga qarshi hamma narsa tayyor holatga keltirilgan edi. Qo-
qonga qarshi yurishga boshchilik qilish uchun N. Krijanovskiyning ozi keldi. U
Buxoro amirining vakili bilan sulh shartnomasi boyicha uchrashib, 10 kun mobaynida
100 ming rubl tovon tolashni talab qildi. Belgilangan muddat otgach, N. Krijanovskiy
Buxoro amiri talablami bajarmaganligini bahona qilib, oz qoshinlariga
amirlikka qarshi hujum boshlashga buyruq berdi.
1866-yilning kuzida 6 ming piyoda askar, 500 kazak, 28 top, 600 arava va
800 tuyadan iborat harbiy qoshin 0 ratepaga qarab harakat boshladi. Bu harakatga
Qoqonga qarshi tayyorlab qoyilgan kuchlar ham jalb qilindi. F. Romanovskiyning
harbiy qoshinlari 0 ratepaga yetib borgach, shahar uch kun toplardan oqqa
tutildi. Shundan keyin tongda hujumga otildi. Shahar aholisi bosqinchilarga mardonavor qarshilik korsatdi. 0 ratepa toplardan oqqa tutilganligi natijasida vayron
qilinib, dushman tomonidan egallandi. Hujum natijasida 2 ming nafardan koproq aholi
halok boldi.
Rossiya imperiyasining harbiy qoshinlari 0 ratepani egallagandan song, 12-oktabrda
navbatdagi harakat Jizzaxga boshlandi. Toxtovsiz otishmalar natijasida shahar
devorlari vayron qilinib, ikki kecha-kunduz davom etgan jangdan song 1866-
yil 18-oktabrda Jizzax shahri ham podsho hukumati qoliga otdi. Uni bosib olish
uchun bolgan jangda har ikkala tomondan 6 mingdan koproq kishi halok boldi. Bu
shahar himoyasida Buxoro amirligidan yordamga chiqqan kuchlar kechikib keldi.
Ular himoyachilarga hech qanday yordam bera olmasdan orqaga qaytishdi. Podsho
hukumati Jizzaxda 3 ming askar, 300 kazak va 12 topdan iborat harbiy kuchlarini
qoldirdi. 1864-1866-yillar davomida bosib olingan hududlami oz ichiga oluvchi
Sirdaryo viloyati tashkil qilindi.