9-. BUXORO AMIRLIGI USTIDAN ROSSIYA IMPERIYASI
PROTEKTORATINING 0 RNATILISHI

Samarqand
uchun jang

Turkiston general-gubematori fon Kaufman 0 rta
Osiyoni bosib olishni Buxoro amirligini qolga kiritish
bilan davom ettirishga qaror qildi. Amirlikning
harbiy kuchi Qoqon xonligi bilan uzluksiz olib borilgan urushlar, ichki
nizolar, zamonaviy harbiy texnikada ortda qolishi tufayli zaiflashgan edi.
Fon Kaufman Buxoro amirligi chegara hududlarini puxta organib chiqib,

Amir Muzaffarga chegaraning Rossiya mulki foydasiga ozgartirilgan yangi loyihasini
tasdiqlashni taklif qildi. Amir Muzaffar bu shartnomani imzolashdan bosh tortdi.
Shunda K.Kaufman uni general-gubematorlik chegaralariga bostirib kirishga tayyorgarlik
korishda ayblab, 4 mingdan ziyod qoshindan iborat harbiy otryad toplab,
1868-yil aprelda Samarqandni bosib olishga kirishdi. Biroq K.Kaufmanning Amir
Muzaffar qoshinini Samarqandga toplagan, deb qilgan taxmini oz tasdigini
topmadi.
Bu vaqtda Buxoro qoshinlari Choponota tepaligida omashib olgan edi. 1868-
yil 1-mayda fon Kaufman tepalikka hujum boshladi. Rossiya imperiyasi qoshinlari
amirlik sarbozlarining miltiq va topdan tinmay oqqa tutib turganiga qaramasdan,
suvdan kechib Choponota tepaligiga kotarildi. Natijada, sarbozlar chekinishga majbur
boldi. Shu bilan amir qoshinining ilgor jangovar qismi tor-mor keltirildi.
Shundan song, Zirabuloq tepaligida ikkinchi jang bolib otdi. Qanchalik qarshilik
korsatmasin, Buxoro amiri qoshini yana maglubiyatga uchradi va natijada
podsho qoshinlari Samarqandga jangsiz kirib bordi. K.R Kaufman Samarqand
bekligini Rossiyaga berish, harbiy xarajatlami tolash va 1865-yildan buyon
Turkiston olkasida qolga kiritilgan barcha narsalami Rossiya mulki deb e tirof
etish sharti bilan sulh tuzishni taklif qilib, amir Muzaffarga maktub yolladi, ammo
amirdan javob bolmadi.

Rossiya imperiyasining 0 rta Osiyoda amalga oshirgan harbiy istilochilik
yurishlariga nafaqat amirlik va xonliklaming harbiy qoshinlari, balki mahalliy aholi
vakillari ham qattiq qarshilik korsatdi. Masalan, K.R Kaufmanning Buxoro amirligiga
qarshi harbiy yurishlari vaqtida Urgut shahrida mahalliy aholi podsho hukumatining
qoshinlariga qarshi kurash olib bordi. K.R Kaufman general Abramovni
qoshin bilan Urgutga yuborib, shahaming taslim bolishini taklif qildi. Lekin bu
taklif mahalliy aholi tomonidan rad etildi. Ikki tomon ortasidagi toqnashuvda mahalliy
aholi mardonavor jang olib bordi. Artilleriya toplaridan otilgan oqlar boshqa
joylardagi kabi Urgutda ham istilochilaming harbiy ustunligini taminladi. Buning natijasida,
shahar qalasi mustamlakachilar tomonidan egallandi. Podsho hukumati
qoshinlari Urgutdan song Kattaqorgon shahrini bosib olishga kirishdi.
Rossiya imperiyasining harbiy yurishlariga qarshi Samarqandda Kitob hokimi
Bobobek va Shahrisabz hokimi Jorabek boshchiligida ozodlik kurashi olib borildi.
Bu ikki xalq harakati rahbarlari oz qoshinlari bilan 1868-yil 2-iyunda samarqandlik
qozgolonchilar bilan birga Rossiya imperiyasi qoshinlari gamizonijoylashgan shahar
qalasiga hujum qilishdi. Qamalda qolgan qoshin yordam sorab general-gubemator
fon Kaufmanga chopar yuboradi. 6-iyunda qamalda qolganlarga yordamchi kuchlar
yuborildi. Qalani egallash uchun 4-iyundan 7-iyungacha shiddatli janglar davom etdi.
Unda ikki tomon ham koplab talafot kordi. 8-iyunda qamalda qolganlarga harbiy
kuchlar yetib keldi, shundan song xalq himoyachilari Samarqanddan chiqib tog
tomonga chekinishga majbur boladi.

Buxoro amirligining
Rossiya
protektoratiga
aylantirilishi

Podsho hukumati tomonidan yangi bosib olingan hududlarda
Samarqand va Kattaqorgon bolimlaridan iborat Zarafshon
okrugi tuzildi. Unga general Abramov boshliq qilib
tayinlandi. Zirabuloq jangidan keyin Amir Muzaffar oz
maglubiyatini tan olib, fon Kaufmanning Turkiston general-
gubematorligining yangi chegaralari haqidagi taklifini
qabul qilishga majbur boldi. Bu bilan Rossiya imperiyasi istilochilik
yurishlarining ikkinchi bosqichi yakunlandi.
K.P Kaufman 1868-yil 28-iyunda Samarqandda Amir Muzaffar bilan Buxoro
amirligini Rossiya imperiyasining protektoratiga aylantirgan shartnomani imzoladi.
Unda amir urush boshlanishida aybdor ekanligi, abadiy dostlik belgisi sifatida
Rossiya qoshinlarining harbiy xarajatlari uchun 500 ming rubl tolanishi etirof etildi.
Shartnomaga kora, bosib olingan Toshkentdan Samarqandgacha bolgan barcha hudud
- Xojand, 0 ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqorgon shaharlari Rossiya
imperiyasi ixtiyoriga otdi. Amir oz ixtiyorida qolgan hududlami boshqarishda
Turkiston general-gubematorining korsatmalariga rioya etish majburiyatini oldi.
Bu davlat siyosiy qaramligi uchun tarixchilar tomonidan Buxoro hukmdori vassal
deb ham yuritiladi. Rossiya savdogarlariga amirlikda erkin savdo qilishiga sharoit

yaratib berish va ulami himoya qilishni oz zimmasiga oldi. Rossiyalik savdogarlarga
savdo agentliklarini tasis etishga ruxsat berildi, tovarlardan olinadigan boj
uning umumiy qiymati 2,5 foizdan oshmasligi belgilandi. Shuningdek, ular amirlik
hududidan boshqa davlatlarga erkin otish huquqini oldi.
Mazkur shartnoma amirlikni tahqirlagan, huquqsizlikka va qashshoqlikka mahkum
etgan sharmandali shartnoma boldi. Amiming tobelik siyosatidan norozi bolgan
kuchlar oz harakatini boshladi. Xalq tomonidan qollab-quvvatlangan amir
Muzaffaming katta ogli Abdumalik tora, Jorabek va Bobobek boshchiligidagi
qoshin Samarqandni ozod qilish uchun kurashlarini davom ettirdi. Ular Amir Muzaffaming
taxtdan tushirilganligini va Abdumalik tora amir etib tayinlanganini elon
qildi. Xalq qoshinlari avval Shahrisabzni, song Qarshi va Karmana shaharlarini oz
qollariga olishdi. Turkiston general-gubematori fon Kaufman tomonidan bu harakatlarning
oldini olish va bostirish uchun I.F. Abramov boshchiligidagi qoshin yuborildi.
Zamonaviy qurollar bilan ta minlanmaganligi sababli janglarda qozgolonchilar
egallab olgan hududlaridan birin-ketin surib chiqarila boshlandi. Natijada, Abdumalik
tora Xiva xonligi hududiga, undan Afgonistonga otib ketdi. Afgon amiri Sheralixon
Angliya bilan yaqinlashib kelayotgan urushda Rossiyaga tayanishini rejalashtirgani
uchun unga yordam bermadi. Hech qayerdan yordam ololmagan Abdumalik tora
Peshovarga ketadi va u yerda 1909-yilda vafot etadi.
Shunday qilib, Rossiya imperiyasining 0 rta Osiyodagi istilochilik urushining
ikkinchi bosqichi Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi
protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi.

1873-yildagi
shartnoma

Buxoro bilan Rossiya imperiyasi 1873-yilda amirlikka oz
vakilini tayinlash huquqini beruvchi yangi shartnomani
imzoladi. Bu vakilning roziligisiz amirlik biror-bir ichki
hamda tashqi siyosiy masalani hal qila olmaydigan boldi. Shartnomaning 14-moddasida
Rossiya hukumatidan ijozat bolmagan,
kim bolishidan qati nazar, har
xil kimsalami Buxoro hukumati qabul
qilmaydi deb korsatilgan. Shartnomaga
muvofiq, har kuni ertalab qoshbegi vakil -
dan kerakli korsatmalami olib amirga
yetkazishi shart bolgan. Amir esa bu
hujjatlami rasman tasdiqlagan, xolos.
PLessar Rossiya imperiyasining Buxoro
amirligidagi birinchi vakili etib tayinlandi.
Vakilni Buxoroning amaldagi norasmiy
gubematori deb hisoblash mumkin
edi. U Buxorodan 15 km uzoqda joylashgan Kogon shahrini qarorgoh qildi. Bu bilan podsho hukumati Buxoroni toliq
imperiya tarkibiga qoshib olmasdan, mamlakatni amir va uning amaldorlari orqali
boshqarishni afzal kordi. Natijada podsho hukumati Buxoro amirini oz tasir doirasiga
kiritib, undan oz manfaatlari yolida foydalandi.
1869-1870-yillarda Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligi Angliya bilan
Afgoniston va 0 rta Osiyodagi chegaralami belgilash togrisida muzokaralar olib
bordi. Natijada chegaralar Amudaryo boylab Panj tumanidan otkazilishiga kelishildi.
Buxoro amirligi va Eron ortasidagi chegara 1881-yil 10-dekabrda Eron shohi
bilan Tehrondagi Rossiya elchisi imzolagan maxfiy shartnomada belgilandi. 1885
1887-yildagi muzokaralar natijasida chegaralami belgilash boyicha ingliz-rus komissiyasi
Rossiya imperiyasining 0 rta Osiyodagi Buxoro amirligi yerlari bilan
Afgoniston ortasidagi chegara chizigini belgilashni nihoyasiga yetkazdi.

