IRISH

Biz tariximizdan biror sahifani ham olib tashlamaymiz.
Bu tarix bizniki, uni unutishga hech kimning haqqiyoq.

ISLOM KARIMOV.

Tarixiy xotirasiz
kelajak yoq

Vatan - bu biz tugilib osgan zamin, kindik qonimiz to-
kilgan tuproq, bobolarimiz izlari qolgan, ajdodlarimiz merosi,
avlodlarimizga qoladigan yurtdir.
Dunyoda Vatanga muhabbatdan qudratliroq biron-bir tuygu va uning soginchidan
kuchliroq his yoqdir. Vatan millatni yuksaltirguvchi milliy gururdek jozibador,
sehrli bir tuyguni uygotadi. Xalq qanchalik or-nomusli, gururli bolsa, undagi Vatan
hissi va milliy ong ham shunchalik yuqori boladi. Ona yurt - bir umrlik makon, diyor
tabiati, el urf-odatlari, ananalari, ertak va afsonalaridir. Vatan hamisha navqiron va
suyuklidir. Vatan millatning manaviy-madaniy zaminini yaratib beradi va har bir
avlod bobolarining yurtga bolgan muhabbatlarini ozida tashigan holda sonmas
Vatan mehri bilan bu dunyoga qadam qoyadi.
Vatan tarixida yuksaklarda parvoz etilgan pallalar ham, murakkab va mushkul
damlar ham boladi. Vatan mustaqilligi va bus-butunligini, oz milliy ozodligini davr
va zamon suronlaridan omon saqlab qola olgan xalq eng saodatli xalqdir. Har bir
fuqaroning oz yurti tarixini bilishi ham farz, ham qarzdir.
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini oz maqsad-muddaolari, shu bilan birga,
umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, manaviy dunyosini yuksaltirib
borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb
etadi. Yani, tarixiy xotira tuygusi tolaqonli ravishda tiklangan, xalq bosib otgan
yol ozining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yoqotish va qurbonlari, quvonch va
iztiroblari bilan xolis va haqqoniy organilgan taqdirdagina chinakam tarix boladi.*
Qolingizdagi 0 zbekiston tarixi darsligi XIX asming ikkinchi yarmi va XX asr
boshlarida sodir bolgan voqealami oz ichiga oladi. Bu davr Vatanimiz tarixining
eng murakkab va ziddiyatli yillaridir. Bu bir tomondan, Rossiya imperiyasi istilosi
tufayli ogir kulfatlar, yoqotishlar keltirgan bolsa, ikkinchidan, ota-bobolarimiz,
mustamlaka jabr-zulmiga qarshi Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun qahramonona
kurashlarini davom ettirdilar, uchinchidan, Vatan ravnaqi yolida fidokorona mehnat
qilib, katta manaviy va moddiy bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdilar.

* Karimov Islom. Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. ., Manaviyat, 2008, 94-bet.