X U L  S 

XVIII asrda uch xonlikdagi ozaro urushlar, ichki nizolar va parokandalik
yurtimizni egallash uchun istilochilarga qulay zamin yaratdi. Natijada XIX asming
ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini mustamlaka asoratiga soldi.
Podsho hukumati olkani siyosiy-hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki, erksevar,
zahmatkash xalqini manaviy-ruhiy boysundirishga harakat qildi. Podsho
hukumati tomonidan joriy qilingan siyosiy tuzum olkada mustamlakachilik hukmronligini
qaror toptirishga va ozbek milliy davlatchiligini yoq qilishga qaratilgan
chora-tadbirlami amalga oshirdi.
Bu xususda Prezident Islom Karimov ozining Yuksak manaviyat - yengilmas
kuch asarida shunday deydi: Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Yani,
tarixiy murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat oz ahilligi
va birdamligini saqlab, oz milliy manfaatlari yolida qatiyat bilan turmasa, masuliyat
va hushyorligini yoqotadigan boIsa, oxir-oqibatda ozining eng katta, tengsiz boyligi
bolmish mustaqilligi va ozodligidan judo bolishi shubhasizdir.
Darhaqiqat, Rossiya imperiyasining istilosi kopgina sabablar bilan bir qatorda
osha davrda mavjud bolgan harbiy-siyosiy boshboshdoqlik, davlat hukmdorlarining
uzoqni korishga qodir emasligi, manaviy-mhiy ojizligi oqibatida roy berganini
koplab tarixiy misollar asoslab turibdi. Bu achchiq bolgan haqiqat barchamizga,
ayniqsa, bugun hayotga katta umid va ishonch bilan kirib kelayotgan, siz yosh avlodga
doimo saboq bolishi lozim.
Mustamlaka yillarida xomashyoni qayta ishlash, tog-kon sanoati, paxtachilik
sanoati, temiryol transporti va boshqa tarmoqlar Rossiya imperiyasi sanoati ehtiyojlarini
taminlashga moljallangan edi. Ana shu korxona mahsulotlarining tashib
ketilishi bu korxonalami foyda korish va ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga
imkon bermadi.
Rossiyadan keltirilgan sanoat tovarlari bilan raqobat tufayli Turkiston hunarmandchilik-
kustar ishlab chiqarishi inqirozga yuz tutdi. Bu esa oz navbatida olkaning
iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi.
Yurtboshimiz 1998-yil bir guruh ziyolilar bilan uchrashuvida Turkistonda Rossiya
imperiyasi otkazgan mustamlakachilik siyosatining oqibatlarini xolisona yoritish

vazifasini ilgari surib, shunday savolni kondalang qoygan edi: ... har tomonlama
mudhish, chetdan qaraganda xalqimiz, uning madaniyati, milliy tafakkuri, urf-odatlari,
turmush tarzi, hech bir mubolagasiz aytish mumkinki, nasl-nasabi yoq bolib ketishi
kerak bolgan sharoitda baribir, qator yoqotishlar bilan boIsa ham, millatimiz ozligini
saqlab qoldimi yo yoqmi?
Albatta, davlatimiz rahbarining bu savoli javobsiz qolmadi. Tarixchilar darsliklarda
tarixiy malumotlar asosida Rossiya imperiyasi mustamlakachilarining jabrzulmi
sharoitida ham xalqimiz ozligini, milliy qadriyatlarini, madaniyatini, urfodatlari
va turmush tarzini saqlab qolganliklarini oquvchilarga yetkazib bermoqdalar.
Darhaqiqat, mustamlakachilik sharoitida ham ota-bobolarimizning erkinlikka,
taraqqiyot va istiqlolga bolgan azaliy intiqlik kayfiyati sonmadi. Xalqimizning
yurak-bagriga teran omashgan mustaqillik va ozodlik tuygusi tobora qudratli kuchga
aylana bordi va pirovard natijada 0 zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam
zamin hozirladi.

