12-. Eukariyot hujayra. Sitoplazma


Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o'zining tuzilishi jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi (22-rasm). Hujayralar bajaradigan vazifalariga qarab turli-tuman: yumaloq (tuxum va yog' hujayralari), yulduzsimon (biriktiruvchi to'qima hujayralari), o'simtasimon (nerv hujayralari), amyobasimon ya'ni, shaklini o'zgartiruvchi (leykotsitlar va ayrim biriktiruvchi to'qinia hujayralari) shaklga ega bo'ladi.

Hujayralar turlicha katta-kichiklikka ega. Ko'p hollarda ular juda kichik bo'lib 10-100 mkm.ga teng. Biroq juda katta hujayralar ham mavjud. Masalan, tarvuz hujayralarini oddiy ko'z bilan kuzatish mumkin. Eng katta hujayralarga qushlarning tuxumi misol bo'ladi.

Hujayralar katta-kichikligiga qarab turli xil og'irlikka ega. Masalan, tuyaqush tuxumining og'irligi 100 g dan 1,5 kg gacha boradi. Qizil qon tanachalari (eritrositlar)ning og'irligi esa 10-9g (ya'ni, 0, 000 000 001 g)ga teng.



Turli-tuman organizmlarning eukariot hujayralari o'zining tuzilishi jihatdan murakkabligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ularga sodda hayvonlar (soxtaoyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalar), zamburug'lar, yuksak o'simlik va hayvonlar kiradi. Eukariot hujayralar prokariotlarning murakkablashishi tufayli paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi. Har bir hujayra 3 ta tarkibiy qismdan: tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va yadrodan iborat (23-rasm).

Sitoplazma. Sitoplazmada bir qator tuzilmalar (organoid va organellalar) bo'lib, ularning har biri o'ziga xos xususiyatga ega va ma'lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan. Ko'pchilik organoidlar barcha hujayralar tarkibida uchraydi (mitoxondriya, hujayra markazi, Golji majmuasi, ribosoma, endoplazmatik to'r, lizosoma), boshqalari esa faqat ma'lum turdagi hujayralarda mavjud (miofibrilla, kiprikcha va boshqalar).

Sitoplazmada turli xil moddalar ham to'planadi. Ular kiritmalar deb ataladi. Bular sitoplazmaning (ba'zan yadroning) doimiy bo'lmagan tuzilishi



hisoblanib, organiodlardan farqli ravishda liujayraning hayot faoliyati jarayo-nida goh paydo bo'lib, goh yo'q boiib turadi. Qattiq holda uchraydigan kiritmalar granulalar, suyuq holdagisi esa vakuolalar deb ataladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayrada yana bir qator mahsulotlar: sekretsiya qiluvchi hujayraiarda oqsil granulalari, pigmentlar yoki zaxira ozuqa moddalar  glikogen donachalari, yog' tomchilari uchraydi.



Hujayra membranali tuzilisliga asoslangan. Bunga ko'ra hujayra bir xil tuzilishga ega membranalardan tashkil topgan. Bu membranalar ikki qavat lipidlardan iborat, ularning ichki va tashqi tomonidan oqsil molekulalari har xil chuqurlikga botib kirgan.

Tashqi sitoplazmatik membrana barcha hujayralarda uchraydi. Hujayra sitoplazmasini tashqi muhitdan ajratib turadi. Tirik hujayraning yuza qismi to'xtovsiz harakatda, unda qavariq va botiqlar paydo bo'ladi, to'lqinsimon tebranma harakat vujudga keladi, doimo u orqali makromolekulalar ko'chirilib turadi. Sitoplazmatik membrana yuksak pishiqlikka va elastiklikka ega bo'lib, ozgina shikastlangan vaqtlarda ham o'zining bir butunligini oson va tez tiklay oladi.

Biroq sitoplazmatik membrana birtckis chiziqdan iborat emas: u juda ko'p sonli mayda-mayda teshikchalar (pora) bilan ta'minlangan. Ular orqali hujayraning ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali moddalar o'tishi mumkin. Shu bilan birga bunday moddalar hujayra ichkarisiga to'g'ridan-to'g'ri membrana orqali ham o'ta oladi, bu passiv diffuziya emas, balki faol tanlab o'tkazish jarayoni bo'lib, energiyaning sarflanishini talab qiladi.

Sitoplazmatik membrana orqali ayrim moddalar osonlik bilan o'tib kelsa, boshqalari umuman o'tmaydi. Masalan, K+ ionlarining hujayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko'p bo'ladi. Na+ ionlari aksincha hujayra tashqarisida ko'p. Hujayra membranasining tanlab o'tkazish xususiyati yarim o'tkazuvchanlik deb ataladi. Yuqorida qayd qilingan ikki yo'ldan tashqari, kimyoviy birikmalar va qattiq zarrachalar hujayraning ichki qismiga pinositoz va fagositoz yo'li bilan ham o'tadi (24-rasm). Hujayra membranasida botiq joy hosil bo'lib, uning ikki uchi hujayralararo suyuqlikni (pinositoz) yoki qattiq moddalarni (fagasitoz) asta-sekin qamrab olib, bir-biri bilan tutashadi.



Sitoplazmatik membrananingyana birvazifasi ko'p hujayrali organizmlar to'qimasida hujayralar o'rtasidagi aloqani ta'minlashdir. Bu birinchidan, juda ko'p burmalar va o'simtalar hosil qilish va ikkinchidan, hujayralar tomonidan hujayralararo bo'shliqni to'ldiruvchi juda zich biriktiruvchi moddalarni ajratish bilan amalga oshiriladi.

O'simlik hujayrasi ham xuddi hayvon hujayrasi singari sitoplazmatik membrana bilan o'ralgan bo'ladi. Biroq, bundan tashqari hayvonlar hujayrasida uchramaydigan sellyulozadan iborat qalin hujayra qobig'iga ham ega. Hujayra qobig'ida maxsus teshikchalar bo'lib, qo'shni hujayralarning endoplazmatik to'rlari bir-biri bilan tutashgan bo'ladi.

Zamburug'larning hujayralari ham xuddi o'simlik hujayralari kabi hujayra qobig'i bilan o'ralgan. Ammo ular sellyuloza emas, balki xitinsimon moddalardan iborat.

