 9-.Yassi chuvalchanglar tipi: sorgichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari


Sorgichlilar sinfi. Sorgichlilarning gavdasi bargsimon, voyaga yetgan

davrida umurtqali hayvonlarda, lichinkasi umurtqasiz hayvonlaida parazitlik qiladi. Jigar qurli sorgichlilar sinflning tipik vakili hisoblanadi.

Jigar qurti qoramol, qoy, echki, chochqa, tuya va boshqa yirik sut emizuvchilar jigarida parazitlik qiladi. Jigar qurtining uzunligi 3 -4 sm, shakli bargsimon (17-rasm) bolib, tanasining oldingi uchida ogiz sorgichi, undan sal keyinroqda esa qorin sorgichi joylashgan. Parazit sorgichlar yordamida jigarning ot yollari devoriga yopishib oladi.

Hazm qilish sistemasi ogiz sorgichi ortasida joylashgan ogiz teshigidan boshlanadi. Ogzi qisqa halqum orqali ikki shoxli ichak bilan tutashgan. Ichakning har qaysi shoxi yana kop yon shoxlarga ajraladi. Jigar qurti ot suyuqligi va qonni sorib oziqlanadi.

Kopayishi va rivojlanishi. Jigar qurtining umgiangan tuxumlari ot yollaridan ichakka va undan tashqi muhitga chiqariladi. Tuxumlar suvga tushganida, ulardan juda mayda kiprikli lichinkalar chiqadi (18-rasm). Ular suv shilligining tanasiga kirib oladi va kiprikchalarini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi. Keyinchalik lichinkalarda dum paydo bolib, ular suvga chiqadi. Lichinkalar suvda dumini tashlab yumaloqlanadi va qalin qobiqqa oralib, sistaga aylanadi. Suv yoki oziq bilan hayvonlar ichagiga tushgan sistadan lichinka chiqadi. Lichinka qon orqali jigarga boradi va ot yollariga yopishib olib parazitlik qiladi.

Jigar qurti voyaga yetgan davrida parazitlik qiladigan odam va sutemizuvchi hayvonlar uning asosiy xojayini, lichinkasi parazitlik qiladigan suv shilligi oraliq xojayini hisoblanadi.

Tasmasimon chuvalchanglar sinfi. Tasmasimon chuvalchanglar - gavdasi uzun yassi tasmaga oxshash parazit hayvonlar. Asosiy vakili qoramol tasmasimon chuvalchangi hisoblanadi.

Qoramol tasmasimon chuvalchangi voyaga yetgaa davrida odamning ingichka ichagida, lichinkasi qoramol muskuli. jigari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasining uzunligi 8-10 m bolib, kichkina bosh, ingichka boyin hamda bogimlarga bolingan tana bolimlaridan iborat (19-rasm). Boshida doira shakldagi tortta sorgichlari bor. Tanasi juda kop (1000 gacha) bogimlarga bolingan, hazm qilish organlari rivojlanmagan.

Chuvalchang odam ichagida hazm bola boshlagan oziqni tana yuzasi orqali shimib oladi. Jinsiy sistemasi, kopayishi va rivojlanishi. Jinsiy organlari tanasining hamma bogimJarida kop marta takrorlanib turadi. Hai" bir bogimda bir juft tuxumdon, bitta bachadon va juda kop urugdonlar boiadi. Bachadoni tuxumlarga tolgach, bir necha bogimlari tananing keyingi qismidan uzilib, ichak boshligiga tushadi va axlat bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tuxumlari yem-xashak yoki suv orqali qoramollarga yuqadi (20-rasm). 




Tuxumdan chiqqafl lichinkalar ichak devori orqali qonga otadi va qon orqali jigar, muskul va boshqa organlarga borib ornashib qoladi. Lichinkalar organlarda yupqa pardaga oralib, pufaklik davriga otadi. Suyuqlik bilan tolgan pufakcha finna deyiladi. Finnali goshtni yaxshi pishirilmasdan istemol qilgan odam uni oziga yuqtiradi. Odam - qoramoi tasmasimon chuvalchangining asosiy xojayini, qoramollar oraliq xojayini boladi. 

Yassi chuvalchanglarning kelib chiqishi. Yassi chuvalchanglar orasida eng qadimgisi ichaksiz kiprikli chuvalchanglar hisoblanadi. Ular tuzilishi boshliqichlilarning lichinkasiga oxshash boladi. Keyinchalik kiprikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashishi tufayli tuzilishi soddalashib borgan va ulardan sorgichlilar hamda tasmasimon chuvalchanglar kelib chiqqan.

Yassi chuvalchanglar - ikki yonlama simmetriyali, yassi bargsimon yoki tasmasimon hayvonlar. Tana boshligi govak toqima bilan tolgan; hazm qilish, ayirish, nerv va gennafrodit jinsiy sistcmasi rivojlangan. 12000 dan ortiq tun malum. Yassi chuvalchanglar tipi kipriklilar, sorgichjilar, tasmasimonlar sinfiga bolinadi. Kipriklilar erkin yashaydi: sorgichjilar va tasmasimon chuvalchanglar - parazit. Sorgichiilar va tasmasimon chuvalchanglar sorgichlarining rivojlanganligi. tanasining qalin kutikula bilan qoplanganligi, kop tuxum qoyishi parazit yashashga moslanish belgisi hisoblanadi.

g`a`SC3 W  