16-. KURTAK


Kurtak  bu boshlangich novda. Vegetativ kurtak 0simliklarning
boshlangich bargli novdasidir. Generativ kurtak esa
boshlangich topgul yoki guldir. Har qanday novda kurtakdan
hosil boladi. Kurtaklar, odatda, barglar qoltigida bittadan
yoki bir nechtadan joylashadi. 0simliklarning turiga qarab,
kurtaklar mayda, yirikva turli shaklda boladi. Terak, chinor,
soxta kashtan, nastarin kabilarning kurtagi yirik; tut, tol,
qayragoch, orik, olma va boshqalaming kurtagi nisbatan mayda
boladi. Ana shunday kurtaklarga qarab osimliklar turini


aniqlash mumkin. Kurtaklar novdada ketma-ket, qarama-qarshi
halqa hosil qilib joylashadi. Shuningdek, ular novdaning uchida
ham joylashadi. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki
kurtak, yonida joylashganlari yon kurtak deb ataladi.
Shuningdek, yana qo'shimcha kurtaklar ham boladi.
Quyida kopchilikka tanish manzarali osimlik  terakning
kurtaklari bilan tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylashadi,
eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari maydaroq boladi.
Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha
barg) bilan oralgan. Bu qobiq ularni, ayniqsa, qishning qattiq
sovugidan, kasallik tugdiruvchi bakteriya, zamburuglardan
saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobigi ostida
joylashgan boshlangich poyani va zich bolib joylashgan
boshlangich barglarni korish mumkin (36-rasm).
img/res/36rasm.png





Olimlar ta kidlashicha, kurtaklar qishki tinim davrini otsa,
yaxshi osadi. Tajribadan shu narsa malumki, kech kuzda barglar
tokilgandan keyin daraxt va butalarning shoxlaridan kesib olib
suvga solib qoyilsa, kurtaklar kop vaqtgacha bortmay
turaveradi. Agar shoxchalar yanvaming ikkinchi yarmi va fevralda
suvga solib qoyilsa, kurtaklari tez osa boshlaydi.
0zbekiston sharoitida daraxt kurtaklari janubiy hududlarda
(Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida) shimoliy
hududlardagiga qaraganda oldinroq (yanvar oyidan) bortadi.
Kurtaklarning bortib, yangi barg yoki gul chiqarishi malum
bir vaqt ichida otadi. Bu davr faza deyiladi.

Yuqorida aytilganidek, kurtaklar gul va barg hosil qiladigan
turga bolinadi. Gul hosil qiladigan kurtaklar, odatda, barg hosil
qiladigan kurtaklardan yirikroq boladi. Masalan, orik, bodom,
olxori va atirgulda.
0zbekistonda bahor kelishi bilan osimliklaming juda kopchiligida
(terak, chinor, tut,jiyda, atirgul va na matakda) barg
kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadi.  rik, bodom,
olxo ri, olcha, shaftoli kabilarda dastlab gul kurtaklaridan gul
yozilib, songra barg kurtaklaridan barg chiqadi.

