 V - BOB. HALQALI CHUVALCHANGLAR TIPI 
Ushbu bobni organib, siz halqali chuvalchangning tashqi tuzilishi va hayot kechirishi, yashash muhitiga moslashganligi, ichki tuzilishi xususiyatini, asosiy sistematik guruhlari va turlarining tabiatdagi ahamiyati togrisida umumiy tushunchaga ega bolasiz. 
12-.Yomgir chuvalchangining tashqi tuzilishi, nerv sistemasi va rivojlanishi


Yomgir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tipining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda va chuchuk suvlarda yashaydi.

Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Yomgir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar boyida, beda, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan dalalar tuprogida uchratish mumkin. Kuchli jaladan song bazan koplab yer yuziga chiqib qolganligi sababdan ular yomgir chuvalchanglari deb ataladi.


Yomgir chuvalchangi tanasining uzun-Hgi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon otkirlashgan. Tanasi halqaga oxshash tortmalar bilan kop sonli bogimlarga bolingan (24-rasm). Har bir tana bogimining qorin tomonida tort juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi. Oldingi tomondagi bir necha tana halqalari yogonlashib, maxsus belbog hosil qiladi.

Teri-muskul xaltasi. Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqa teri bilan qoplangan (25-rasm). Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri oslida halqasimon va boylama muskullar joylashgan. Muskullar ostida ichki epiteliy qavati tana boshligi devorini hosil qiladi. Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va boylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana devorini hosil qiladi. Tana boshligida ichki organlar joylashadi.

Harakatlanishi. Yomgir chuvalchangi tanasining lashqi tuzilishi tuproqda in qazib hayot kechinshga moslashgan. Chuvalchang harakatlanganida oldingi qismidagi halqasimon muskullar qisqarib, tanasi choziladi va ingichkalashadi; u tanasining oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi.

Shundan keyin tana devoridagi boylama muskullar qisqarib, tanasining oldingi qismi yogonlashib tuproq zarralari suriladi. Chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va oziga yol ochadi. Tuklari chuvalchang harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Ten ustidagi shilimshiq parda uning siljishini yengillashtiradi.

Tana boshligi. Yomgir chuvalchangining suyuqlik bilan tolgan tana boshligida ichki organlar joylashgan. Tana boshligi yupqa pardadan iborat kondalang tosiqlar bilan alohida bolmalarga ajralgan. Tana boshligi bolmalarining soni lashqi tana halqalari soniga teng. Tana boshligi devorining ichki yuzasi bir qavat bolib joylashgan epiteliydan iborat.

Nerv sistemasi. Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari toplanib, halqum usti va halqum osti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi (26-rasm). Bu nerv tugunlari halqumni ikki tomondan aylanib otadigan halqa nerv tolalarini birlashtirib turadi. Halqum osti nerv tuguni qorin boylab ketadigan nerv zanjiri bilan tutashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bogini togrisida bittadan kichikroq nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi.

Sezgi organlari va refleksi. Yomgir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bolmaydi. U terisida joylashgan sezgir nerv tolalarining uchlari orqali yoruglik, harorat, kimyoviy va mexanik tasirlarni yaxshi sezadi.

Yomgir chuvalchangi refleksi ancha murakkab va xilma-xil boladi. Tanasining qaysi qismiga tasir qilinsa, osha tomoni tasirlanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang oz ozigini qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yoruglik va issiqlikdan yashirinadi.

Kopayishi. Yomgir chu vale hang lari - germafrodit hayvon. Kopayish

davrida ikki chuvalchang bir-birini uruglantiradi. Chuvalchang tuxum qoyish davrida belbogchasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu moddadan pilia hosil boladi. Har qaysi pillaga 2-3, bazan 6-20 tagacha tuxum qoyadi. Pilla chuvalchang tanasidan sirgalib tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi. Regeneratsiyasi. Yomgir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tikJash xususiyatiga ega. Chuvalchang tanasi uzilib qolganida undan yangi chuvalchanglar hosil boladi.

Yomgir chuvalchangining tashqi tuzilishi tuproqda hayot kechirishga moslashgan. Tanasi bir xildagi halqalardan iborat, oldingi qismi ingichkalashgan. Halqalarida tort juftdan joylashgan tuklari tayanch vazifasini bajaradi. Tana devori tashqi va ichki epiteliy, boylama va kondalang muskullardan iborat. Jinsiy sistasi germofrodit, tuxumini pillaga qoyadi. Regeneratsiya xususiyati rivojlangan.

^Ly`SC3 \  