III BO'LIM. HAYOTIY JARYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI

VBOB. TIRIK ORGANIZMLARNING KIMYOVIY TUZILISHI

19-. Hujayraning etementar tarkibi


Hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy elementlardan 70 taga yaqini kiradi. Ular ko'pincha biogen elementlar deb ataladi. Bu tirik va jonsiz tabiatni umumiyligini ta'kidlovchi dalillardan biridir. Biroq tirik va jonsiz tabiatdagi kimyoviy elementlarning o'zaro nisbati turlicha bo'ladi. Tirik organizm tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar miqdoriga qarab bir necha guruhga bo'linadi. Bular: makroelementlar (C, O, H, N, P, S, K, Na, Ca, Mg, Cl, Fe) va mikroelementlar (Zn, Cu, J, F, Co, Mo, Cr, Mn, B)dir.

Hujayra massasining 98% ni to'rtta element: vodorod, kislorod, uglerod va azot tashkil qiladi. Ular makroekmentlar deb ataladi. Bu barcha organik birikmalarning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Bulardan tashqari biologik polimerlar (yunonchada: poli  ko'p, meros  qism) hisoblangan oqsil va nuklein kislotalar tarkibida yana fosfor va oltingugurt ham uchraydi.

Hujayra tarkibida birmuncha kam miqdorda oltita element: kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir va xlor ham mavjud. Ularning har biri hujayrada muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, Na, K va Cl hujayra membranalari orqali turli xil moddalarni o'tkazishni ta'minlaydi. Nerv hujayralarida hosil bo'ladigan qo'zg'alishlarini o'tishi ham sbu elementlar yordamida amalga oshiriladi. Ca va P suyak to'qimalarini hosil qilishda ularning mustahkamligini ta'minlashda ishtirok etadi.

Bundan tashqari Ca qonning normal ivishini ta'minlovchi omildir. Fe elementi eritrositlar oqsili  gemogtobin tarkibiga kiradi va kislorodni o'pkadan to'qimalarga olib borishda ishtirok etadi. Va nihoyat Mg o'simlik hujayralarida fotosintezda ishtirok etuvchi pigment  xlorofill tarkibiga kiradi, hayvonlarda esa, biologik katalizatorlar tarkibida biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishni ta'minlaydi.

Barcha qolgan elementlar (rux, mis, yod, ftor, kobalt, marganes, molibden, bor va boshqalar) hujayrada juda kam miqdorda uchraydi ya'ni hujayra massasining 0,02 %ga yaqin qismini tashkil etadi. Shuning uchun ular mikroelementlar deb ataladi. Biroq ular ham hayotiy muhim ahamiyatga ega. Mikroelementlar biologik faolligi yuqori bo'lgan moddalar  gormonlar, fermentlar, vitaminlar tarkjbiga kiradi. Masalan, qolqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin gormoni tarkibiga yod elementi kiradi. Uning yetishmasligi tiroksinni hosil bo'lishini kamaytiradi, natijada bez gipofunksiyaga uchraydi va buqoq kasalligi rivojlanadi. Ruh bir qator fermcntlarning tarkibiga kiradi. Jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi. Kobalt B12 vitaminining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu vitamin qon hosil bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi.
