*
 18 - . Tashqi muhit omillarining 
yurak faoliyati va qon bosimiga tasiri

Odam organizmi ozi doimiy yashaydigan joyning iqlimiga, ob-havo sharoitiga moslashadi. Ob-havoning inson salomatligiga, uning mehnat qobiliyatiga va ruhiy kayfiyatiga tasiri qadimdan malum. Ob-havoning noqulay ozgarishlari, ayniqsa, yurak va qon tomir kasalliklari bilan ogrigan odamlarga koproq tasir etadi.
Atmosfera bosimi ortganda tashqi muhit havosining bosimi va odam tanasining barcha boshliqlaridagi bosim ortasida farq paydo boladi. Bunday vaqtda, ayniqsa, gipertoniya, revmatizm va yurakning boshqa kasalliklari bilan ogrigan odamlarda bosh ogrigi, boginlarda, yurakda ogriq seziladi. Arterial qon bosimi kotariladi. Ayniqsa, qon bosimi kotarilgan keksa odamlarda miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyilishi mumkin. Buning natijasida qo1-oyoqlar shol bolib qolishi, odam gapirish qobiliyatini yoqotishi mumkin.
Balandlikka kotarilganda havo bosimi pasayadi. Bunday vaqtda odam gavdasining ichki boshliqlaridagi gazlar kengayadi. Shuning uchun baland toglarga chiqqanda odamlarda tog kasalligi deb ataluvchi holat yuzaga keladi. Issiq vaqtda tanadagi qon tomirlari kengayadi. Qon tananing yuza qismidagi tomirlarda va toqimalarda toplanib, organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kopayadi. Bu issiqlikning nurlanishi ter bezlaridan ajralgan suyuqlikning buglanishi orqali amalga oshadi.
Sovuq vaqtda tananing tashqi yuzasidagi qon tomirlari torayadi va organizmdan tashqi muhitga issiqlik ajralishi kamayadi. Bunday vaqtda odamning terisi, ayniqsa, yuzlari oqaradi, biroz qaltiraydi va sovuq sezadi.
Yurak va qon tomir kasalliklarining kop uchraydigan turlariga ateroskleroz (qon tomirlari devorining ichki yuzasida yog va tuz moddalari toplanishi oqibatida tomirlar qattiqlashib, mortlashib va torayib qolishi), gipertoniya (arterial qon bosimining kotarilishi), yurakning ishemik kasalligi (yurak muskullarida qon aylanishining buzilishi tufayli sodir boladi), miokard infarkti (qon aylanishi buzilishi tufayli yurak muskullarining malum qismi yemirilishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) kabilar kiradi. Bulardan tashqari, maktab yoshidagi bolalarda kop uchraydigan angina, surankali tonzillit (bodomcha bezlarining yalligianishi) va bular oqibatida kelib chiqadigan yurakning yalliglanish kasalliklari tufayli odam yoshlik chogidanoq ish qobiliyatini yoqotishi mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun organizmni chiniqtirish, jismoniy mehnat, sport bilan muntazam shugullanish maqsadga muvofiqdir.
Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon tomir sistemasiga zararli tasiri. Chekish (sigaret, nos, nasha va hokazo) va spirtli ichimliklar istemol qilish zararli odatdir. Bu moddalar odam organizmining barcha hujayra, toqima va organlariga, jumladan, yurak-qon tomir sistemasiga zararli tasir korsatib, ateroskleroz, gipertoniya, yurakning ishemikkasalligi, yurak infarkti, miyagaqon quyilishi kabi ogir xastaliklar yuzaga kelishiga sabab boladi. Tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan koproq zaharli kimyoviy moddalar borligi aniqlangan. Shulardan nikotin, karbonat angidrid gazi, radioaktiv poloniy, kadmiy, kobalt, qorgoshin, margimush kabilar yurak-qon tomir sistemasiga zaharli tasir korsatib, odamning sogligini yomonlashtiradi, ish qobiliyatini pasaytiradi.


OmGaSC%  