 15-.Ikki pallali va boshoyoqli molluskalar sinflari


Ikki pallali molluskalar dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan. Ulardan baqachanoqning tuzilishi bilan tanishib chiqamiz.

Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Baqachanoq tinch oqadigan daryolar va sayoz kollar tubidagi loy yoki qumga tanasining yarmigacha komilib yashaydi. Chiganogi tuxumsimon, uzunligi 10 - 15 sm, oldingi tomoni tomtoq, keyingi tomoni esa suyri shaklida (32 A-rasm). Chiganoq pallalari orqa tomondan elastik paylar yordamida tutashgan. Qorin tomonining oldingi qismida chiganoqlar orasidagi tirqishdan muskulli ponasimon oyogi chiqib turadi. Molluska harakal qilganda oyogini chiganoqdan chiqarib, suv tubiga tiraydi va tanasini oyogi tomonga tortib oladi. Ana shu tarzda harakatlanganda baqachanoq bir soatda atigi 20 - 30 sm yol bosadi.

A - chiganogi, ustki tomondan korinishi;  - chiganogi ochib korsatilgan: 1 - chiganoq; 2 - yopuvchi muskullar; 3 - muskullar birikadigan joy; 4  chiqarish sifoni; 5 - kirish sifoni; 6 - jabralar; 7 - mantiya cheti; 8 - oyoq.

Baqachanoq chiganogining sirti rnuguz moddadan iborat, ichki yuzasi har xil rangda tovlanadigan sadaf bilan qopiangan. Chiganoq pallalarining ichki yuzasida bir juft yopuvchi muskullar joylashgan. Bu muskuilar qisqarganida pallalar yopiladi. Muskullar boshashganda esa orqa tomondagi elastik paylar tortilib, chiganoq pallalari ochiladi.

Chiganoq keyingi uchining yuqori va pastki tomonida tirqishsimon ikkita teshik - sifon boladi. Pastki kirish sifoni orqali mantiya boshligiga suv kirib, ustki chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Chiqarish sifoniga orqa chiqarish, ayirish va jinsiy organlarining teshiklari ochiladi.

Oziqlanishi. Ogiz teshigi oyoqning asosida joylashgan. Kirish sifoni orqali mantiya boshligiga suv bilan birga organik zarralar, sodda hayvonlar va boshqa mikroskopik jonivorlar kiradi. Ogiz oldida joylashgan ikki juft paypaslagichlari oziqni tutib qoladi va hazm qilish sistemasiga yonaltiradi.

Nafasolish sistemasi. Nafas olish organi - jabralar oyogining ikki yonidagi mantiya boshligida joylashgan (32 B-rasm). Jabralarning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiprikchalarning harakati tufayli suv mantiya boshligiga kiradi va jabralarni yuvib, chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislorod jabralarga otadi, jabraiardan esa karbonat angidrid suvga ajralib chiqadi. Kislorod jabradan qon oqimi bilan hamma organlarga tarqaladi.

Qon aylanish, ayirish va nerv sistemalari suv shilliginikiga oxshash. Tanasidagi uch juft nerv lugunlari nerv tolalari yordamida ozaro tutashgan. Maxsus sezgi organlari bolrnaydi.

Kopayishi va rivojlanishi. Baqachanoq ayrim jinsli, lekin erkak va urgochisini farq qilib bolmaydi. Tuxumlari jabralar sirtida rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suvga chiqadi. Bu lichinkalar chiganogidagi tishchalar yoki yopishqoq iplari yordamida baliqlarning terisiga yopishib, parazit hayot kechirishga oladi. Parazit tasirida baliq ierisida shish hosil boladi. Shish ichida lichinka juda mayda baqachanoqqa aylanadi va suv tubiga tushib, voyaga yetadi.

Ikki pallalilarning xilma-xilligi. Ikki pallalilar 30 000 dan ortiq turni oz ichiga oladi. Kopchilik turlari dengizlarda yashaydi. Ular orasida eng yirigi tridaknarvmg ogirligi 250 kg ga yetadi. Ustritsa, taroqcha va midiyalar (33-rasm) goshti uchun ovlanadi; dengiz marvariddorlaridan marvarid olinadi. Ayrim mamlakatlarda marvariddorlar, midiyalar va ustritsalar kopaytiriladi.


Baqachanoq lichinkasi baliqlarda parazitlik qiladi. Shorlangan suvlarda tarqalgan dreysenalar kopayib, suv otkazadigan quvurlarni ishdan chiqarishi mumkin. Mamlakatimiz havzalarida baqachanoqlar va dreysenalar uchraydi. Ikki pallali molluskalar suvdagi mikroorganizmlar va mayda organik zarralarni filtrlab oziqlanishi tufayli suv havzalarining tozalanishiga yordam beradi.

Boshoyoqii molluskalar sinfi. Boshoyoqlilar oyogining oldingi qismi ozgarib, paypaslagichlarni hosil qiladi (34-rasm). Gavdasining uzunligi 1 sm dan 5 m gacha bolib, bosh va tana qismlariga ajraladi. Oyoqlari asosida voronkasi joylashgan. Tanasi qalin muskulli mantiya bilan oralgan. Chiganogi yoqolib ketgan. Ogiz teshigi atrofida 8 yoki 10 ta paypaslagichlari boladi. Paypaslagichlarida juda kop sorgichlar joylashgan.

Boshoyoqli larning bosh miyasi juda kuchli rivojlangan bolib, ular xilma-xil va murakkab refiekslar hosil qiladi. Boshoyoqlilar mantiya boshligiga suv otib turadi. Ular suvni mantiya boshligidan voronkasi orqali katta bosim ostida siqib chiqarib, reaktiv harakat qiladi. Orqa ichagiga siyoh xallasi yoli ochiladi. Ular xavf tugilganida suvga siyoh chiqarib, dushmandan qutulib qoladi.

Boshoyoqli molluskalar okean va ochiq dengiziarda tarqalgan; tropik dengiziarda ayniqsa kop uchraydi. 650 ga yaqin tun malum. Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqning asosiy ozigi krablar, baliqlar, molluskalar hisoblanadi. Ular goshli uchun koplab ovlanadi.

Molluskalar tanasi mantiya teri bilan qoplangan. Mantiya tanasi sirtida chiganoq hosil qiladi: tana boshligi biriktiruvchi toqima bilan tolgan. Mantiya bilan tanasi oraligida mantiya boshligi hosil boladi. Mantiya boshligida jabralar joylashgan; bu yerga ichki organlar yoli ochiladi. Molluskalarning ovqat hasm qilish, nafas olish, ayirish, nerv, qon aylanish, jinsiy sistemasi rivojlangan. Qon aylanish sistemasi ochiq, yuragi rivojlangan. Molluskalar qorinoyoqlilar, ikki pallalilar, boshoyoqlilar sinflariga bolinadi.

CDVeSC3  