22-. SHAKLI 0'ZGARGAN YER OSTI NOVDALAR


Shakli ozgargan yer osti novdalar muhim biologik ahamiyatga
ega. Ular osimliklami noqulay tashqi muhitdan saqlaydi,
ozida kop miqdorda oziq moddalar toplaydi va ular vegetativ
yol bilan kopayishi uchun xizmat qiladi.
Shakli ozgargan yer osti novdalar tuproq orasida shakllanadi
va ularda novdalardagi singari kurtaklar hosil boladi. Bunday
novdalarga piyozbosh, tugunak va ildizpoyalar kiradi.
0simliklar bargida boradigan murakkab biologik jarayonlar
natijasida organik (oziq) moddalar hosil boladi va ular turli
organlarda to planadi. Bu moddalar osimliklaming osishi va
rivojlanishi uchun sarflanadi. Oziq moddalar, asosan,
osimliklarning yer usti va yer ostidagi organlarida to planadi.
Odatda, bunday organlar oziga xos shaklda boladi. Shakli
ozgargan yer osti novdali osimliklarga bosh piyoz, sarimsoq
piyoz, anzur piyoz, lola va boychechak kabilar kiradi.
Tuproq orasida piyoz hosil qiladigan osimliklarga piyozbosh
osimlik deyiladi.
Bosh piyozning piyozini hammamiz yaxshi bilamiz. U kurtak
singari, tashqi tomondan quruq qobiq bilan oralgan, bu qobiq
uni yozda issiqdan va qishda sovuqdan saqlaydi. Agar u uzunasiga
kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini korish
mumkin. Piyozning tubidan pastga qarab qoshimcha novda
ildizlar, yuqoriga qarab esa seret barglar osadi, ular ortasida
esa kurtaklar joylashadi. Piyozning ana shu seret barglari shakli
ozgargan barglar bolib, ularning hujayralarida oziq moddalar
to planadi. Piyozning o rtasidan, y ani piyoz tubidan
bargchalar va gulband osib chiqadi. Vaqt otishi bilan gulbandning
uchida gul paydo boladi. Demak, piyozbosh shakli
ozgargan yer osti novdadir.
Ekiladigan piyoz inson hayotida muhim ahamiyatga ega.
Uning tarkibida shakarlar, darmondorilar va kasallik qozg
atuvchi mikroblarni qiruvchi moddalar kopligi tufayli u
bevosita istemol qilinadi va undan turli taomlar tayyorlashda
foydalaniladi.
0 rta Osiyoda, xususan, 0 zbekistonning togli rayonlarida
yovvoyi piyozning juda kop turlari osadi. Ulardan ayrimlari


0zbekiston Respublikasining
Qizil kitobiga kiritilgan.
Ekma piyoz navlari ana shu
yovvoyi piyozlardan kelib
chiqqan. Shuning uchun
tabiat qoyniga chiqqanda
muhofazaga olingan piyozboshli
osimliklarni ehtiyot
qilishni unutmang.
Yuqorida qayd qilingan lola
kabi osimliklar ham piyozlarga
oxshab tuzilgan (42-rasm).
img/res/42rasm.png






Shunday qilib, bosh piyoz
shakli ozgargan yer osti novdadan
iborat. Unda kurtaklar
joylashadi, oziq moddalar toplanadi va u vegetativ yol bilan
kopayish uchun xizmat qiladi.

