 22-. Oqsillar. Aminokislotalar


Hujayradagi organik moddalar ichida oqsillar miqdor va ahamiyati jihatidan birinchi orinni egallaydi. Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bolib, aminokislotalardan tashkil topgan. Ular gidroliz qilinsa, aminokislotalarga parchalanadi. Oqsillarning elementar tarkibi karbon, vodorod, kislorod, azot hamda oltingugurtdan iborat. Ularning tarkibida bazan fosfor ham uchraydi. Oqsillar tarkibidagi azot miqdori doimiy bolib, orta hisobda 16%ni tashkil etadi.
Oqsillar tarkibidagi aminokislotalar

Halqasiz (asiklik) aminokislotalar 
1. Glisin. 2. Alanin. 3. Serin. 4. Sistein. 5. Sistin. 6. Metionin. 7. Valin. 8. Leysin.9. Izoleysin. 10. Treonin 11. Lizin. 12. Arginin. 13. Asparagin kislota 14. Glutamin kislota. 
Halqali (siklik) aminokislotalar
15. Fenilalanin. 16. Tirozin. 17. Triptofan 18. Gistidin 19. Prolin 20. Oksi prolin.
Yuqoridagi jadvaldan korinib turibdiki, tabiiy oqsillar tarkibida bir biridan farq qiluvchi 20 xil aminokislota uchraydi. Aminokislotalar peptid bogi orqali ozaro birikadi va polipeptid zanjirlarni hosil qiladi. Tirik orgganizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar juda kop va xilma xil bolib, har bir oqsil oziga xos aminokislotalar kelma-ketligidan iborat. Oqsil molekulalari ipsimon yoki yumaloq shakllarga ega boladi (30- rasm).



Oqsillaming vazifalari. Hujayrada oqsillar turli tuman vazifalarni bajaradi. Bulardan eng muhimi strukturalar (lotincha - tuzilish) hosil qilishdir. Oqsillar barcha organoidlar va hujayra membranalarining tuzilishida ishtirok etadi.

Oqsillarga xos bolgan muhim xususiyatlardan biri katalizatorlik vazifasini bajarishdir. Barcha biologik katalizatorlar yani, fermentlar oqsil tabiatiga ega. Ular anorganik katalizatorlardan farqli ravishda kimyoviy reaksiyalar tezligini on ming, hatto yuz ming marotaba oshiradi.

Tirik organizmlarning harakat qilish xususiyati ham qisqaruvchan oqsillar ishtirokida sodir boladi. Bu oqsillar hujayra va organizmlar bilan bogliq barcha harakat turlarida ishtirok etadi.

Oqsillarning tashish (transport) vazifasi ularga xos bolgan yana bir muhim xususiyatdir. Masalan, gemoglobin oqsili kislorodni tana organlari va toqimalariga tashish vazifasini bajaradi. Oqsillar tirik organizmlarda ximoya vazifasini ham olaydi. Organizmga begona modda yoki mikroorganizmlar kirsa, leykositlar yani, oq qon tanachalari maxsus oqsillar-antitanachalarni ishlab chiqaradi. Ular begona moddalar (antigenlar)ni boglab ularni zararsizlantiradi.

