 17-.Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi


Muskullari va tana boshligi. Daryo qisqichbaqasining muskullari alohida

muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida top-top bolib joylashgan. Xitin qoplagichi keng tana boshligini orab turadi. Ichki organlar ana shu boshliqda joylashgan.

Hazm qilish sistemasi. Qisqichbaqaning ogzi boshining ostida joylashgan. Oziq ogiz, qisqa halqum va qizilongach orqali ikki bolmali oshqozonga otadi (36-rasm). Oziq birinchi - katta oshqozonda maydalangach, ikkinchi -kichik oshqozonga tushadi. U yerdan oziq suzilib olgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm boladi. Hazm bolmagan oziq qoldiqlari dum suzgichining ortasida joylashgan anal teshigi orqali chiqariladi.

Qun aylanish va nafas olish sistemalari. Boshkokrakning orqa tomonida qonni haydab bemvchi oqish yurak joylashgan (37-rasm). Qon aylanish sislemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan tomiriar orqali tana boshligiga otib, toqimalarga oziq moddalar va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yigilib, jabralarga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga otadi; qonda toplanib qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod bilan toyingan qon yurak dcvoridagi uch juft teshikchalar orqali Lining boshligiga otadi.

Ayirish sistemasi. Ayirish sisteraasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomgir chuvalchanginikiga oxshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana boshligMda joylashgan, naychalari esa kalta moylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan  almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi..

Nerv sistemasi. Yomgir chuvalchanginiki singari halqumusti va halqumosti nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Halqumusti nerv tugunidan koz va moylovlarga, halqumosti tugunidan jaglarga, qorin nerv tugunlaridan esa barcha organlarga nervlar chiqadi.

Sezgi organlari. Qisqichbaqaning bir juft murakkab kozlari harakatchan poyachalarning ustida joylashgan. Har bir koz juda kolp mayda kozchalardan tashkii topgan. Har qaysi kozcha atrof-muhitning faqat kichik bir qismini koradi. Hamma kozchalar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday korish kopchilik bogimoyoqlilar uchun xos bolib, mozaik korish deyiladi.

Daryo qisqichbaqasi moylovlari va oyoqiari sirtida joylashgan tukchalar hid bilish hamda tuygu organlari hisoblanadi. Kalta moylovlarining asosida eshitish va muvozanat saqlash organlari joylashgan.

Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. Qisqichbaqasimonlarning 30000 dan ortiq turi malum. Ularning kopchiligi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan dafniya va siklop kop uchraydi (38-rasm). Ular baliqchilik xojaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus kopaytiriladi.



Kopchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, omarlar, langustlar, krevetkalar) goshti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozigi hisobianadi.

Qisqichbaqasimonlarning ayrim vakillari quruqlikda yashashga moslashgan. Ozbekistonning chol mintaqalarida zaxkash (eshakqurt) keng tarqalgan. Ular tuproqda in qurishi va osimlik qoldiqlari bilan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib, uni chirindi moddalarga boyitadi.

Qisqichbaqasimonlar - birlamchi suvda yashovchi bogimoyoqlilar. Ularning tanasi boshkokrak va qorin boiimidan iborat. Boshkokrak xttin qalqon bilan qoplangan. Qisqichbaqasimonlar boshida 2 jufl moylovlari, murakkab kozlari 1 joylashgan. Ogiz teshigi jaglar bilan oralgan. Ovqat hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish, nerv, jinsiy sistemasi rivojlangan. Jabralari jagoyoqlar va yurish oyoqlari asosida joylashgan; qon aylanish sistemasi oehiq boladi. Qisqichbaqashnonlar tullab osadi. 30 000 dan ortiq turi bor.
7.2.ORGIMCHAKSIMONLAR SINFI

mF[aSC3 g/ 