% 22- . Opka va toqimalarda gazlar almashinuvi
? Nafas olish va unung ahamiyati
Nafas bilan qabul qilinadigan va chiqariladigan havoning tarkibi. Atmosfera havosi tarkibida 20,94 % kislorod, 0,03 % karbonat angidrid, 79,3 % azot boladi. Boshqa gazlar juda kam miqdorda boladi. Nafas bilan chiqarilgan havo tarkibida esa 16,3 % kislorod, 4 % karbonat angidrid, 79,7 % azot boiadi.
Opkalarda gazlar almashinuvi. Opkalarda gazlar almashinuvi alveolalarda otadi. Alveolalarning devori juda yupqa (0,004 mm) boladi. Ularning atrofini mayda qon tomirlari torsimon shaklda orab turadi. Nafas olgan vaqtda atmosfera havosi nafas yollari or-qali alveolalar boshligiga kiradi. Alveolalar va ular atrofini orab turgan mayda qon tomirlari devori ortasida diffuziya yoli bilan gazlar almashinadi. Alveola boshligidagi havo tarkibidagi kislorod qonga otadi, qondagi karbonat angidrid gazi esa alveolalaiga otadi. Buning sababi shundaki, alveolalardagi havo tarkibidagi kislorodning bosimi, qon tarkibida esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bolishidir. Tinch holatda odam bir minutda atmosfera havosidan 250300 ml kislorod qabul qiladi (37- rasm).
Toqimalarda gaziar almashirtuvi. Opka alveolalaridan difiliziya yoli bilan qonga otgan kislorod qizil qon tanachalari  eritrotsitlar tarkibidagi gemoglobin bilan birikib, odam tanasining barcha toqimalariga boradi. Qon bilan toqimalar (hujayralar) ortasida gaz almashinuvi ham xuddi opka alveolalari bilan qon tomirlari ortasidagi gaziar almashinuviga oxshab, diffuziya yoli bilan boradi. Qonda kislorodning bosimi yuqori bolganligi uchun u toqimaga otadi, toqimada esa karbonat angidrid gazining bosimi yuqori bolib, u qonga otadi.
Turli muhit sharoitida nafas olish
Atmosfera bosimi 760 mm simob ustuniga teng bolganida, odam organizmidagi barcha fiziologik jarayonlar, jumladan, nafas olish jarayoni ham normal otadi. Havo bosimining pasayishi yoki kotarilishi nafas olish jarayoniga malum darajada salbiy tasir korsatadi. Atmosfera bosimi past bolganda, yani baland toglar ustida, samolyotda yuqoriga kotarilganda havo tarkibida kislorod kamayadi. Bunday sharoitda organizmda kislorod yetishmasligi tufayli (gipoksiya) odamdatog kasalligining belgilari yuzaga keladi: nafas olish va yurak urishi tezlashadi, bosh ogriydi, koz tinadi, kongil ayniydi. Agar bunda zarur miqdorda kislorod yetkazib berilmasa, u hushini yoqotishi mumkin. Shuning uchun ham samolyotda uchganda havoga kislorod qoshib beriladi. Togli joylarda yashovchi odamlar shu sharoitga moslashgan boladi. Ularning qonida eritrotsitlarning soni kopayadi, bu esa havodagi kislorodni koproq miqdorda ozlashtirishga yordam beradi. Normal atmosfera bosimi sharoitida yashaydigan odamlar togli joylarga borishi zaruriyati tugilganda, ular balandlikka birdaniga emas, balki asta-sekin, organizmini moslashtirgan holda kotarilishi kerak. Shunda tog kasalligining oldini olish mumkin.
Yuqori atmosfera bosimi sharoitida, yani suv ostida, chuqur gorlarda odam qoni tarkibida, toqima va hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning miqdori kopayadi. Ayniqsa, azot gazi erigan holda miyaning qon tomirlarida toplanadi. Agar odam bunday sharoitdan juda tezlik bilan normal bosimli sharoitga otsa, erigan azot gazi mayda pufakchalarga aylanib, qon tomirlarida tiqilib qoladi va Kesson kasalligi yuzaga keladi. Bunda odamni boshi aylanadi, kongli aynib qusadi, hamma bogimlarida va belida ogriq paydo boladi, bazan hushini yoqotishi mumkin. Bunday hollarda yordam rsatish uchun bemorni yana suv ostiga yoki yuqori bosimli boshqa joyga (maxsus kameraga) otkazish kerak. Bu kasallikning oldini olish uchun yuqori bosimli joydan havo bosimi normal sharoitga asta-sekinlik bilan otish kerak.
Jismoniy mashqlar bajarayotganda nafas olish. Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport mashqlari bilan shugullanganda nafas olish tezlashadi. Tinch holatda odam bir minutda 16-18 marta nafas oladi va opkalarning minutlik ventilatsiyasi 8-9 1 ga teng boladi. Jismoniy mashqlar bajarganda esa ularning tezligiga qarab bir minutda nafas olish soni 40-60 martaga yetadi hatto, undan ham ortishi, opkalarning minutlik ventilatsiyasi 50-100 1 gacha kopayishi mumkin.
Nafas olishning boshqarilishi
Nafas olish orqali odam oiganizmi barcha hujayra va toqimalarning kislorodga bolgan ehtoyoji taminlanadi. Organizmning kislorodga ehtiyoji odamning tinch holatida kam, uxlagan vaqtida undan ham kam, jismoniy mashq bajarganda esa kopayib, tinch holatdagiga nisbatan 5-10 marta ortadi. Odam turli holatda bolishiga qarab, nafas olish va chiqarish harakatlari, nafasning yuzaki va chuqur bolishi avtomatik holda ozgarib turadi. Nafas harakatlarini bajaruvchi muskullar faoliyati bir-biri bilan chambarchas boglangan. Bu boglanish nerv va gumoral yol bilan boshqariladi.
Nafas olishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi. Bosh miyaning eng pastki qismi bolgan uzunchoq miyada nafas markazi, orqa miyaning boyin qismida diafragma harakatini boshqaruvchi nervlarning markazi, orqa miyaning kokrak qismida qovurgalararo muskullarning faoliyatini boshqaruvchi nervlar markazi joylashgan. Uzunchoq miyadagi nafas olish markazidan har 4-5 sekundda ritmik ravishda nerv impulslari orqa miyaning boyin va kokrak qismida joylashgan diafragma va qovurgalararo muskullar harakatini boshqaruvchi nerv markazlariga tasir qilib, ularni qozgatadi. Bu qozgalish nerv tolalari orqali diafragma va qovurgalararo muskullarni harakatlantiradi. Natijada nafas olish va chiqarish jarayoni avtomatik ravishda boshqariladi.
Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi bosh miya katta yarimsharlari postlogida joylashgan. Bu oliy nerv markazi orqali odam nafas olishni malum vaqt davomida ixtiyoriy ravishda toxtatib turishi mumkin, lekin buning natijasida organizmda karbonat angidrid kopayib ketishi tufayli uzunchoq miyadagi nafas markazi kuchli qozgalib, avtomatik nafas olish yuzaga keladi. Nafas olishning oliy nerv markazi odam turli holatlarda bolganda, yani sozlaganda, kuylaganda, jismoniy mashq bajarganda, yurganda nafas olish tezligini, uning yuzaki yoki chuqur bolishini muvozanatlashtirib turadi. Bu markazda nafas olish shartli reflekslari hosil boladi.
Nafas olishning gumoral boshqarilishi. Qonda karbonat angidrid miqdori kopaysa, u uzunchoq miyadagi nafas markazini qozgatadi va nafas olish tezlashadi. Agar oquvchilar deraza va eshiklari yopilgan sinfda uzoq vaqt otirsa, sinf havosi tarkibida karbonat angidrid gazi miqdori kopayadi. Bunday havodan nafas olish natijasida ular qonida bu gaz miqdori ortib ketadi va u nafas markazini kuchli qozgatib, nafas olishning tezlashuviga sabab boladi. Bu hol davom etaversa, oquvchilarda bosh aylanish, uyqu bosish, esnash, umumiy holsizlik va nafas qisish kabi noxush belgilar yuzaga kelishi mumkin. Bu holatlar qonda va toqimalarda karbonat angidrid kopayishi hamda kislorod kamayishi natijasida sodir boladi.
Odam jismoniy mashq bajargan vaqtda uning qonida karbonat angidridning miqdori kopayadi va u nafas markazini qozgatib, nafas olishni tezlashtiradi. Mashqlarni bajarish tezligi qancha katta bolsa, nafas olish shuncha tezlashadi. Qonda karbonat angidrid miqdori kamayib, normaga kelishi bilan nafas olish sekinlashadi. Shunday qilib, qon tarkibidagi karbonat angidrid miqdorining kopayishi yoki kamayishi gumoral yol bilan nafas markaziga tasir etib, nafas olishning boshqarilishida ishtirok etadi.

jw[dSC% : 