 24-. Uglevodlar


Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan organik birikmalar bo'lib, ular umumiy Cn(H2O)m formula bilan ifodalanadi. Uglevod atamasining nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o'zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o'xshashligidan kelib chiqqan.

Uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega birikmalardir. Ular oqsillar, nuklein kislotalar va yog'larni hosil bo'lishida alohida ahamiyatga ega. Uglevodlarning ko'pchiligi o'simliklarda zaxira modda sifatida to'planadi. Masalan, paxta tolasini, kanop o'simligi po'stlog'ini sellyuloza deb ataluvchi polisaxarid tashkil qiladi. Kraxmal esa ildizmevali, tugunakli o'simliklarda va donli o'simliklarning unig'larida zaxira modda sifatida to'planadi.

Hayvon hujayralarida uglevodlarning miqdori kam bo'lib, l-2%ni, ba'zan 5% ni tashkil qiladi. o'simlik hujayralarida esa uglevodlar ko'p miqdorda uchraydi va ayrim hollarda quruq massaning 95% dan (paxta tolasida) iborat bo'ladi.

Uglcvodlar ikki xil: monosaxarid va polisaxaridlarga bo'linadi. Monosaxaridlar oddiy uglevodlar yoki shakarlardir. Ulardan eng muhimlari glyukoza (uzum shakari) va fruktoza (meva shakarlari) hisoblanadi. Glyukozaning qondagi miqdori 0,1-0,12% ga teng. Riboza bilan dezoksiriboza ham monosaxaridlarga mansub va ular nuklein kislotalar tarkibida uchraydi.

Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma disaxaridlar deb ataladi. Bularga saxaroza (qand lavlagi shakari), maltoza (don shakari), laktoza (sut shakari) misol bo'ladi.

Ko'p sonli inonosaxaridlarni qo'shilishidan hosil bo'lgan murakkab uglevod polisaxaridlar deb ataladi. Kraxmal, glikogen, sellyuloza kabi moddalar polisaxaridlarga misol bo'ladi. Paxta tolasi deyarli toza sellyulozadan iborat. Bularning monomerlari glyukoza hisoblanadi.

Polisaxaridlar tirik organizmlarda ikkita asosiy: qurilish va energetik vazifalarni bajaradi. Masalan, sellyuloza o'simlik hujayrasining qobig'larini hosil qilishda ishtirok etadi; murakkab tuzilishga ega bo'tgan xitin moddasi hasharotlarni tashqi skeleti tarkibiga kiradi. Xitin zamburug' hujayrasi tarkibida ham uchraydi.

Uglevodlar hujayraning asosiy energetik manbai hisoblanadi. Ig uglevod parchalanganda l7,6 kJ energiya ajralishi aniqlangan.

O'simliklarda kraxmal, hayvonlarda glikogen zaxira modda sifatida hujayralarda to'planadi va bu moddalar ozuqa harada energiya zaxirasi vazifasini o'taydi.

