 29-. Energiya almashinuvi. ATF


Dissimilyatsiya jarayonida tirik organizmlarda moddalarning parchalanishi ro'y beradi. Bu assimilyatsiyaning teskarisidir. Yuqori molekulali birikmalarning parchalanishi energiya ajralishi bilan boradi. Shuning uchun dissimilyatsiya jarayoni hujayraning energiya almashinuvi deb ham yuritiladi.

Tirik organizmlarda sodir bo'ladigan barcha muhim jarayonlardan biri, ularning aerob, ya'ni kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda kislorod yordamida murakkab oiganik birikmalar oksidlanishi tufayli ko'p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Bu jarayon hayvon organizmlarida maxsus nafas olish tizimi orqali amalga oshiriladi. O'simliklarda esa nafas olish organlari bo'lmaydi. Ular to'qima va hujayralar orqali nafas oladi.

Ozuqa moddalarda to'plangan kimyoviy energiya organik birikmalar molekulasidagi atomlarni bog'lovchi har xil kovalent bog'larda mujassamlashgan bo'ladi. Bir molekula ya'ni, 180 g. glyukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog'larda to'plangan potensial energiya miqdori 2800 kJga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glyukozadagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi:

C6H12O6+ 6O2 > 6CO2+6H2O + 2800 kJ

Ozuqa moddalardan ajralgan quvvatning birqismi issiqliqeneigiyasi sifatida tarqalib ketadi. Boshqa qismi esa adenozintrifosfat kislota (ATF)ning energiyaga boy fosfat bog'larida to'planadi.

Hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: biosintez, mexanik ish (hujayra bo'linishi, muskullarning qisqarishi), moddalarning membaranalar orqali faol ko'chirilishi, asab impulslarining o'tkazilishi va boshqalarni energiya bilan ta'minlash ATF orqali amalga oshiriladi.

ATF molekulasi azot asoslaridan adenin, riboza shakari va uchta fosfat kislota qoldig'idan tashkil topgan. Agar bu murakkab birikma tarkibida faqat bitta fosfat kislola bo'lsa adenozinmonofosfat (AMF), ikkita fosfat kislota bo'lganda esa adenozindifosfat (ADF) hosil bo'ladi. Uchta fosfat kislota tutuvchi (ATF) molekulasi eng ko'p energiyaga egadir.

ATF tarkibidagi uchinchi fosfat kislotaning ajralishi 40 kj energiya chiqishiga imkon beradi. ATF molekulasida energiyaga boy bog'larning mavjudligi hujayraning kichik bir qismida katta miqdordagi energiyani to'plashga va uni ehtiyojga qarab ishlatishga imkon yaratadi. ATF hujayraning maxsus organoidlari mitoxondriylarda sintezlanadi. Bu organoidlar hujayraning turli qismlari uchun zarur bo'lgan ATF molekulalarini etkazib beradi va hayot faoliyati jarayonlarini eneigiya bilan ta'minlaydi.
