		 23-.Chala ozgarish bilan rivojlanadigan hashorotlar


Ninachilar turkumi. Ninachilar - eng qadimgi hasharotlar. Ularning qanotlari taxlanmasdan tanasi ikki yoniga yoyilib turadi. Qorin bolimi ingichka va uzun boladi. Kozlari juda yirik, lichinkasi suvda rivojlanadi (48-rasm).





Ninachilar va ularning lichinkalari yirtqich hayot kechiradi. Voyaga yetgan ninachilar oijasini oldingi oyoqlari yordamida havoda tutadi. Ular zararkunanda va qon soruvchi hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Ninachilarning lichinkalari chivinlar, kunliklar va boshga hayvonlarning suvda yashaydigan lichinkalari bilan oziqlanadi. Vohalardagi suv havzalari yaqinida moviy ninachi, togli hududlarda halqali ninachi, oqmaydigan suv havzalar yaqinida suluv ninachi uchraydi.

Togriqanotlilar turkumi. Togriqanotlilarning oidingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari esa yelpigichga oxsbab oldingi qanotlari ostida taxlanib turadi. Ularning ogiz organlari kemiruvchi, orqa oyoqlari sakrovchi tipda tuzilgan. Togriqanotlilar tuxumlarini tuproqda maxsus kozachaga qoyadi. Togriqanotlilarga chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar kiradi. Kopchilik turlarining ovoz chiqarish va eshitish organlari bor.

Togriqanotlilar - juda ochkoz otxor hayvonlar. Ayrim yillari chigirtkalar tez kopayib, juda katta gala hosil qiladi. Bunday gala harakat qilganida yolida uchraydigan hamma osimliklarni yeb ketaveradi.

Qandalalar turkumi. Qandalalar birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof. Shuning uchun ular yarim qattiqqanotlilar ham deb ataladi. Kopchilik turlari osimlik shirasini sorib oziqlanadi. Chol va dashtlarda keng larqalgan hasva qandalasi donli ekinlar doni va bargini sorib oziqlanadi.

Qandalalar orasida qon soruvchi parazitlari ham bor. Toshak qandalasi xonadonlarda yashaydi; odam va hayvonlar qonini soradi. Toshak qandalasining qanotlari bolmaydi; tanasi mayda sezgir tuklar bilan qoplangan; hidni juda yaxshi sezadi.

Ninachilar. togriqanotlilar. qandalalar - chalu ozgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar. Ninachilar va ular lichinkasi - yirtqich. Ninachilar lichinkasi suvda rivojlanadi. Togriqanotlilardan chigirtkalar, qandalalardan hasva ekinlarga katta ziyon kelliradi. Toshak qandalasi odam va hayvonlar qonini soradi.

WLQbSC3  