 27 - . Ovqat hazm qilish organlari gigiyenasi. 
Meda-ichak kasalliklari va ularning oldini olish
? Funksiyasi, turlari
Gigiyena qoidalariga rioya qilish ovqat hazm qilish organlarining ish faoliyati normal bolishida va meda-ichak kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Hazm qilish organlari gigiyenasi ogiz boshligi gigiyenasidan boshlanadi.
Ovqat hazm qilish organlarini kasalliklardan saqlashda tozalikka va ovqatlanish qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
Medada aralash ovqatlar ortacha tort soat davomida hazm boladi. Shuning uchun har tort soatda ovqatlanish zarur. Ovqatlanish tartibining buzilishi tez-tez takrorlanib tursa, medaning surunkali gastrit va yara kasalligi yuzaga kelishi mumkin.
Meda-ichak kasalliklari ikki turga boiinadi: 1. Meda-ichaklarning yalligianish kasalliklari. 2. Meda-ichaklarning yuqumli kasalliklari.
Meda-ichakiarning yalligianish kasalliklari. Bularga meda shilliq pardasining yalliglanish kasalligi  gastrit, ingichka ichak shilliq pardasining yalliglanish kasalligi  enterit, yogon ichak shilliq pardasining yalliglanishi  kolit kabilar kiradi.
Meda-ichaklarning yuqumli kasalliklari. Bularga ovqatdan zaharlanish (salmonelloz, botulizm), ichburug (dizenteriya), qorin tifi, vabo (xolera) kabilar kiradi.
Ovqatdan zaharlanishning salmonelloz deb ataluvchi turi es-kirib qolgan taomlarni istemol qilish tufayli paydo boladi. Bunday taomni istemol qilgandan keyin bir necha soat otishi bilanoq odamning kongli ayniydi, qusadi, qornining yuqori qismida ogriq seziladi. Odamda bunday belgilar paydo bolganda zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqirish zarar.
Ichburug kasalligini bir necha xil mikroblar qozgatadi. Bu mikroblar idish-tovoq, yuvilmagan meva va sabzavotlar, zararlangan tayyor taomlar orqali yuqadi. Mikroblar tarqalishida, ayniqsa, qora (uy) pashsha katta ahamiyatga ega.
Yuqumli sariq kasalligi (virusli gepatit). Bu kasallikni viruslar qozgatib jigar hujayralarini zararlaydi. Virusning ,  va  turlari bolib, ularning yuqish yoli har xil. Virusning A tori zararlangan taomlar, idish-tovoq, qaynatilmagan ariq, hovuz, quduq suvi orqali yuqadi.  va  turlari  sterillanmagan shpris va ignalar orqali hamda bu kasallikning yengil tori bilan xastalangan odamdan olingan qon va qon zardobini davolash maqsadida boshqa odamga yuborish natijasida yuqadi.
Spirtli ichimlik ichish va chekishning ovqat hazm qilish organlariga tasiri. Istemol qilingan spirtli ichimlik awalo, medaning ichki shilliq pardasini yalliglantirib, surunkali gastrit va medaning yara kasalligini yuzaga keltiradi.
Spirtli ichimlik medadan qon tomirlariga soriladi va jigaiga boradi. Jigarda spirtning parchalanishidan sirka kislota va boshqa zaharli moddalar hosil boladi. Ular jigar hujayralarini yalliglantirib, surunkali gepatit kasalligiga sabab boladi. Bunday kasallikka uchragan odamning ong qovurgasi ostida (jigar joylashgan joyda) vaqti-vaqti bilan ogriq seziladi, yogli taomlar istemol qilganda, tez yurganda, chopganda ogriq zorayadi, kongli ayniydi, bazan qusadi.
Agar surunkali gepatit kasalligiga uchragan odam spirtli ichimlik istemol qilishni davom ettiraversa, jigar hujayralarining malum qismi zahar tasirida yemiriladi va ularning orniga biriktiruvchi toqima hosil boladi. Bu kasallik jigar sirrozi deb ataladi. Jigarning hajmi kattalashib ketadi, uning ish faoliyati esa mutlaqo buziladi. Ong qovurga ostida qattiqlashgan va kattalashgan jigar osilib turadi va u ogriydi. Bunday bemorning umumiy ahvoli ogirlashadi, ish qobiliyati pasayadi.
Chekish eng zararli odatlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda yoshlar ortasida nos chekish kabi zararli odat keng tarqalmoqda. Uning zaharli moddalari til ostidagi qon tomirlariga sorilib, qon orqali miya, yurak, jigar kabi hayotiy muhim organlarni zaharlaydi. Nosning erigan qismi ogiz boshligidan solak bilan yutib yuboriladi va u meda-ichakka tushib, ularni zaharlaydi.
Nos tamakining eng kuchli (zaharli) turlaridan tayyorlanadi. Tamaki tutuni tarkibidagi 3 mingdan ortiq zaharli moddalardan tashqari, nosga yana ohak, kul kabi zaharli moddalar ham qoshiladi. Bu moddalar ogiz boshligida erib, solak bilan qoshilib, qizilongach orqali oshqozonga tushadi. Shuning uchun nos chekuvchilarda ogiz boshligi, qizilongach va meda raki kop uchraydi.

wHe`SC%  