 31-. Fotosintez


Quyosh nuri ta'sirida o'simliklarning yashil barglarida karbonat angidrid bilan suvdan murakkab organik birikmalar hosil bo'lishi fotosintez deb ataladi. O'simliklarning fotosintez jarayoni Yer yuzida quyosh energiyasini organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantiruvchi birdan-bir vosita hisoblanadi. O'simliklarning kosmik ahamiyati ham ana shundadir. Bu jarayonda hosil bo'ladigan organik birikmalar tirik organizmlar uchun ozuqa va energiya man'bai bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan birga fotosintez jarayoni atmosferani erkin kislorod bilan ham boyitadi. Fotosintez jarayonini o'rganish qishloq xo'jalik ekinlaridan mo'l hosil olishga ham imkon yaratadi.

Yashil o'simliklar fototrof organizmlar hisoblanadi. Ular hujayradagi xloroplastlarda to'plangan xlorofill pigmenti yordamida yorug'lik energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi fotosintez jarayonini amalga oshiradi. Bu jarayon quyidagicha kechadi. Yorug'lik kvantlari  fotonlar  xlorofill molekulalari bilan o'zaro ta'sir qiladi. Natijada molekulalar qisqa vaqt orasida eneigiyaga boy qo'zg'algan holatga o'tadi. Keyin qo'zg'algan molekulalarning ortiqcha energiyasi issiqlik yoki yorug'lik sifatida tarqaladi. Energiyaning qolgan qismi esa suvli eritmada uning dissotsilanishi tufayli doimo uchraydigan vodorod ionlariga uzatiladi. Yorug'lik ta'sirida suv dissotsilanishi fototiz deb ataladi.

H2O > H+ + OH-

Natijada hosil bo'lgan vodorod kuchsiz bog'lar orqali vodorodni ko'chiruvchi organik birikmalar bilan birikadi.

2H+ + organik birikma > organik birikma H2 

Gidroksil ionlar ya'ni OH- esa o'zining elektronini boshqa molekulalarga beradi va erkin radikalga aylanadi. Radikallar o'zaro qo'shilib, suv va molekulyar kislorod hosil qiladi (34-rasm).

4OH > O2+2H2O

Shunday qilib, fotosintez jarayonida hosil bo'ladigan va atmosferani boyitadigan molekulyar kislorod manbai suv hisoblanadi. Quyosh energiyasi nafaqat suvni parchalashga balki fosfat kislota va ADF dan ATF larni hosil qilishga ham sarflanadi. Bu juda samarali jarayon: xloroplastlarda kislorodni ishtirokisiz, shu o'simlik mitoxondriyalariga nisbatan 30 marta ko'p ATF sintezlanadi. Shu yo'1 bilan karbonat angidridni biriktirish jarayoni uchun energiya to'planadi. Bu reaksiyalarda ATF va vodorodni ko'chiruvchi organik birikmalardagi vodorod ishtirok etadi.

6C02+18ATF+12 organik birikma H2 > C6H13O6 (glyukoza)+6H2O+ 18ADF+18H3P04+organik birikma



Shunday qilib quyoshning yoruglik eneigiyasi oiganik modda (glyukoza)ning kimyoviy bog'lari energiyasiga aylanadi.
