" 25-.Pardaqanotlilar turkumi: asalarilar


Pardaqanotlilarga asalari, sariq ari, qovogari, yaydoqchilar, chumolilar kiradi.

Asalari oilasi. Asalari oilasida 10000 - 50000, bazan 100000 gacha ishchi arilar, bitta ona ari, bir necha yuz erkak arilar boladi. Asalarilar yogochdan yasalgan maxsus qutilarda boqiladi. Quti ichida ular mumdan old qirrali katakchalarda yashaydi.

Asalarilarning tuzilishi. Ona, ishchi va erkak asalarilar tashqi korinishi bir-biridan farq qiladi. Ona ari va erkak arilar ishchi arilarga nisbatan ancha yirik boladi. Urgochi va ishchi arilar qorin bolimining uchida nashtari boladi. Erkak arilaniing moylovlari va kozi yaxshi rivojlangan; nashtari bolmaydi.

Ishchi arilar - voyaga yetmagan urgochilar. Boshining yon fomonida ikkila miuakkab kozlari, ularning orasida uchta oddiy kozchalar joylashgan. Boshi oldingi tomonida joylashgan ikkita moylovi hid bilish organi hisoblanadi (51-rasm). Arilar gulning nidi va rangini yaxshi farq qiladi. Ularning kozi sariq va kok ranglarni hamda bizning kozimiz ilgay olmaydigan ultrabinafsha nurlarni yaxshi farq qiladi, lekin qizil rangni sezmaydi. Ishchi arilar yuqori jaglari yordamida mumdan kataklar yasaydi va changdonlardan gul changini oladi. Pasrki lab va jaglari ozgarib naysimon xartum hosil qiladi. Ari xartumi bilan gul nektarini soradi. Shu sababli arining ogiz organlari kemiruvchi-soruvchi deyiladi.



51-rasm. Asalarining tuzilishi:

1 - moylovlar; 2 - murakkab koz; 3 - oddiy kozchalar; 4 - bosh; 5 - kokrak; 6 - lab; 7 - soruvchi xartum; 8 - 9 - 10 - oyoqlar; 11 - savatcha; 12 - chotkacha; 13 - nashtar; 14 - qorin; 15  oldingi qanotlar; 16  keyingi qanotlar.



Ishchi ari orqa oyoqlaridagi maxsus savatcha va tukchalar yordamida gul changini yigib oladi. Ari chaqqanda uning nashtari teri ichida uzilib qoladi; mayib bolgan ari esa halok boladi.

AsalariJar oilasining hayoti. Erkak va ona arilar ogiz organlari yaxshi rivojlanmaganligidan mustaqil oziqlanolmaydi. Ishchi arilar uyani tozalash, qoriqlash, ona va erkak arilar hamda qurtlarni oziqlantirish, gul changi va nektar yigish kabi uyadagi va undan tashqaridagi hamma ishlarni bajaradi. Arilar yiggan nektar ularning jigildonida solak bilan aralashib, katakchalarda asalga aylanadi. Ishchi arilar tuxumdan chiqqan qurtlarni gul changi va asal bilan boqadi.

Yangi asalari oilasi may - iyun oylarida gujlanish, yani kochib chiqish orqali paydo boladi. Oziq mol bolganida ona ari uruglangan va biroz uruglanmagan tuxum qoyadi. Uruglanmagan tuxumlardan erkak arilar. uruglangan tuxumlardan esa ishchi arilar rivojlanib chiqadi. Qurtlardan birini ishchi arilar alohida yirik katakda tarbiyalab, undan ona ari yetishtiradi. Yosh ona ari rivojlanib chiqishidan oldin eski ona ari bir toda ishchi arilar bilan birga uyadan chiqadi va biron daraxt shoxiga guj bolib otiradi. Ularni olib boshqa qutilarga joylanadi. Sovuq kunlar tushishi bilan ishchi arilar erkaklarini uyadan quvib chiqaradi va tuynuklarni mum bilan suvab tashlaydi.

Asalarilar tili. Uyadagi ishchi arilar turli harakatlar yordamida ozaro axborot almashinishi asalarilar till deb ataladi. Ishchi ari nektarga boy gulni topganda katakchalar ustida qornini likillatib aylanib, goyo raqsga tushayotgandek harakatlar qiladi. Bunday harakatlar ishchi arilarga nektar yigish uchun qaysi tomonga va qancha masofaga uchib borish kerakligini bildiradi.

Asalarilar tabiatda va inson hayotida katta ahamiyatga ega. Kopchilik osimliklar asalarilar yordamida changlanadi. Asalarilar changlatgan osimliklar mol hosil beradi. Asal qimmatbaho va shifobaxsh oziq hisoblanadi. Uning tarkibida oson hazm boladigan shakar moddalar, organizm uchun juda zarur bolgan har xil minerallar mavjud. Shifokorlar darmonsiz kishilar uchun asal istemol qilishni tavsiya etishadi. Asalari zaharidan tibbiyotda dorivor moddalar tayyorlanadi, mumi esa texnikada ishlatiladi.

Pardaqanotlilar qanotlari pardasimon. Chumolilar cjanoti bolmaydi. Bir qancha pardaqanotlilar qorni uchida nashtari va zahar bezi boladi. Kopchilik pardaqanotlilar jamoa bolib yashaydi. Asalarilar jamoasida bitia ona ari, juda kop ishchi arilar va bir qancha erkaklari boladi. Ishchi arilar uyadagi barcha ishlami bajaradi. Ishchi arilar gullardan jigildonida nektar yigib, katakiarga joylaydi. Nektar ari solagi tasirida kataklarda asalga aylanadi.

DEa`SC3 / 