32-. MADANIY 0'SIMLIKLARNING
VEGETATIV KOPAYISHI

0simliklarni vegetativ yol bilan kopaytirishni odamlar
juda qadim zamonlarda bilgan va hozirgacha undan foydalanib
keladi. Dehqonlar va bogbonlar bunday kopaytirish usuliga
katta etibor beradilar. Juda kop madaniy osimliklar tugunagi,
novdasi va barglaridan kopaytiriladi. Masalan, anjir, anor, tok,

terak, qoraqat, malina, jiyda,
atirgul hamda issiqxonalarda
ostiriladigan gullarning aksariyat
qismi qalamchasidan
kopaytiriladi. Tok qalamchalari
kuzda tok kesish vaqtida tayyorlanadi.
Ular 4550 sm
uzunlikda b o ladi. Tayyor
qalamchalarni bog-bog qilib
nam chuqurga komib qoyiladi.
Bahor kelishi bilan ulami olib dalalarga ekiladi (62-rasm).
img/res/62rasm.png





Vegetativ yol bilan kopayadigan boshqa osimliklar ham shu
usulda kopaytiriladi. Oddiy sharoitda vegetativ yol bilan
kopaymaydigan osimliklar ham keyingi yillarda maxsus
issiqxonalarda qalamchasidan ostirilmoqda. Buning uchun
qalamchalaming pastki uchini malum vaqtgacha maxsus biologik
faol kimyoviy eritmaga botirib qoyib, keyin issiqxonalardagi
qumli nam tuproqqa ekiladi.
Payvandlash deganda bir osimlikning malum qismini
ikkinchi osimlikka turli usullar bilan ornatish tushuniladi.
Payvandlashning juda kop usullari bor (kurtak, iskana va
naycha). Iskana payvand, asosan, erta bahorda, daraxtlarda
shira harakati yurishidan oldin (fevral oyining oxiridan aprel
oyigacha) qilinadi. Payvand uchun maqsadga muvofiq navdan
(payvandusldan) yillik novdalar shira harakati boshlanmasdan
oldin kesib olinib, maxsus salqin joylarda saqlanadi. Payvand
qilish muddati kelishi bilan qalamchalar kattaroq yoshdagi
daraxtlaming shoxlariga yoki tanasiga (yoshroq tuplarga)
omatiladi. Payvand uchun olingan novdalarda 23 tadan kurtak
qoldirilib kesiladi va pastki qismi ponaga oxshatib kesiladi.
Payvandtag tekis arralanib, pona orqali 2 yoki 4 ga ajratiladi.
Tayyor qalamchalar payvandtagdagi yoriqlarga postlogi
postlogiga tegadigan qilib mahkam omatiladi. Shundan song
ponalar olib tashlanadi va qalamcha ornatilgan joyga maxsus
mumsimon modda suriladi yoki mustahkam chiptalar bilan
boylab qoyiladi (63-rasm).
img/res/63rasm.png






Payvandlardan eng kop tarqalgani kurtak payvanddir. Payvandlash
uchun kesib olinadigan kurtakli qalamcha payvandust
deyiladi. Payvand qilish uchun ostirilgan urugkochat payvandtag
deyiladi. Payvandlash uchun kurtaklari tinim davrida
bolgan bir yillik, quyoshda toblangan novdalar kesib olinadi
(64-rasm). Payvandlash uchun dastlab payvandtag postlogi
otkir pichoq bilan һ harfi shaklida kesiladi. Kesilgan joy
postlogi asta-sekin keriladi. Ulanadigan kurtak biroz postloq
va yogochligi bilan birga kesib olinadi va payvandtagdagi ochilgan
postloq orasiga joylanadi, songra 64-rasmda korsatilganidek,
yuqoridan pastga qarab chipta bilan orab boglanadi. Payvand
qilingan kurtaklarning tutgan-tutmaganligi 610 kunda
bilinadi. Kurtagidan payvandlash, asosan avgust oyida otkaziladi.
Vegetativ yol bilan kopayadigan osimliklardan yana biri
qulupnaydir. U, asosan, poyasidan kopayadi. Bitta asosiy
img/res/64rasm1.png







img/res/64rasm2.png






64-rasm. Kurtak payvand:
1kurtagi kesib olinadigan payvandust;
2barg qo'ltig'idan kesib olinadigan kurtak;
3 atrofdagi po'stlog'i va barg bandi bilan kesib olingan kurtak;
4 kurtakni o'rnatish uchun po'stlog'i һ shaklida kesilgan payvandtag;
5po'stloq orasiga kurtakning o'rnatilishi; 6 po'stloq orasiga o'rnatilgan
kurtak; 7chipta bilan bog'langan kurtak;
8 kurtakdan ko'kargan novda payvandtagga bog'langan.

tupdagi poyalarning sudralib osishi hisobiga bir necha tup
qulupnay hosil boladi. Asosiy tupdan osib chiqqan sudraluvchi
yosh poyasi jingalak deyiladi. Yozda qulay sharoitda jingalakdagi
kurtaklardan barg va ildizchali kichik osimlik tupi rivojlanadi.
Avgust oyida yoki kelgusi yil bahorida yosh nihollar boshqa
joyga olib otqiziladi. Bunday osimliklar gultuvaklarda va ochiq
yerda ostiriladigan manzarali osimliklar orasida ham kop uchraydi.
Bundan tashqari, ayrim osimliklarning tugunagi va piyozboshi
kesib yoki bolaklarga bolib ekiladi. Bazi madaniy 0simliklar
parxesh yoli bilan kopaytiriladi (tok, atirgul, qoraqat).
Bunda osimliklar novdasining malum qismi asosiy poyadan
ajratilmagan holda tuproqqa komiladi. Komilgan novda ildiz
hosil qilgandan keyin asosiy poyadan ajratiladi.
Shunday qilib, tez va yuqori hosil olish, yaxshi sifatli navlarni
saqlab qolish hamda kopaytirish maqsadida madaniy
osimliklar vegetativ yol bilan kopaytiriladi.