32-. Xemosintez


Tarkibida xlorofill pigmenti bolmagan ayrim bakteriyalar ham organik birikmalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. Ular anorganik moddalarning kimyoviy reaksiyasi tufayli hosil bolgan energiyadan foydalanadi. Kimyoviy reaksiyalar energiyasini hosil bolayotgan organik birikmalarning kimyoviy energiyasiga aylantirish xemosintez deb ataladi. Bularga bir qator mikroorganizmlar: ammiakni azot kislotaga aylantiruvchi nitrifikator bakteriyalar; ikki valentli temirni uch valentli temirga aylantiruvchi temir bakteriyalari; oltingugurt vodorodini sulfat kislotaga aylantiruvchi oltingugurt bakteriyalarini misol qilib korsatish mumkin. Atmosferadagi azotni ozlaslitiradigan ayrim erimaydigan minerallarni osimlik tomonidan ozlashtiradigan shakllariga aylantiradigan xemosintetik bakteriyalar tabiatda moddalarning aylanishida muhim ahamiyatga ega.

Energiya vodorod, vodorod sulfid, oltingugurt, temir, ammiak, nitrit va boshqa anorganik birikmalarning oksidlanishidan ajralib chiqishi mumkin.

Anorganik moddalardan organik birikmalarni sintez qilish qobiliyatiga ega bolmagan organizmlar, ularni tayyorholda oladi. Bunday organizmlar geterotroflar deb ataladi. Bularga kopchilik bakteriyalar, zamburuglar va barcha hayvonlar kiradi.
