 29-.Tashqi tuzilishi, skeleti. suzgich pufagi


Yashash muhiti va tashqi korinishi. Zogora baliq Orta Osiyoning tog daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi. Uni kol, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryolar ozanida uchratish mumkin. Zogora baliqning kattaligi 1 m gacha, ogirligi 8 - 16 kg gacha boradi.

Zogora va boshqa kopchilik baliqlar tanasi suyri shaklida; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq boladi (58-rasm). Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qoshilib kelgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekanligini va uning harakatlanayotgan jismga koproq qarshilik korsatishini bilasiz. Shuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning qarshiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi.




Suzgichlari. Zogora baliq tanasini ongga va chapga biroz bukib, suzgichlari yordamida oldinga qarab suzadi. Baliqning toq (orqa, dum, anal) va juft (kokrak, qorin) suzgichlari mavjud. Dum suzgichi ikkiga ajralgan. Anal suzgichlari dumining ostida joylashgan. Suzgichlari yupqa ten pardadan va uni tutib turadigan suzgich yoylardan iborat. Oldingi tomonga suzishda dum suzgichlari katta ahamiyatga ega. Baliqlarning juft suzgichlari tanasini muvozanatga solib turish va harakatlanganida burilishiga yoki toxtashiga, shuningdek, oldinga qarab asta-sekin suzishiga yordam beradi.

Terisi. Terisi tangachaiar bilan qoplangan. Tangachalaraing oldingi qirrasi teriga botib kiradi, keyingi qirrasi ozidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi. Tangachaiar baliq tanasini tashqi tasirdan himoya qiladi, lekin uning suzishiga xalaqit bermaydi. Baliq osgan sayin tangachaiar ham yiriklasha boradi. Tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin. Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqaradigan yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.

Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bogliq. Chuchuk suv havzalarida yashaydigan kopchilik baliqlar tanasining orqa tomoni balchiq rangiga oxshash toq yashil, qorin tomoni oqish boladi. Shu sababli suv tubida suzayotgan baliqni yuqoridan qarab payqab olish qiyin. Suv yuzasidagi baliqni pastdan qaralganda suv qatlamining oqish rangidan ajratib boimaydi. Gavda rangi atrof-muhitga mos bolganida hayvonlar yirtqichlar koziga tashlanmaydi. Bu hodisa himoya rangi deyiladi. Siz otgan darslardan hasharotlar himoya rangiga ega bolishini bilasiz.

Skeleti. Zogora baliq skeleii asosini tana boylab otadigan umurtqa pogonasi tashkil etadi (59-rasm). Umurtqa pogonasi chala harakatchan birikkan 39 - 42 ta umurtqalardan iborat. Har bir umurtqaning tanasida bir juftdan ustki va ostki yoylar bor. Ustki qarama-qarshi yoylar ozaro tutashishi tufayli ular orasida umurtqa nayi hosil boladi. Bu nayning ichida orqa vniya joylashgan. Tana bolimidagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurgalar birikadi. Qovurgalarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin yotadi. Dum umurtqalarida qovurgalar bolmaydi; ular ostida uzun qiltanoq suyakchalar joylashgan. Umurtqa pogonasi kalla suyagi bilan harakatsiz birikkan.



Suzgichlar skeleti suzgich yoylari va ular kamari suyaklaridan iborat. Kamar suyaklar umurtqa pogonasiga tutashmaganligi bilan boshqa umurlqalilardan farq qiladi.

Bosh skeleti bosh miyani himoya qilib turadigan miya qutisi, ogiz boshhgini orab turadigan jaglar, jabra ravoqlari va jabra qopqoqlari suyaklaridan iborat.

Skelet muskullar uchun tayanch, ichki organlarni hiraoya qilish vazifasini bajaradi.

Muskullari baliq terisi ostida joylashgan bolib, suyaklarga birikkan. Muskullarning qisqarishi va boshashishi tufayli baliq tanasini egib harakadanadi. Baliqlar gavdasining orqa tomonida va dumida joylashgan muskullar kuchli rivojlangan.

Suzgich pufagi qorin boshligida ichagining ustida joylashgan. Pufak ortasidan tortilib ikkiga bolingan, gaz bilan tolgan kumushrang xaltachadan iborat. Suzgich pufagi ichak bilan ingichka naycha orqali tutashgan boladi. Tuxumdan chiqqandan 2-3 kun otgach, lichinka suv yuzasiga kotarilib, atmosfera havosi bilan suzgich pufagini toldirib oladi.

Pufak yuzasi kapillar qon totnirlari bilan qoplangan. Baliqning suv yuzasiga kotarilishi yoki suv tubiga tushishi suzgich pufagi hajmining ozgarishi bilan bogliq. Suzgich pufagining kengayishi qondan ajralib chiqadigan gazlarning pufakni toidirishi bilan bogliq. Pufak gazga tolganida baliq yuqoriga kotariladi. Gazlar pufakdan ingichka nay bilan ichakka, undan jabra yoriqlari orqali suvga chiqqanida pufak puchayadi. Tanasi birmuncha ogirlashgan baliq suv tubiga tushadi. Suzgich pufagining hajmi ozgarmasa, baliq muayyan chuqurlikda muallaq turadi.

Suzgich pufagi tovushni kuchaytiradigan rezonator vazifasini ham bajaradi. Bu esa tovushni yaxshiroq eshitish imkonini beradi.

Baliqlarning tashqi tuzilishi va tanasining rangi suvda yashash va harakatlanishga moslashgan. Gavdasining suyri shakli, ikki yon tomondan yassilashganligi, boshining tanasiga harakatsiz qoshilganligi, terisrning shilimshiq modda bilan qoplanganligi baliqning suv qarshiligini yengishiga yordam beradi. Baliqlar ikki juft va uchta toq suzgichlari yordamida suzadi. Gavdasi rangining atrof-niuhit rangiga mos bolishi ularning yirtqich hayvonlar koziga tashlanmasligiga yordam beradi.

xPk`SC3 2 