 30-.Baliqlarning ichki tuzilishi


Hazm qilish sistemasi. Zogora baliq suvda yashovchi mayda umurtqasiz hayvonlar, tuban suv otlari, yashil osimliklarning yosh novdalari va barglari bilan oziqlanadi. Hazm qilish sistemasi ogiz boshligi, halqum, qizilongach va ichakdan iborat (60-rasm). Halqumda uch qator tishlar joylashgan. Tishlar yordamida maydalangan oziq kalta qizilongach orqali ichakka tushadi. Zogora baliqning oshqozoni bolmaydi, ichakning oldingi qismi oshqozon vazifasini bajaradi. Ichak boshligiga oshqozonosti bezining hazm qilish shirasi va jigar ishlab chiqaradigan ot suyuqligi ajraladi. Ot suyuqligi ot pufagida toplanadi. Hazm shirasi va ot suyuqligi tasirida hazm bolgan moddalar ichak devori orqali qonga soriladi.



Nafas olish sistemasi jabralardan iborat. Baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Ular ogzi orqali yutilgan suvni jabra teshiklari orqali chiqarib turadi. Jabralar jabra ravoqlari (yoylari)dan iborat. Har bir ravoqning keyingi tomonida och qizgish tusli varaqlari, oldingi tomonida jabra qilchalari joylashgan (61-rasm). Jabra qilchalari suv bilan oqib keladigan oziqning tashqariga chiqib ketishiga yol qoymaydi. Jabra varaqlari juda mayda kapillar qon tomirlari bilan qoplangan. Jabralardan otayotgan suvdan kislorod jabra varaqlari kapilyarlaridagi qonga shimiladi; karbonat angidrid esa qondan suvga ajralib chiqadi. Kislorod kam bolgan suvda baliq uzoq vaql yashay olmaydi. Shuning uchun qahraton qishda muz tagiga kislorod otmasligi yoki issiq yozda iliq suvda kislorod kam erishi tufayli baliqlar koplab halok boladi.



Qon aylanish sistemasi yurak, qorin va orqa aortalari, arteriya, vena va kapilyar qon tomirlaridan iborat. Yuragi ikki kamera: yurak qorinchasi va bolmasidan iborat. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari arteriyalar, yurakka keladigan qon tomirlari venalar deyiladi. Zogora baliqning yuragi jabralardan orqaroqda joylashgan (62-rasm).

Baliqiarning qon aylanish sistemasi ham tutash boladi. Yurak bolmasi va qorinchasining galma-gal qisqarishi tufayli qon yurak bolmasidan qorinchasiga, undan esa - qorin aortasiga chiqariladi. Qon qorin aortasidan jabralarga olib boruvchi arteriyalarga otadi. Jabralarda arteriyalar juda mayda kapillarlarga ajraladi. Kapillarlardagi qon karbonat angidridni suvga chiqarib, kislorod bilan boyiydi. Kislorod bilan boyigan qon arteriya qoni deyiladi. Bunday qon qip-qizil boladi. Arteriya qoni jabralardan chiqib, umurtqa pogonasi ostidan butun tana boylab otadigan orqa aortaga keladi. Orqa aorta organlar yaqinida arteriyalarga, tana organlarida esa mayda kapilyarlarga ajraladi. Kislorod va ichakdan sorilgan oziq moddalar kapilyarlar devori orqali toqimalarga, karbonat angidrid va moddalar almashinuvi mahsulotlari esa toqimalardan qonga otadi. Toqimalarda qon karbonat angidrid bilan toyinib toq qizil rangli vena qoniga aylanadi va vena qon tomirlariga toplanib, yurak bolmasiga quyiladi.



Ayirish sistemasi. Toqimalarda hosil boladigan moddalar almashinuvi mahsulotlari ikkita tasmasimon qongir-qizgish buyraklar yordamida qondan filtrlanib, siydikni hosil qiladi. Siydik ikkita siydik yoli orqali qovuqqa, undan anal teshigi orqasida joylashgan maxsus teshik orqali tashqariga chiqarib yuboriladi (60-rasmga qarang).

Moddalar almashinuvi. Moddalar almashinuvi jarayonida tashqi muhitdan olingan oziq moddalardan organism uchun zarur bolgan moddalar hosil boladi. Bu moddalar organizmning osishi, nasl qoldinshi va barcha hayotiy jarayonlarini taminlashga sarf boladi. Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi. Ular tanasi harorati doimiy bolmasdan, atrof-muhit harorati tasirida ozgarib turadi.

Baliqlar ozigi ichakda hazm shirasi va ot suyuqlaigi tasirida hazm boladi. Baliqlar jabralar yordamida suvda erigan kislorod yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi bitta doiradan iborat. Yuragi ikki kamerali. Ayirish sistemasi bir juftdan. Buyragi tasmasimon, chiqarish teshigi bor. Baliqlar - sovuqqonli hayvonlar, ularning tana harorati tashqi muhit tasirida ozgarib turadi.

tJ[aSC3 C 