
 36- . Qalqonsimon, qalqon orqa va ayrisimon bezlar

? Funksiyasi va ahamiyati

Qalqonsimon bez. Bu bez boyinning oldingi qismida joylashgan bolib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5 - 10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25 - 30 g gacha boladi (56- rasm).
Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi. Tiroksinning 65% dan koprogi yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal otishida muhim rol oynaydi. U yurak ishining gumoral yol bilan boshqarilishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning osishi va rivojlanishida, asab tizimi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega.

57-rasm. 8 yoshli ogil bolada tireotoksikoz (Bazedov) kasalligining korinishi: kozlari chaqchaygan, qalqonsimon bezi kattalashgan, ozi ozgin.

Gipotireoz, yani qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tugUgandan keyin turli yoshlarda va, hatto, katta odamda ham ayrim sabablarga kora yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning ogir korinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, yani esda saqlash, ozlashtirish qobiliyati pasayadi.
Endemik buqoq. Bazi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foydalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam boladi. Shuning uchun bu joylarda yashovchi aholi ortasida endemik buqoq kop uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, boyinning oldingi qismida shish (buqoq) hosil boladi.
Tireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining kuchayishi, tiroksin gormoni normadan kop sintezlanishi natijasida sodir boladigan kasallikdir. Uni aniqlagan olimning nomi bilan Bazedov kasalligi deb ham yuritiladi (57- rasm). Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, bazan boyinning oldingi sohasi bortib chiqadi. Bemorda kozning chaqchayishi, kop terlash, asabiylashish, uyqusizlik, ozish, yurak oynash holatlari sodir boladi.
Kasallik oz vaqtida davolanmasa, bemor asabiylashadi, juda ozib ketadi. Kasallikning ogir turida bemor jarrohlik yoli bilan davolanadi (qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi).
Qalqon orqa bezi. Bu bez tortta bolib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy ogirligi 100 - 150 mg ni tashkil qiladi.
Qalqon orqa bezlaridan paratireoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy-fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv-muskul tizimining qozgaluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qollari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch tokiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan, mort bolib qoladi, nerv-muskul sistemasining qozgaluvchanligi ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, yani tutqanoq (tetaniya) holati yuzaga keladi.
Qalqon orqa bezlarining funksiyasi ortib, paratgormon ishlab chiqarilishi kopaysa, nerv-muskul sistemasining qozgaluvchanligi pasayib, tana muskullari boshashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi.
Ayrisimon bez. Bu bez tosh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bolib, to balogatga yetish davrigacha, yani 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. Songra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boradi.
Ayrisimon bez timozin gormonini ishlab chiqaradi. U bolalarning osishiga ijobiy tasir korsatadi, jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolaning balogatga yetishini susaytiradi. Bundan tashqari, timozin limfotsitlar hosil bolishini kuchaytirib, organizmning immunitet xususiyatini oshiradi.


WOjaSC% + 