39-. Urug'lanish


Urug'lanish (otalanish) urg'ochi va erkak gametalarning - xromosomalarning gaploid to'plamiga ega bo'lgan hujayralarning bir-biriga qo'shilish jarayonidir. Urug'langan tuxum hujayra zigota deb ataladi. Zigotada xromosomalar to'plami diploid bo'ladi, chunki u ikkita gaploid gametaning qo'shilishi natijasida yuzaga keladi.

Zigota yadrosida xromosomalarning hammasi yana juft bo'lib qoladi; har bir juft gomologik xromosomaning bittasi ota, ikkinchisi ona xromosoma bo'ladi. Demak, urug'lanish vaqtida organizmlar har bir turning somatik hujayralari uchun xarakterii bo'lgan xromosomalarning diploid to'plami tiklanadi.

Hayvonlarda umgianish. Ko'pgina suv hayvonlari yoki suvda ham quruqda yashovchilarda urug'lanish bevosita suv bilan bogiiq. Bu hayvonlarko'payish davrida juda ko'p tuxum hujayra va spermatozoidini suvga chiqaradi.

Suv orqali spermatozoid tuxum hujayra ichiga kirib uni urug'lantiradi. Bu tashqi urug'lanish deyiladi. Quruqlikda yashaydigan hayvonlarda esa ichki urug'lanish kuzatiladi.

Urug'lanish jarayonida avval spermatozoid tuxum hujayraga yaqinlashadi, uning bosh qismidagi fermentlar ta'sirida tuxum hujayra qobig'i erib, kichik teshikcha paydo bo'ladi. Bu teshikcha orqali spermatozoid yadrosi tuxum ichiga kiradi. Keyin har ikkala gametaning gaploid yadrolari qo'shilib, umumiy diploid yadro hosil bo'ladi, so'ngra bo'linish va rivojlanish boshlanadi.

Ko'pchilik holatlarda bitta tuxum hujayrani faqat bitta spermatozoid urug'lantiradi. Ba'zi hayvonlarda tuxum hujayraga ikki yoki bir nechta spermatozoid kirishi mumkin. Lekin ularni urug'lantirishda faqat bittasi qatnashadi, boshqalari esa nobud bo'ladi.

O'simliklarda urug'lanish. o'simliklarda urg'ochi va erkak gametalarning rivojlanishi va urug'lanish xuddi hayvonlardagi kabi urg'ochi va erkak jinsiy organlarida o'tadi (49-rasm).

Yopiq urug'li o'simlik (gulli o'simlik)larda urug'lanish va urug'ning rivojlanishiai ko'rib chiqamiz. Yopiq urug'li o'simliklarda erkak gametalari chang donachasida yetiladi. Chang donachasi ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi vegetativ hujayra, maydasi esa generativ hujayra deyiladi. Vegetativ hujayra o'sib uzun, ingichka naychani vujudga keltiradi. Generativ hujayra vegetativ naycha ichida ikkiga bo'linib, ikkita spermiy hosil qiladi. Chang naychalari tez o'sib, urug'chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga kiradi va tuguncha tomon yo'naladi. Chang naychalari turli tezlikda o'sadi. Lekin shulardan faqat bittasi boshqalaridan o'zib ketib, tuguncha ichidagi urug'kurtakka yetib boradi va uning ichiga kiradi. Spermiyning biri tuxum hujayra bilan qo'shilib, diploid zigota hosil qiladi, undan murtak rivojlanadi. Ikkinchi spermiy markaziy diploid hujayra bilan qo'shiladi va natijada yadrosi triploid, ya'ni uchta xromasoma to'plamiga ega boigan yadroli yangi hujayra bunyodga keladi. Undan endosperm rivojlanadi.

Yopiq urug'lilarda triploid cndospcrm, rivojlanib borayotgan murtak uchun zaxira oziq materialidir. Binobarin, gulli o'simliklarda qo'sh urug'lanishning mohiyati shundan iboratki, bir spermiy tuxum hujayra bilan qo'shilib murtakni, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo'shilib esa endospermni hosil qiladi.



Gulli o'simliklardagi qo'sh urug'lanish hodisasini 1898 yilda akademik S.G. Navasbin kashf etgan, endospermning triploid tabiatini esa uning o'g'li M.S. Navashin 1915 yilda ochgan.

Bu kashfiyot gulli o'simliklar juda katta guruhning butun rivojlanish jarayonlarini tushunish va o'rganish uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.
