 3 - . Toqimalar, organ va organlar sistemasi
? Turlari va funksiyasi
Kelib chiqishi, tuzilishi, funksiyasi, hayotiy jarayonlari, bir-biriga oxshash bolgan hujayralar toplami toqima deb ataladi. Odam organizmida 4 xil: epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv toqimalari boladi..

Epiteliy (qoplovchi) toqima. Bu toqima terining ustki yuzasini, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish organlari va hokazolarning ichki yuzasini qoplab turadi. Buni ichki organlar pardasi yoki shilliq qavati deb ham ataladi.
Epiteliy toqima joylashishi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga kora bir necha xil boladi: shakli yassi (yapaloq), kubsimon, silindrsimon, bir qavatli, kop qavatli va hokazo. Yassi toqima teri ustini qoplab turadi, kubsimon toqima buyrakda, silindrsimon toqima ichakning ichki qavatida, tuksimon toqima burun boshligining ichki yuzasida joylashgan.
Epiteliy toqima joylashishiga qarab har xil vazifani bajaradi: terining ustki qismini va burun boshligini qoplab turgan epiteliy toqimalari himoya vazifasini bajaradi; meda-ichaklarning ichki yuzasidagi epiteliy toqima ovqat hazm qilishda ishtirok etadi.
Epiteliy toqimalarning xarakterli belgisi shuki, u ozaro zich joylashgan hujayralardan iborat. Epiteliyda hujayralararo modda bolmaydi yoki juda kam boiadi. Epiteliy toqimasi tez kopayish xususiyatiga ega. Shuning uchun ulardan tuzilgan organlar jarohatlansa tez tuzalib ketadi.
Biriktiruvchi toqima. Biriktiruvchi (qoshuvchi) toqima tuzilishi va shakliga kora xilma-xildir, ularning hujayralari orasida hujayralararo moddalar boladi. Bu toqimaga suyaklar, qon, limfa, togay va paylar kiradi.

Biriktiruvchi toqima joylashishiga va bajaradigan vazifasiga kora turli xususiyatlarga ega. Masalan, pay va togaylar tarkibidagi biriktiruvchi toqima hujayralari orasida elastik tolalar koproq. Shuning uchun ular chozilish, bukilish, tortilish kabi tasirlarga chidamli boladi. Biriktiruvchi toqimalar muskul va suyaklarni ozaro tutashtirib turadi. Qon oziq va kislorodni barcha organiarga yetkazib beradi.
Muskul toqimasi. Muskul toqimasi uch xil boladi: kondalang targil, silliq tolali va yurak muskullari. Muskul hujayralarida miofibril tolachalar bolib, ular muskul tolasining qisqarish-yozilish xususiyatini taminlaydi. Kondalang targil, yani skelet muskullari odam tanasining tashqi sohasida joylashib, suyaklarga birikib turadi. Shuning uchun ular skelet muskullari deb ataladi.
Skelet muskullarining harakati odam ixtiyoriga bogliq. Shuning uchun biz qol, oyoq, bosh kabi organlarimiz bilan xohlagan harakatni bajaramiz. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shugullanilsa, skelet muskullari yaxshi rivojlanadi.
Silliq tolali muskullar duksimon tuzilgan bolib, tolasi juda kalta  0,1 mm atrofida. Bu muskullarning hujayrasida bitta yadro va sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bolgan kalta-kalta miofibril ipchalari boladi. Silliq muskullar nafas olish organlari, oshqozon-ichak, siydik chiqarish yollari, qon va limfa tomirlari devorida joylashgan. Bu muskullarning faoliyati odam ixtiyoriga bogliq emas, yani ular odam tinch turganda, uxlagan vaqtda ham qisqarib-boshashib, oz vazifasini bajaraveradi.
Yurak muskullari tuzilishiga kora kondalang targil muskullarga oxshasa ham, lekin birmuncha murakkabroq boladi. Ish faoliyati jihatidan silliq muskullar singari odam ixtiyoriga bogliq emas.
Muskul toqimasining asosiy xususiyati qozgaluvchanlik va qisqaruvchanlik hisoblanadi. Muskul toqimasi nerv sistemasidan kelgan tasir natijasida qozgaladi va unga qisqarib javob beradi.
Nerv toqimasi. Nerv toqimasi bosh va orqa miyani tashkil etadi. U odam organizmining barcha toqima va organlari ishini boshqaradi. Nerv toqimasi ikki xil hujayradan: nerv hujayrasi, yani neyron va neyrogliyadan tashkil topgan.
Nerv hujayrasi (neyron) bajaradigan vazifasiga kora ikki xil: sezuvchi va harakatlantiruvchi boladi. Neyron har xil shaklga ega (doirasimon, yulduzsimon, oval, noksimon va hokazo). Uning hajmi ham turlicha (4130 mikrongacha) boladi. Boshqa hujayralardan farqi shundaki, unda membrana, sitoplazma va yadrodan tashqari, bitta uzun va bir nechta kalta osimtalar ham bor. Uzun osimtasi akson, kalta osimtasi dendrit deb ataladi.
Sezuvchi neyronning uzun osimtalari bosh va orqa miyadan chiqib, tananing barcha toqima va organlariga boradi va ulardan ichki-tashqi muhit tasirlarini qabul qilib, markaziy nerv sistemasiga otkazadi.
Harakatlantiruvchi neyronning uzun osimtalari ham bosh va orqa miyadan chiqib, tananing skelet muskullariga, ichki organlarning silliq muskullariga va yurakka borib, ularning harakatlanishini boshqaradi.
Nerv hujayralarining kalta osimtalari va orqa bosh miyadan tashqariga chiqmaydi, ular bir hujayrani uning atrofidagi boshqa nerv hujayralari bilan boglab turadi.
Nerv toqimasining asosiy xususiyati qozgaluvchanlikdir. Tashqaridan berilgan tasir natijasida nerv hujayrasi qozgaladi va tasirni ish bajaruvchi organga uzatadi.
Neyrogliya. Bu ham nerv toqimasining tarkibiga kiruvchi hujayra bolib, orqa va bosh miya nerv hujayralari atrofida joylashadi, nerv hujayralarini oziqlantirish vazifasini bajaradi.
Organlar. Malum funksiyani bajarishga moslashgan turli xil hujayralar va toqimalar toplami organni tashkil qiladi. Har bir organ odam organizmi uchun muhim bolgan aniq bir vazifani bajaradi. Masalan, yurak organizmda qon aylanishini taminlaydi. Opkalar nafas olish va nafas chiqarish orqali organizmning barcha hujayra va toqimalarini kislorod bilan taminlaydi. Buyraklar esa organizmda moddalar almashinuvi natijasida hosil bolgan qoldiq moddalarni tashqariga chiqaradi.
Organlar sistemasi. Bir xil vazifani bajaruvchi bir nechta organlar yigindisi organlar sistemasi deb ataladi. Masalan, nafas olish organlari sistemasi: burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar hamda ong va chap opkalardan tashkil topgan.
Organizm. Yuqorida aytilganlardan malumki, odam organizmi murakkab biologik sistema bolib, u hujayralar, toqimalar, organlar va organlar sistemasidan tashkil topgan. Organizm nechogli murakkab tuzilganligiga qaramay, uning barcha toqima va organlari bir-biri bilan uzviy boglangan holda ishlaydi. Bu boglanish nerv va gumoral yol bilan boshqariladi. Shuning uchun odam organizmi, uning barcha hujayra, toqima va organlari bir butun deb ataladi.

pAceSC% $  