 XI bob. NERV SISTEMASI
38- . Nerv sistemasining ahamiyati va tuzilishi
Nerv sistemasi odam organizmining barcha hujayra, toqima va organlarining ishini boshqarish, tartibga solish hamda ularning bir-biri bilan ozaro boglanishini taminlashdan iborat. U odamning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan muomalasini, organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvini taminlaydi. Nerv sistemasi ikki qismdan iborat: markaziy va periferik nerv sistemasi.
Markaziy nerv sistemasiga orqa va bosh miya kiradi (59- rasm). Periferik nerv sistemasiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan
12 juft nervlar hamda umurtqa pogo-nasi atrofida va ichki organlarda joylash-gan nerv tugunlari kiradi.

Bajaradigan funksiyasiga kora, nerv sistemasi ikki qismga bolinadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi. Somatik nerv sistemasi odam tanasining sezgi organlari, skelet muskullari ishini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon ayla-nish, ovqat hazm qilish, ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya bezlari ishini boshqaradi.
Orqa miya. Orqa miyaning tuzilishi. Orqa miya umurtqa pogonasi kanalida joylashgan bolib, uzunligi katta odamda 40-45 sm, massasi 30-40 g boladi


Orqa miyada 13 mln. dan proq nerv hujayralan bor. Orqa miya uch qavat parda bilan  ralgan. Tashqi qavati qattiq, orta qavati orgimchak torsimon va ichki qavati yumshoq parda boladi. Orta va ichki parda orasida orqa miya suyuqligi boladi. Orqa miyaning yuqori qismi birinchi boyin umurtqasiga togri keladi va bosh miyaning pastki qismi bolgan uzunchoq miyaga tutashadi, pastki qismi 1-, 2-bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan pastga ip shaklida davom etadi, ipning yuqori qismida nerv hujayralari bolib, ipning uchi umurtqa pogonasining dum qismida tugaydi (61- rasm).
Orqa miya 31-33 ta segmentdan iborat. Shularning 8 tasi boyin qismida, 12 tasi kokrak, 5 tasi bel, 5 tasi dumgaza va 1-3 tasi dum qismida boladi. Orqa miya kondalangiga kesilsa, u ikki xil moddadan: tashqi qismi oq modda, ichki qismi kulrang moddadan tuzilganligi korinadi. Kulrang modda nerv hujayralaridan, oq modda nerv tolalaridan tashkil topgan. Bu tolalar orqa miyaning turli segmentlaridagi nerv hujayralarini bir-biriga va ularni bosh miyaning nerv hujayralari bilan tutashtiradi. Bu nerv tolalari orqa va bosh miya nerv markazlaridan impulslarni bir-biriga otkazish funksiyasini bajaradi (62- rasm).



Orqa miya ikki xil: reflektor va otkazuvchilik funksiyasini bajaradi.
Orqa miyaning reflektor funksiyasi reflekslar hosil qilishdan iborat. Refleks  nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan tashqi va ichki muhit tasiriga organizmning javob reaksiyasidir. Refleks markaziy nerv sistemasining asosiy va maxsus funksiyasi hisoblanadi. Odam organizmining barcha faoliyati reflekslar orqali amalga oshadi. Masalan, ogriqni sezish, qol va oyoqlarning harakati, nafas olish va chiqarish, kozni yumish va ochish kabilar.
Refleks yoyi. Har bir refleksning refleks yoyi bolib, u quyidagi qismlardan iborat: 1) retseptor  toqima va organlarda joylashgan bolib, tashqi va ichki muhit tasirini qabul qilib qozgaladi; 2) sezuvchi nerv tolasi  retseptorning qozgalishidan hosil bolgan impulsni nerv markaziga yetkazadi; 3) nerv markazi  miyada joylashgan sezuvchi, oraliq va harakatlantiruvchi nerv hujayralaridan iborat; 4) harakatlantiruvchi nerv tolasi  nerv markazidagi qozgalishni ishchi organga yetkazadi; 5) ishchi organ  muskul, bez, qon tomirlari va hokazo.
Orqa miya reflekslari. Odamda orqa miyaning harakatlantiruvchi refleksini quyidagi tajribada kuzatish mumkin. Buning uchun tekshiriluvchi odam stulda oyoqlarini chalishtirib otiradi. Uning yuqorida turgan oyogining tizza payiga maxsus rezina bolgacha bilan sekin urganda, yuqoridagi oyoq silkinib kotariladi. Bu tizzaning harakat refleksini korsatadi. Tizza refleksi quyidagi refleks yoyi bo-yicha hosil boladi: retseptor sezuvchi nerv tolasi  sezuvchi nerv hujayrasi, oraliq nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv hujayrasi, harakatlantiruvchi nerv tolasi, muskul (63- rasmga qarang).
Bu uning otkazuvchanlik funksiyasidir. Tananing turli joylaridagi retseptorlardan sezuvchi nerv tolalari orqali orqa miya nerv markazlariga kelgan impuls uning oq moddasida joylashgan otkazuvchi nerv yollari orqali bosh miyaning nerv markazlariga otkaziladi. Bosh miyaning nerv markazlarida hosil bolgan qozgalish pastga tushuvchi otkazuvchi nerv yollari orqali orqa miyaning shunga taalluqli nerv markazlariga keladi va undan ishchi organlarga otkaziladi.
Shuni alohida takidlash kerakki, yuqoriga kotariluvchi va pastga tushuvchi, otkazuvchi nerv yollari bosh miyaning pastki qismlarida kesishadi. Bosh miyaning ong yarimsharlardagi nerv markazlaridan kelayotgan nerv tolalari chap tomonga, chap yarimsharniki esa ong tomonga otadi. Buning natijasida ong yarimshar tananing chap tomonidagi toqima va hujayralar funksiyasini boshqaradi, chap yarimshar esa ong tomonidagi toqima va organlar funksiyasini boshqaradi.
Orqa miyaning har qaysi segmentida joylashgan nerv markazlari (nerv hujayralari toplami) tananing turli sohalaridagi toqima va organlarning sezuvchanligini hamda harakatini taminlaydi:
? orqa miyaning boyin segmentida joylashgan nerv markazlari tananing bosh sohasidan to kokrakning 5- qovurgasigacha, qolning tashqi yuzasi, kaft va barmoqlarning terisi hamda muskullarining sezish va harakatlanish funksiyasini taminlaydi;
? orqa miyaning kokrak segmentida joylashgan nerv markazlari kokrak qafasining 5- qovurga sohasidan boshlab, to qovuqqa qadar va qolning ichki yuzasi teri va muskullarini hamda shu sohada joylashgan ichki organlarning sezish va harakatlanish funksiyasini taminlaydi;
? orqa miyaning bel segmentida joylashgan nerv markazlari tananing qovuq sohasidan boshlab, to oyoqlarning oldingi yuzasi va oyoq barmoqlarigacha bolgan toqima va organlarning sezish va harakatlanish funksiyasini boshqaradi;
? orqa miyaning qaysi bir segmentida joylashgan nerv hujayralari va ularning nerv tolalari shikastlansa yoki kasallansa, osha joydagi nerv markazlaridan taminlanadigan toqima va organlarning sezish va harakatlanish funksiyasi yoqoladi, shu toqima yoki muskul falajlanib qoladi.Orqa miya ikki xil: reflektor va otkazuvchilik funksiyasini bajaradi.


eWceSC% K 