; 35-.Kol baqasining tashqi tuzilishi va skeleti


Yashash muhiti va hayot kechirishi. Kol baqasi yer yuzida keng tarqalgan, faqat sovuq shimoliy mintaqalarda va baland togli hududlarda uchramaydi. Yilning iliq mavsumlarida uni sernam joylarda, chuchuk suv havzalari va ular yaqinida uchratish mumkin. Hayolining kop qismini quruqlikda otkazsa-da, suvdan hech qachon nari ketmaydi. Baqa ariqlar tubidagi balchiqqa komilib yoki suv ostidagi osimliklar orasida, daraxtlar ildizi yaqinidagi kaovaklarda qishki uyquga ketadi.

Kol baqasi kunduz kunlari qirgoq yaqinida ov qiladi. U qongiz, pashsha, chivin, orgimchak kabi mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ovga chiqqan baqa qimirlamay oljani poylab yotadi. Baqalar faqat harakatlangan oljanigina payqaydi. Baqa ogzidan uzun yopishqoq tilini chiqarib, olgani tili bilan yopishtirib oladi.

Tashqi tuzilishi. Baqaning gavdasi yapaloq, katta yassi boshi tanasiga chegarasiz qoshilib ketganligidan boyni bilinmaydi. Boshi tanasiga harakatchan birikkanligi bilan baliqlardan farq qiladi (69-rasm). Boyni qisqa bolsa ham, baqa boshini har tomonga buradi va ega oladi. Boshining ikki yoniga bortib chiqqan kozlarini yuqoridan va pastdan harakatchan qovoqlar himoya qiladi. Qovoqlar kozni namlab, uni qurib qolishdan saqlaydi. Bir juft burun teshigi kozlarining oldida joylashgan. Burni hid bilish va havo otkazish vazifasini bajaradi. Burun boshligi ogiz boshligi bilan tutashgan. Baqa va boshqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar atmosfera havosi bilan nafas oladi. Havo burun teshiklari orqali opkaga otadi. Burni va kozlari boshining ustki qismida joylashgan. Baqa faqat burni va kozini suvdan chiqarib, atrofni kuzalib turadi. Baqa suv ostiga shongiganida maxsus klapanlar uning burun teshigini bekitib, nafas yoliga suv otkazmaydi.




Baqa kozining orqa tomonida joylashgan nogora pardasi eshitish organi hisoblanadi. Erkak baqalar boshining ikki yonida tovushni kuchaytiradigan kutrang pufaklar - rezonatorlar boladi. Baqalar urchish davrida vaqillagan ovoz chiqaradi.

Baqa va hamma quruqlikda yashovchi xordalilarning ikki juft yurish oyoqlari rivqjlangan. Oldingi oyoqlari, yelka, bilak va panja; orqa oyoqlari son, boldir va tovon bolimlariga bolinadi. Baqaning oldingi oyoqlari tort barmoqli bolib, beshinchi barmogi rivojlanmagan. Orqa oyoqlarining besh barmoqlari orasida tarang tortilgan suzgich pardasi bor. Orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun va baquvvat boladi. Quruqlikda baqa orqa oyoqlariga tayanib sakraydi, suvda esa orqa oyoqlarini dam-badam bukib va yozib suzadi.

Baqaning terisida shilimshiq suyuqlik ishlab chiqaruvchi bezlar boladi. Bu suyuqlik uning terisini namlab, qurib qolishdan saqlaydi.

Skeleti va muskullari. Baqa skeletining asosiy bolimlari zogorabaliqnikiga oxshash suyaklardan iborat (70-rasm). Biroq quruqlikda hayot kechirishga moslanishi va oyoqlarining paydo bolishi tufayli skeleti tuzilishida qator oziga xos xususiyatlar yuzaga kelgan. Xususan. umurtqa pogonasi boyin umurtqasi orqali kalla suyagi bilan harakatchan qoshilgan. Baqa skeletida kokrak umurtqalari bilan boglanadigan qovurgalar rivojlanmaganidan kokrak qafasi ham bolmaydi. Dum umurtqalari birlashib. bitta uzun dum suyagini hosil qiladi.



Baqaning oldingi va orqa oyoqlari skeleti kamar suyaklari orqali umurtqa pogonasi bilan tutashgan. Oldingi oyoqlar skeleti bitta yelka, ikkita bilak va bir qancha panja suyaklaridan iborat. Ular yelka kamari: ikkitadan kokrak tirgak, omrov va kurak suyaklari orqali umurtqa pogonasiga birikadi. Kamar suyaklarining ikkinchi uchi tosh suyagiga tutashgan, Orqa oyoqlar son, boldir, tovon, panja suyaklaridan iborat. Orqa oyoqlar kamarini ozaro harakatsiz birikkan uchta chanoq suyaklari hosil qiladi. Chanoq suyaklari orqa oyoqlar uchun tayanch boladi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar oldingi va orqa oyoqlarining barcha suyaklari ozaro bogimlar orqali harakatchan birikkan; muskullari nisbatan kuchli rivojlangan. Shuning uchun ularning harakati baliqlarnikiga nisbatan xilma-xil va murakkab boladi.



Baqaning yapaloq gavdasi ikki juft oyoqlari, qovoqlarining rivojlanganligi quruqlik muhitiga moslashganligini korsatadi. Terisining yupqa va nam bolishi hamda terining nafas olishda ishtirok etishi esa uning nam sharoitga moslashganligini rsatadi.

Baqa skeleti bosh, umurtqa pogonasi, oyoqlar va ular kamari skeletidan iborat. Baqaning qovurgalari rivojlanmaganligi tufayli kokrak qafasi ham bolmaydi. Dum umurtqalari qoshilib bitta dum suyagini hosil qiladi. Baqa oyoqlari suyaklari ozaro harakatchan birikkanligi bois murakkab va xilma-xil harakatlar qiladi.

wiW`SC3 "Y 