C 40- . Vegetativ nerv sistemasi
? Turlari, vazifasi
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.

Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga bolinadi (69- rasm). Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Simpatik nerv sistemasi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi kokrak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha bolgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida korsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pogonasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa toqima va organlarga boradi.
Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchaytiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, meda va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini boshashtirib, siydik yigilishiga sharoit yaratadi, nafas yollarini (bronxlarni) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, koz qorachigini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miyaning pastki qismida (orta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dumgaza segmentida joylashgan. Orta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi organlarga boradi. Shuningdek, parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki organlarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumgaza segmentidan chiquvchi tolalari qorin boshligining pastki qismida va chanoq boshligida joylashgan organlarga boradi. Parasimpatik nervlar simpatik nervlarga nisbatan teskari tasir korsatadi. Bu degan soz, simpatik va parasimpatik nerv sistemasining ishi bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular toqima va organlar funksiyasini zaruriyatga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.



rRTbSC% #} 