V BO'LIM. GENETIKA ASOSLARI

XIBOB. GENETIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI

43-. Irsiyat va o'zgaruvchanlik
Genetika  organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o'zgamvchanligin o'rganadi.

Irsiyat  bu organizmning belgi va rivojlanish xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o'tkazib turish xossasidir. Irsiyat tufayli tur doirasidagi hamma individlar o'xshash bo'ladi. Irsiyat hayvonlar, o'simfiktar va mikroorganizmlarga tur, zot, nav, shtamning xarakterli belgilarini avloddan avlodga saqlab berish uchun imkon beradi.

Belgilarning nasldan-naslga o'tib borishi ko'payish orqali yuzaga chiqadi. Jinsiy ko'payishda yangi avlodlar umg'lanish natijasida bunyodga keladi. Irsiyatning moddiy asoslari jinsiy hujayralarga jo bo'lgan xromosoma va undagi genlardir. Gen DNKning ma'lum bir qismi bo'lib, alohida belgilarni rivojlanishini aniqlaydi yoki oqsil molekulasini shakllantiradi. Jinssiz va vegetativ ko'payishda yangi avlod bir hujayrali yoki ko'p hujayrali tuzilmalardan rivojlanadi. Ko'payishning bu shakllarida ham avlodlar o'rtasidagi bog'lanish genlar orqali yuzaga chiqadi.

O'zgaruvchanlik  organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini namoyon etish qobiliyatidir. o'zgaruvchanlik tufayli tur doirasidagi individlar bir-biridan farq qiladi. Demak, irsiyat bilan o'zgaruvchanlik organizmning bir-biriga qarama-qarshi, ammo o'zaro bog'langan xossalaridir. Irsiyat tufayli turning bir xilligi saqlanib borsa, o'zgaruvchanlik turni aksincha, har xil qilib qo'yadi. Bir tur individlari o'rtasidagi tafovutlar organizm genotipining o'zgarishiga bog'liq bo'lishi mumkin. O'zgaruvchanlik tashqi sharoitlarbilan ham belgilanadi.

Ma'lum bir organizmlarning barcha genlarining yig'indisi genotip deb ataladi. Organizmning barcha belgi va xususiyatlarning yig'indisi fenotip deb yuritiladi. Bunga faqat orgartizmning ko'rinadigan tashqi belgilari (teri rangi, soch, quloq yoki burun shakli, gullarning rangi) emas, balki biokimyoviy (oqsilning tuzilishi, ferment faolligi, qondagi garmonlar konsentratsiyasi va boshqalar), gistologik (hujayraning shakli, to'qimalar va organlar tuzilishi), anatomik (tana tuzilishi, organlar joylashuvi) belgilari ham kiradi. 
