 36-.Kol baqasining ichki tuzilishi


Hazm qilish sistemasi. Baqaning hazm qilish organlari baliqlarnikiga juda oxshash bolib, ogiz boshligi, halqum, qizilongach, oshqozon va ichakdan iborat (71-rasm). Ogiz boshligida harakatchan tili va jaglari bor. Yuqori jagi va tanglayida konussimon tishchalari boladi. Baqa orqa ichagining keyingi qismi kengayib, kloakani hosil qiladi.



71-rasm. Baqaning hazm qilish sistemasi () va oziqlanishi (B):

1 - ogiz; 2 - qizilongach; 3 - oshqozon; 4 - jigar; 5 - oshqozon osti bezi; 6 - kloaka; 7 - til.

Nafas olish sistemasi. Baqa opka va terisi yordamida atmosfera havosidan nafas oladi. Opkasi sodda tuzilgan bir juft xaltachadan iborat. Xaltacha devorida va terida juda kop kapillarlar bor. Kapillarlardagi qonga atmosfera havosidan kislorod otib turadi. Nafas olayotgan baqaning tomogi pastga tortilib va kotarilib turadi. Tomoq pastga tortilganida havo burun teshigi va ogiz boshligi orqali opkaga otadi. Tomoq kotarilganida opkadagi karbonat angidrid gaziga toyingan havo yana ogiz boshligi va burun teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi.

Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillarlar qon tomirlaridan iborat (72-rasm). Yurak bitta qorincha va ikkita bolmadan iborat. Yurak qorinchasi bolmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar boylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi boylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon toqimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid gazi bilan toyinadi va yurakning ong bolmachasiga qaytib keladi (72-rasm). Kichik qon aylanish doirasi boylab qon yurak qorinchasidan opka arteriyalari orqali opka va teriga keladi. Opka va teridagi kapilyarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan toyinib, yurakning chap bolmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bolmasida kislorodga boy arteriya qoni, ong bolmasida esa karbonat angidrid bilan toyingan vena qoni boladi. Ikkala bolmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya va vena qonlari bir vaqtning ozida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi.



72 - rasm. Baqaning qon aylanish sistemasi (A) va yuragi (B)ning luzilishi:

1 - yurak; 2 - opka; 3 - kichik qon aylanish doirasi; 4 - katta qon aylanish doirasi; 5 - ong yurak bolmasi; 6 - chap yurak bolmasi; 7 - yurak qorinchasi; 8 - arteriyalar; 9 - venalar.

Ayirish sistemasi. Baqaning ayirish sistemasi baliqlarnikiga oxshash ikkita uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Buyraklar qorin boshligida, umurtqa pogonasining yon tomonlarida joylashgan. Har qaysi buyrakdan bittadan ingichka naycha - siydik yollari chiqib, kloaka boshligiga ochiladi. Siydik kloaka orqali tashqi muhitga chiqib ketadi.

Moddalar almashinuvi Baqalar baliqlar singari sovuqqonli hayvonlardir. Ularning organizmida moddalar almashinuvi sust kechganidan tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bogliq, yani havo isiganda tana harorati kotariladi, soviganida esa pasayadi. Sovuq tushganida baqalar kam harakat bolib qoladi. Qishda ular biror pana joyga kirib olib karaxt bolib yotadi.

Nerv sistemasi Baqaning markaziy nerv sistemasi baliqlarnikiga oxshash bolimlardan iborat (73-rasm). Biroq bosh miyasi yaxshiroq rivojlangan bolib, unda ikkita bortmachadan iborat yarimsharlar hosil boladi. Baqa baliqlarga nisbatan sekin harakatlanishi, tanasining yer yuzasiga yaqin joylashganligi tufayli ular harakatini va tana muvozanatini boshqarib turadigan miyachasi baliqlarnikiga nisbatan kamroq rivojlangan.



73-rasm. Baqaning nerv sistemasi:

1 - bosh miya; 2 - orqa miya; 3 - nervlar; 4 - oldingi miya; 5  oraliq miya;6  orta miya; 7 - miyacha; 8 - uzunchoq miya.



Baqa sezgi organlarining tuzilishi quruqlik muhitiga moslashgan, Ikkita qovogi kozlarini turli tasirlardan himoya qiladi va namlab turadi. Eshitish organlari ichki va orta bolimdan iborat. Orta quloq tovushni kuchaytirib beradi. Quloqning bu bolimi kozning orqasida joylashgan nogora pardadan boshlanadi. Tovush tolqinlari nogora pardani tebratganida tebranish tolqini orta quloq nayi ichida joylashgan eshitish suyakchalari orqali ichki quloqqa uzatiladi.



Baqalarning orqa ichagi kengayib, kloakani hosil qiladi. Baqalarning nafas olishida opka bilan birga terisi ham qatnashadi. Baqa yuragi uch kamerali bolib, qorincha, chap va ong bolmalardan hamda qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Ayirish sistemasiga ikkita uzun tasmasimon buyrak, siydik yoli kiradi. Siydik yoli kloakaga ochiladi. Baqalar - sovuqqonli hayvonlar.

Baqalar bosh miyasining oldingi qismi yaxshi rivojlangan bolib, ikkita yarimsharlarni hosil qiladi: miyachasi baliqlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan. Baqaning sezgi organlari tuzilishi quruqlik muhitiga moslashgan. Kozlarini qovoqlar yopib turadi. Eshitish organining ichki va orta bolimi rivojlangan.

JKBaSC3 yk 