44-. Irsiyatni o'rganishning duragaylash usuli


Jinsiy ko'payishda belgilaming bir qancha avlodlarida nasldan-naslga o'tib borishidagi asosiy qonuniyatlar dastlab chex olimi Gregor Mendel tomonidan 1865 yilda e'lon qilingan edi. Uning tadqiqotlari uzoq vaqtgacha to'g'ri baholanmay kelindi. 1900 yilda Mendel tadqiqotlari uch yirik olim G.de-Friz, E.Chermak va K.Korrenslar tomonidan qayta kashf etildi va tasdiqlandi. Shuning uchun 1900 yil biologiyaning yangi paydo bo'lgan sohasi  genetikaga asos solingan yil hisoblanadi.

G-Mendel o'z tajribalarini no'xat ustida o'tkazdi. Bu o'simlikning har xil navlari ko'p bo'lib, ular yaxshi ifodalangan irsiy belgilari bilan bir-biridan aniq ajralib turadi. Masalan, gullari oq va qizil, poyasi baland va past bo'yli, donlari sariq va yashil, silliq yoki burishgan navlari bor. Mana shu xususiyatlarining har biri mazkur nav doirasida nasldan-naslga o'tib boradi. No'xat odatda o'z-o'zidan changlanadi, lekin chetdan changlanishi ham mumkin.

Mendel tekshirishning gibridologik usulini  maium belgilari jihatidan bir-biridan ajralib turadigan ota-ona formalarini chatishtirish usulini qo'lladi va kuzatilayotgan belgilaming bir qancha avlodlarda qanday namoyor bo'lishini o'rgandi. U tahlil qilish yo'li bilan o'simliklarning juda ko'p turli-tuman belgilaridan bitta yoki bir-biriga qarama-qarshi bir nechta belgilarin ajratib oldi va ketma-ket keladigan bir qancha avlodlarda qanday namoyon bo'lishini kuzatdi. Mendel tajribalarining mohiyati shundan iboratki o'rganilayotgan belgilarning barcha individlarda namoyon bo'lishini miqdoi jihatidan aniq hisobga olib borishida bo'ldi. Bu unga irsiyatdagi muayyan miqdoriy qonuniyatlarni belgilab olishga imkon berdi.

Mendel qo'llagan usul  duragaylash yoki chatishtirish usuli deb ataladi. 
