 37-.Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning kopayishi, rivojlanishi va xilma-xilligi


Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning kopayishi, rivojlanishi va xilnia-xilligi

Tuxum qoyishi. Koklam kelib, kunlar isiy boshlashi bilan baqalar qishki karaxtlik holatidan chiqib, suv havzalari yaqinida oziq axtara boshlaydi. Urchish payti yaqinlashgan sayin erkak baqalarning baland ovoz bilan sayrashi avj oladi. Urgochi baqalar suvga tashlagan tuxumlariga erkak baqalar urug suyuqligini tokib ketadi. Bitta baqa 5000 - 10 000 lagacha tuxum qoyishi mumkin. Uruglangan tuxumning qobigi bortib, tiniq yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi. Tuxumning ustki qismi qoramtir tusda bolganidan quyosh nuri tasirida yaxshi isiydi. Tuxumlar suv yuzasida top-lop bolib qalqib yuradi.

Rivojlanishi. Uruglangan tuxumdan lichinka (itbaliq) rivojlanib chiqadi (74-rasm). Itbaliqning korinishi mayda baliqchaga oxshaydi. Uning uzun va keng dumi, ikki yonidajoylashgan ikki tutam tashqi jabralari boladi. Rivqjlangan sayin tashqi jabralar halqum devorida joylashgan ichki jabralar bilan almashinadi. Ilbaliqning yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi ham bitta doiradan iborat. Tanasining ikki yonida yon chiziqlari boladi.



74-rasm. Baqaning rivojlanishi:

1 - tuxumlar; 2  3  4  5 - itbaliqlarning rivojlanishi; 6 - 7 - 8 - itbaliqning baqaga aylanishi.

Yashil qurbaqa baqaga nisbatan ancha yirik, rangi och yashil yoki kulrang, terisida sassiq oqish zaharli suyuqlik ishlab chiqaradigan bezlari boladi. U kunduzi kemiruvchilar inida, daraxtlar ildizi va tonkalar ostida, yertolalarda bekinib yotadi. Faqat kechqurunlari ovga chiqadi. Uning orqa oyoqlari nisbatan kuchsiz bolganidan ormalab yoki qisqa-qisqa sakrab yuradi. Qurbaqaning terisi dagalroq, opkasi nisbatan yaxshi rivojlangan. U kechqurunlari qurillab sayraydi. Qurbaqa faqat kopayish davrida suvga tushadi. U kolmak suvlar va hovuzlarga marjon shodasiga oxshab tizilgan tuxumlarini qoyadi.

Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab tuxumdan qolgan oziq moddalar hisobiga yashaydi. Keyinroq u mayda suv otlari, bir hujayrali hayvonlar va suv otlari sirtiga yopishgan turli mikroorganizmlar bilan oziqlana boshlaydi. Rivojlanish davomida dastlab uning orqa oyoqlari, songra oldingi oyoqlari paydo boladi, jabrasi opka bilan almashinadi. Qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quriladi. Yosh baqa suv yuzasiga kotarilib, atmosfera havosi bilan nafas ola boshlaydi. Dumi asta-sekin yoqolib ketishi bilan itbaliq yosh baqaga aylanadi va quruqlikka chiqadi. Yosh baqalar uch yildan keyingina voyaga yetadi va urchiy boshlaydi.

Xilma-xilligi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga 4000 dan ortiq tur kiradi. Ular dumsizlar (baqalar, qurbaqalar) va dumlilar (tritonlar, salamandralar) turkumlariga ajratiladi. Dumlilar Orta Osiyoda uchramaydi. Ulardan eng yirigi Janubi-sharqiy Osiyoda tarqalgan giganl salamandraning uzunligi 1,7 metrga yetadi. Ozbekiston hududida dumsizlardan kol baqasi va yashil qurbaqa keng tarqalgan.

Ahamiyati. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar - foydali hayvonlar. Qurbaqa osimliklarga ziyon yetkazadigan hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi. Qurbaqa bir kechada 100 tagacha, 9 oy davomida uch mingtagacha hasharotni yeydi. Baqa zararkunanda hasharotlar (chivinlar)ning suvdagi lichinkalarini va suv boyidagi hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Baqaning ozi ham turli hayvonlar uchun oziq boladi. Baqadan tibbiyot va biologiyada laboratoriya hayvonlari sifatida ham foydalaniladi.

Kelib chiqishi. Dastlabki suvda hamda quruqlikda yashovchilar bundan 300 mln yil ilgari chuchuk suvda yashovchi panjaqanotlilardan kelib chiqqan. Haqiqalan ham, qadimgi panjaqanotlilarning suzgichlari skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilar oyoqlari skeletiga oxshab ketadi. Qadimgi panjaqanotlilar opka bilan nafas olgan. Ular chuchuk suvli sayoz daryo va kollarda yashagan. Suv qurib qolganida esa muskulli suzgichlari yordamida boshqa suv havzasiga ormalab ota olishgan. Opkali panjaqanotlilardan qadimgi dumlilar, ulardan dumsizlar kelib chiqqan.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilar  dastlabki quruqlikda yashashga otgan hayvonlar. Ularning tuzilishida quniqlikda yashashga moslanish belgilari paydo bolgan, lekin suvda yashashga moslanish belgilari ham saqlanib qolgan. Ular opkasi orqali nafas oladi, lekin terisi nafas olishda qatnashadi; tort oyoqda harakatlanadi. Voyaga yetgan davrida quruqlikda yashaydi. Lekin tuxumlarini suvga qoyadi; tuxumlari suvda uruglanadi; lichinkasi suvda rivojlmiadi. Itbaligining tuzilishi va hayot kechirishi bilan baliqlarga oxshaydi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilar dumsizlar va dumlilar turkumlariga ajratiladi.
8.3.SUDRALIB YURUVCHILAR SINFl


Sudralib yuruvchilar - haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar.

Siz ushbu bobni organib, sudralib yuruvchilar tuzilishi, kopayishi va rivojlanishining quruqlik muhitiga moslanish bilan bogliq ekanligi, asosiy sistematik guruhlarining tarqalishi va ahamiyati togrisida umumiy tmhunchalarga ega bolasiz.

Sudralib yuruvchilar ildam kaltakesak misolida organiladi.

C_x`SC3 6 