O 43- . Markaziy nerv sistemasining tormozlanishi
? Tormozlanish xillari va ahamiyati
Tormozlanish haqida umumiy tushuncha. Markaziy nerv sistemasida, yani miyaning nerv hujayralarida ikki xil fiziologik jarayon  qozgalish va tormozlanish holatlari muntazam ravishda davom etib, ular bir-biri bilan navbatma-navbat almashinib turadi.
Shartsiz va shartli reflekslar hosil bolishi nerv markazlarining qozgalishi hamda tormozlanishi orqali yuzaga keladi.
Miya markazlaridagi nerv hujayralari qozgalgan vaqtda ular ish bajaradi  refleks hosil boiadi. Tormozlanish vaqtida nerv hujayralari dam oladi, oziga energiya toplaydi. Dam olgan nerv markazining ishi yaxshilanadi. Shuning uchun aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan almashtirib turilsa, odam uzoq vaqt charchamaydi, ishi unumli boladi. Chunki aqliy mehnat vaqtida qozgalgan markazlar jismoniy mehnat vaqtida dam oladi. Uyqu vaqtida bosh miya postlogidagi nerv markazlarining aksariyat kopchiligi tormozlangan holatga otib, dam oladi. Shuning uchun yaxshi uxlab turgandan song odamning ish qobiliyati ortadi.
Demak, tormozlanish odam organizmida oziga. xos himoyalanish ahamiyatiga ega bolib, u miyaning nerv hujayralari zoriqib, odamda nevroz kasalligi yuzaga kelishining oldini oladi.
Shartli reflekslarning tormozlanishi. Shartli reflekslarning tormozlanishi ikki xil boladi: shartsiz tormozlanish, shartli tormozlanish.
Shartsiz tormozlanish. Bu tashqi tormozlanish va chegaradan tashqari tormozlanish turlariga bolinadi.
Tashqi tormozlanish. Shartli refleks nozikligi va ozgaruvchanligi bilan shartsiz refleksdan farq qiladi. Turli xildagi yot tasirotlar shartli refleksning susayishiga va tormozlanishiga olib keladi. Masalan, shartli ovqatlanish refleksini paydo qilishdan oldin qandaydir yot tasirot paydo bolsa, shartli refleks yuzaga chiqmaydi, u tormozlanadi.
Agar tajribadagi hayvonning biror joyi ogrisa, qovugi tolib ketsa, shartli refleks tormozlanadi. Bu tormozlanishni shartli refleksda yot boigan tashqi tasirotlar chaqiradi. Shuning uchun u tashqi tormozlanish deb ataladi.
Chegaradan tashqari tormozlanish. Agar shartli refleksni yuzaga chiqaradigan shartli signal haddan tashqari kuchli bolsa, shartli refleks vujudga kelmaydi. Bu tormozlanish nerv hujay-ralarini haddan tashqari kuchli tasirot shikastlashidan saqlaydi.
Tashqi tormozlanish ham, chegaradan tashqari tormozlanish ham nerv tizimining tugma xususiyatlariga bogiiq. Shu sababli I. P. Pavlov ularni shartsiz tormozlanish deb atagan.
Shartli tormozlanish. Yuqorida aytib otilgan shartsiz tormozlanish tasirot birinchi marta qollanganidayoq kuzatiladi. Shartli tormozlanishni esa hosil qilish kerak. Shartli tormozlanishning hayotda kop uchraydigan turlaridan biri sonish tormozlanishidir.
Sonish tormozlanishi. Shartli refleks uzoq vaqt saqlanib turishi uchun uni vaqt-vaqtida shartsiz tasirlovchi bilan mustahkamlab turish kerak. Shartli signalning ozi bir necha bor qollaniladigan bolsa, ilgari hosil qilingan shartli refleks sona boshlaydi.
Shartli tormozlanishning yuqorida bayon etilgan sonish turidan tahsqari farqlash shartli, kechikish kabi turlari ham bolgdi.


DgKaSC%  