 39-.Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi: tangachalilar turkumi


Kaltakesaklar. Tangachalilar turkumiga har xil kaltakesaklar va ilonlar kiradi. Ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Bizning chollarimizda kaltakesaklardan dasht agamasi, kulrang echkemar va oyoqsiz kaltakesak - sariq ilon uchraydi. Eski imoratlar devorida tunda hayot kechiruvchi gekkonlami uchratish mumkin. Gekkonlar kunduzi devor yoriqlariga yashirinib oladi; tunda ularning ohista chirqillashi eshitiladi. Gekkonlar har xil hasharotlar va orgimchaklar bilan oziqlanadi. Respublikamiz chollarida yirik kaltakesaklardan echkemarni uchratish mumkin.

Kaltakesaklar orasida oyoqsiz turlari ham boladi. Misol tariqasida sariq ilon va urchuqsimon kaltakesakni korsatish mumkin. Shuning uchun ularni bazan ilonlar bilan adashtirishadi.

Ilonlar. Ilonlarning oyogi bolmaydi. Ular gavdasini egib, qovurgalariga tayangan holda harakatlanadi. Kaltakesaklarning ochilib-yumiladigan uchinchi xira qovogi bolishi eslatib otilgan edi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bolmaydi. Ularning shaffof qovoqlari soat oynasi singari kozini qoplab turadi. Kaltakesaklar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi paypoqqa oxshab yaxlit kochib tushadi. Ilonlarning yuqori va pastki jag suyaklari choziluvchan paylar yordamida harakatchan birikkan. Ular ogzini juda katta ochib, tanasidan ancha yogon oljani ham butunligicha yuta oladi. Ilonlar havoda tarqalgan tovushlarni eshitmaydi.

Zaharli ilonlarning ogiz boshligida yuqori jagidan orqaroqda zahar bezlari va yuqori jagida ikkita yirik zahar tishlari joylashgan (76-rasm). Don chaqqanida bezlar ishiab chiqaradigan zahar ana shu tishlardagi egatcha yoki naycha orqali oljasi yoki ganimi tanasiga otadi. Donning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuygu va tam bilish organi hisoblanadi. Ilonlarning eshitish organi yaxshi rivojlanmagan. Bogma va shaqildoq ilonlarning issiqlikni uzoqdan sezadigan organi boladi.




Ilonlar orgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar, qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ular bittadan bir necha ontagacha tuxum qoyadi.

Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida tanasining uzunligi 70 sm keladigan qum bogma iloni tarqalgan. Bu ilon zaharli emas. U kaltakesaklar, kemiruvchiiar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. Oljasini boshqa ilonlar singari tanasi bilan orab olib, bogib oldirgandan song yutib yuboradi. Bu ilon tirik tugadi. Suv havzalarida uchraydigan suvilon mayda baliqlar va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xojaliklariga ilon birmuncha ziyon keltirishi mumkin. Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar, hatto xonadonlarda chipor ilon uchrab turadi. Chipor ilon turli qushlar va ularning jojalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi.

Ozbekistonning janubiy hududianda kapcha ilon fkobra) tarqalgan (77-rasm). Ilonning uzunligi 170 sm dan 2 in gacha boradi. Biron xavf tugilganida yoki odam yaqinlashganida ilon tanasining oldingi qismini kotaradi; boynini kengaytirib, ogohlantiruvchi holatga otadi. Kapcha ilon qurbaqa, kemiruvchilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlarni tutib yeydi. Bu ilon ota zaharli, uning zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Janubiy hududlardagi toglarda va tog etaklarida uzunligi 120 sm gacha keladigan lvor iln uchraydi. lion qushlar, kemiruvchilar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Koivor ilonning zahari juda xavfli. Orta Osiyo janubidagi chollarda va tog etaklarida uzunligi 80 - 90 sm keladigan charx ilon tarqalgan. Bezovta qilingan ilon bir joyda aylana boshlaydi va terisidagi tangachalarini ishqalab, aylanadigan charx tosh singari ovoz chiqaradi. Charx ilon chaqqanida badanda kuchli ogriq paydo boladi, lekin kopincha odam tuzalib ketadi.


Toshkent va Samarqand viloyatlari tog etaklari, Mirzachol va Xorazm chollarida qalqontumshuq ilonni uchratish mumkin. Ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi va issigi kotariladi. Kasal odam 10 - 15 kundan song tuzala boshlaydi.

Zaharli ilonlar chaqqanida zahar jarohatlangan joydan qol bilan siqib yoki ogiz bilan sorib qon bilan birga chiqarib tashlanadi. Songra jarohaiga margansovka, sirka yoki sodali suv bilan hollangan bint yoki paxta bosiladi. Dastlabki chora-tadbirlar rilgandan song zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun tezda shifoxonaga murojaat qilish zarur.

Tangalilar turkumiga ilonlar va kaltakesaklar kiradi. Ularning tanasi tangachalar bilan qoplangan. Kaltakesaklarning oyoqlari rivojlangan, kozlarini qovoqlar himoya qilib turadi. Ular har xil hasharotlar, orgimchaksimonlar bilan oziqlanadi. Ayrim kaltakesaklarning oyogi bolinaydi. Ilonlarning oyoqlari, haqiqiy qovoqlari bolmaydi. Ular eshitmaydi. Yuqori va pastki jaglari paylar yordamida harakatchan qoshilganligi tufayli ogzini keng ochib, ozidan yogonroq oljani ham yutadi. Ilonlar tullaganida terisi yaxlit kochadi. Zaharli ilonlarning ogiz boshligida zahar soluvchi ikkita tishi va ular asosida zahar bezlari joylashgan. Bogma va shaqildoq ilonlarning issiqlikni sezuvchi organi boladi.

Bhp`SC3  