47-. Nasldan naslga o'tishning sitologik asoslari


Gametalar sofligi gipotezasi. Mendel fikricha irsiy omillar, duragaylar hosil bo'lishida ajralib ketmaydi, balki o'zgarmagan holda saqlanadi. Qarama-qarshi belgilarga cga bo'lgan ota-ona organizmlarni chatishtirishdan hosil bo'lgan F1 duragay o'zida har ikkala muqobil: dominant va resessiv belgilarni mujassam qiladi. Jinsiy ko'payishda avlodlar o'rtasidagi bog'lanish jinsiy hujayralar  gametalar orqali amalga oshadi. Har bir gameta jufit irsiy omillardan faqat bittasiga ega bo'ladi. Urug'lanish jarayonida ikkita resessiv belgiga ega bo'lgan gametaning qo'shilishidan resessiv belgilar fenotipda namoyon bo'ladi. Dominant belgilarni o'zida mujassam qilgan yoki har ikki gameta, biri dominant, ikkinchisi resessiv belgilarga ega bo'lgan gametalarning qo'shilishidan dominant belgili organizm rivojlanishiga sabab bo'ladi. Shunday qilib F2 bo'g'inda resessiv belgili organizmning namoyon bo'lishi quyidagi ikki shartlarga amal qilinganda paydo bo'ladi: 1) agar duragaylarda irsiy omil o'zgarmagan holda saqlangan bo'lsa; 2) agar jinsiy hujayralar (gameta)lar allellar juftidan faqat bittasiga ega bo'lsa. Mendel geterozigota organizmlarni o'zaro chatishtirganda belgilarning ajralishini genetik jihatdan gametalar sofligi va ular allel genlardan faqat bittasini o'zida saqlashi orqali tushuntirib berdi.

Gametalar sofligi gipotezasini quyidagicha izohlash mumkin: jinsiy hujayralarning hosil bo'lishida har bir gametalar juft genlardan faqat bittasiga ega bo'ladi.

Bu qanday amalga oshadi?

Gametalar hosil bo'lishida duragaylardagi gomologik xromosomalar birinchi meyoz bo'linish natijasida har xil hujayralarga o'tadi.

Bu organizm ikki xil gameta hosil qiladi. Gametalar sofligi gipotezasi ajralish qonuni turli genlarga ega bo'lgan gametalarning tasodifan qo'shilib qolishi natijasidir: AA, Aa, aa.

Nasldan naslga o'tishning sitologik asoslari.

Mendel gametalar sofligi gipotezasini ta'riflab bergan vaqtlarda mitoz haqida, gametalarning rivojlanishi va meyoz to'g'risida hali hech narsa ma'lum emas edi. Hozirgi vaqtda sitologiya yutuqlari tufayli Mendel qonunlari mustahkam sitologik asosga ega bo'lib qoldi.

O'simliklar va hayvonlaming har birida xromosomalar ma'lum bir miqdorda bo'ladi. Oson bo'lishi uchun faraz qilaylik: o'rganayotgan organizmimizda atigi bir juft xromosoma, genlar esa shu xromosomaning qismlari bo'lsin. Juft genJar gomologik xromosomalarda joylashgan. Meyozda gomologik xromosomalarning har bir jufti gametalarda bittadan qolishini tusliunisli oson, modomiki, shunday ekan, gametalarda har bir juftda bittadan gen qoladi. Monoduragay chatishtirishda belgilarning ajralishini sitologik asoslari shundan iboratki, meyoz natijasida gomologik xromosomalar tarqalishi va gaploid jinsiy hujayralarning hosil bo'lishidir.



Allel genlar. Monoduragay chatishtirishda nasldan-naslga o'tish qonuniyatlari to'g'risida yuqorida ko'rib cliiqilgan material genetikani yanada chuqurroq o'rganishga doir ba'zi tushunchalarni ta'riflash uchun imkon beradi. Bir-birini istisno etadigan belgilarning rivojlanishini aniqlab beruvchi genlar juftlarni hosil qilishini no'xat, nomozshomgul va boshqa ob'ek(Iardagi nasldan-naslga o'tish misolida ko'rish mumkin. Masalan, no'xat donlari rangining sariq bilan yashil rangni belgilovchi geni, gul rangining oq bilan qizil rangini belgilovchi geni va boshqalar ana shunday juftlardir. Juft genlar allel genlar deb ataladi. Demak, no'xat donlari rangining sariq va yashil rangni belgilovchi genlari allel genlar (allellar)dir. Allel genlar gomologik, ya'ni juft xromosomalardan joy oladi, shunga ko'ra meyoz jarayonida ular har xil gametalarga o'tib qoladi. 

