48-. Diduragay chatishtirish. Mendelning uchunchi qonuni


Mendelning uchinchi qonuni. Bir juft allellarni irsiylanishi, Mendel uchun dominantlik, duragaylarda resessiv allellarni o'zgarmasligi, belgilarning 3:1 nisbatda ajralishi kabi bir qator qonuniyatlarni ochish imkonini berdi. Ajralish hodisasi, gametalar juft, allellarning faqat bitta genini saqlashi, gametalar genotip jihatdan sofligini o'rganish imkoniyatini berdi.

Lekin organizmlar bir-biridan juda ko'p belgilari bilan farq qiladi. Ikki va undan ortiq belgilarni irsiylanish qonuiiiyatlarini diduragay va poliduragay chatishtirish orqali o'rganish mumkin.

Diduragay yoki poliduragay chatishtirish dcb, ikki yoki undan ortiq juft belgilari bilan farq qiladigan ota-ona oiganizmlarni o'zaro chatishtirishga aytiladi.

Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli (silliq va burishgan) bo'lgan gomozigota holdagi no'xat o'simliklarini o'zaro chatishtirdi. No'xat donining sariq rangi (A) va siltiq shakli (B) dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) resessivdir. Har bir o'simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gametalarning qo'shilishidan olingan naslning barchasi bir xil ya'ni sariq-silliq bo'ladi.

Birinchi bo'g'in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bittasi gametalarga tushib qoladi. Ya'ni birinchi meyoz bo'linish natijasida A gen B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, xuddi shuningdek, a gen B gcn yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin.

Har bir organizmda juda ko'p jinsiy hujayralar hosil bo'ladi, statistik qonuniyat bo'yicha har bir duragayda to'rt xilda 25%dan-AB, Ab, aB, ab gametalar hosil bo'ladi. Urug'lanish jarayonida bitta organizm gametalari ikkinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchrashishi mumkin. Buni Pennet katakchasi yordamida osongina aniqlash mumkin. Pennet katakchasiga gorizontal bo'yicha bitta organizm gametalari, vertikal bo'yicha katakchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari yoziladi. Katakchalar ichiga esa gametalar qo'shilishidan hosil bo'lgan zigotalarning genotipi yoziladi (59-rasmga qarang). F2 da hosil bo'lgan organizmlarni fenotip bo'yicha hisoblab chiqisli nihoyatda oson.

Duragaylar fenotip bo'yicha to'rtta guruhga boiinadi: 9 ta sariq silliq; 3 ta yashil silliq; 3 ta sariq burishgan; 1 ta yashil burishgan duragaylar hosil bo'ladi. Agar har bir belgilar bo'yicha ajralishni hisoblab chiqiladigan bo'lsa, sariq donning soni yashil rangga, silliq shaklining soni burishgan shakliga nisbatan 3:1 bo'ladi. Shunday qilib, diduragay chatishtirishda har juft belgilar boshqa juft bclgilarga bog'liq bo'lmagan holda xuddi monoduragay chatishtirishdagidek ajralishga uchraydi.



Urug'lanish jarayonida gametalaming tasodifan uchrashish ehtimoli barchasi uchun bir xil bo'ladi. Hosil bo'lgan zigotalarda genlarning har xil kombinatsiyalari amalga oshadi. Diduragay chatishtirishda genlarning turli kombinatsiyalari nalijasida belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi, agarda juft allel genlar har xil gomologik xromosomalarda joylashgan bo'lsagina amalga oshadi.

Mendelning uchinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlar o'zaro chatishtirilganda, genlar va unga mos belgilar bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi.

Mcndel qonunlaridan foydalanib, ajralishning bir muncha murakkab hollarini uch, to'rt va undan liam ko'proq juft belgilari bilan farq qiladigan duragaylardagi ajralish hollarini ham tushunib olsa bo'ladi. Agar ota-ona organizm bir juft belgisi bilan farq qilsa, ikkinchi bo'g'inda ajralish 3:1, diduragay chatishtirishda esa 9:3:3:1 nisbatda ajralishi kuzatiladi.

Duragaylarda hosil bo'ladigan gamelalarni hisoblab lopish mumkin.

Poliduragaylardagi gametalarning umumiy sonini hisoblash formulasi  2n, n  genotipdagi geterozigola juft genlarning soni (Aa) duragayda ikki xil 21 gamcta; AaBb duragayda esa to'rt xil 22 tipdagi gameta hosil bo'ladi.

AaBbCc  triduragayda sakkiz xil 23 tipdagi gameta hosil bo'ladi.

