 47- . Nerv sistemasi gigiyenasi
? Nevrozlar, alkogol, alkogolizm, giyohvandlik
Aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi. Har bir odam tabiatning eng muhim mojizasi bolgan miyani ehtiyot qilishi va uni takomillashtirish uchun zarur bolgan gigiyena chora-tadbirlariga amal qilishi zarur.
Bola tugilgan kunidan boshlab uning parvarishi, tarbiyasi, kasallikdan, shikastlanishdan saqlanishi ota-ona, tarbiyachilar, oqituvchilar etiborida bolishi kerak. Bola voyaga yetgan sari ongi, aql-idroki bilan oz sogiigini avaylashi, zararli odatlarga berilmasligi, kun tartibiga rioya qilishi, aqliy va jismoniy faoliyatni navbati bilan almashtirib turishi nerv sistemasining normal rivojlanishiga yordam beradi.
Aqliy mehnat vaqtida (oqish, yozish, fikrlash, masala yechish, dars tinglash, tayyorlash va hokazo), asosan, korish, eshitish, nutq organlari va ular bosh miya postlogi markazlarining nerv hujayralari ish bajaradi. Malum vaqt davomida bu sezgi organlari va ularning miyadagi markazlarining ish bajarish qobiliyati yaxshi boladi. Ammo aqliy faoliyat uzoq davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta-sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi.
Miya nerv hujayralari charchashining oldini olish uchun kundalik hayotda bir necha xil gigiyena tadbirlari joriy qilingan. Jumladan, maktablarda, oquv yurtlarida har 45 minutlik darsdan keyin 510 minutlik tanaffus vaqtida sinf xonasini shamollatish, sinf xonasida otirmasdan maktab hovlisiga chiqib yurish, badantarbiya mashgulotlari otkazish, har xil harakatli sport oyinlari bilan shugullanish kerak.
Jismoniy mehnat tananing skelet muskullari, paylari, bogim-lari, orqa va bosh miyaning nerv hujayralari toplamidan tashk.il topgan harakat markazlari ishtirokida bajariladi. Malum bir jismoniy mehnat bajarilgan vaqtda shu ishni bajarishga taalluqli muskul guruhlari qisqarib-boshashadi, ularning ishini boshqaruv-chi nerv markazlari qozgaladi. Murakkab harakatlar bilan bogliq jismoniy ishlarni, sport mashqlarini bajargan vaqtda bir necha muskul guruhlari ishtirik etadi va ularning miyadagi nerv markazlari qozgaladi. Bu murakkab harakatlar bir necha kun, oy davomida muntazam takrorlanib turilganda, bu harkatlarda ishtirok etuvchi muskullar bosh miya postlogidagi bir necha nerv markazlarining bir vaqtda qozgalish, ular ortasida vaqtincha bogianish yoki harakatlantiruvchi shartli reflekslar hosil boiishiga olib keladi. Bu esa murakkab hrakatlar ham tez, oson, silliq bajarilishiga imkon beradi. Bundan odamda harakatlanishning dinamik stereotipi vujudga kelganligini korish mumkin.
Nevroz nima? Nerv sistemasining faoliyatiga odam yashaydigan va mehnat qiladigan muhit sharoiti katta tasir qiladi. Ogir aqliy mehnat, oiladagi urush va janjllar, ishxonadagi kelishmovchiliklar odamning nerv sistemasiga tasir etib, uning kayfiyatini buzadi. Agar bunday tasir uzoq vaqt davom etadigan bolsa, odamni nevrozga olib kelishi mumkin.
Nevroz  nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining builishi bilan bogliq ogir ruhiy xastalik.
Nevroz ruhiy shikastlanish oqibatida yuzaga keladi. Qaygu, alam ranjish, qorquv, qiyinchiliklar tufayli kelib chiqadigan umidsizlik kabi hissiyotlar nevrozning bevosita sababchisi boladi. Bemor serjahl, ozidan va atrofdagilardan norozi bolib yuradi. Agar u davolanmasa, kasallik yana ham chiqurlashadi.
Bolalarda nevrozning paydo bolishi. Bolani godaklikdan notogri, qattiqqollik bilan tarbiyalash, qiziqish va erkini mensimaslik, tahqirlash unda qorqoqlik, juratsizlik, oziga ishonmaslikni keltirib chiqaradi. Bu xususiyatlar uning oz tengilariga qoshilishiga xalaqit beradi, oqibatda nevrozga olib keladi.
Bolaga ortiqcha mehribonlik, uning har qanday istaklarini bajo keltirish, orinsiz maqtashlar, yani arzanda qilib ostirish ham nevrozga olib keladi. Bunday bola oz shaxsiga bino qoygan, lekin irodasiz, mehnat va qiyinchiliklarga konikmagan, injiq bolib osadi.
Nerv kasalliklarining oldini olish uchun bolani togri tarbiyalash, organizmni chiniqtirish, sport va badantarbiya bilan shugullanish, aqliy va jismoniy mehnatni birga qoshib olib borish, mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etish lozim.
Alkogolning oliy nerv faoliyatiga tasiri. Alkogol barcha organlarga, ayniqsa, bosh miya katta yarimsharlarining postlog qismiga kuchli tasir qiladi. Alkogol markaziy nerv sistemasida qozgalish va tormozlanish holatlarining bir meyorda kechishiga xalaqit beradi. Ichish shartli reflekslar hosil bolishini sekin-lashtiradi; bosh miyaning ayrim qismlarini qozgatib, xursandchilik kayfiyatini paydo qiladi. Lekin miya postlogi boshqa quyi markazlarning ishini nazorat qilmay qoyadi. Shuning uchun ichgan odam uyalmaydi, sog holatda qilmaydigan ishlarga qol uradi; ozini tutolmasdan, kop gapiradi.
Alkogolning koproq miqdori oliy nerv faoliyatini battaroq izdan chiqaradi, qol, oyoq, til va kozning harakatlanishi aniqligini buzadi. Ichgan odam koziga narsalar qoshaloq boiib korinadi; u gandiraklab, tili aylanmasdan, guldurab qoladi. Alkogolni muntazam istemol qilib turish alkogolizmga olib keladi. Alkogolizm, yani ichkilikbozlik alkogolga ruju qoyishdan iborat.
Giyohvandlik. Narkotik moddalar dastlab xursandchilik va xotirjamlik hissini uygotib, kayf qildirishi sababli istemol qilinadi. Keyinchalik organizm bu moddalarga konikib qolishi oqibatida giyohvandlik kelib chiqadi.
Narkomaniya, yani giyohvandlik  kayf keltiradigan moddalarni koproq istemol qilinishi oqibatida kelib chiqadigan ogir ruhiy kasallik.
Narkotik moddalarning muntazam istemol qilinishi organizmni butunlay zaharlaydi. Giyohvandlikda dastlab tajanglik, xotira buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik chuqur jismoniy ozgarishlar: yurak urishi, ogiz qurishi, terlash, qo1-oyoq titrashi, koz qorachigining kengayishi kabi holatlar paydo boladi.
Alkogolizm va giyohvandlik faqat bemor odamning oziga emas, balki boshqa odamlar va jamiyatiga ham katta zarar yetkazadi. Bu kasalliklarga duchor bolgan odam oz vazifasi, oilasi, qarindoshlariga etiborsiz boladi. Ogir jinoyatlarning asosiy qismi narkotik moddalar istemol qilish va ichkilikbozlik bilan bogliq.
Alkogol va narkotik moddaga ruju qoygan ota-onadan turli irsiy kasalliklarga uchragan bolalar tugiladi. Alkogollar va narkomanlarning bolalari orasida aqliy zaiflik va asab kasalliklari kop uchraydi.


EpbeSC% _ 